Joriy nashr

Jild 2 № 5.1 (2025): «PEDAGOGIK TA’LIM VA TARBIYA TRANSFORMATSIYASIDA FUNDAMENTAL, AMALIY VA INNOVATSION TADQIQOTLARNING KONSEPTUAL ASOSLARI» mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari. Namangan 2025-yil.
Nashr qilingan: 2025-07-11

Maqolalar

TA’LIM VA TARBIYADA AMALIY TADQIQOT VA TAJRIB LOYIHALARI
Shabidinova Zera Ismetovna, Azizkulova Zubayda Jabbor kizi, Mamadaliyeva Marifatxon Raxmatullo kizi

Ushbu maqolada ta'lim va tarbiya sohasidagi amaliy tadqiqotlar va eksperimental loyihalarning o'rni va ahamiyati o'rganiladi. U o'qitish usullarini takomillashtirish, o'quvchilarning motivatsiyasini oshirish va har tomonlama rivojlanishni ta'minlash uchun nazariy bilimlarni amaliy qo'llash bilan birlashtirish zarurligini ta'kidlaydi. Haqiqiy misollar va maktabga asoslangan innovatsiyalarga tayangan holda, maqola rivojlanayotgan ta'lim landshaftiga moslashishda o'qituvchi boshchiligidagi harakat tadqiqoti va loyihaga asoslangan ta'limning muhimligini ta'kidlaydi. Shuningdek, u yanada inklyuziv va samarali ta'lim muhitini yaratishga qaratilgan eksperimental tashabbuslar doirasida zamonaviy texnologiyalar va interfaol usullarning joriy etilishini o'rganadi. Maqolaning xulosasiga ko'ra, yaxshi tuzilgan eksperimental tashabbuslar barqaror, kontekstga mos yechimlarni taklif qilishi mumkin va zamonaviy ta'lim tizimlarida ustuvor bo'lishi kerak.

590-595 6 0
PROFESSIONAL TA’LIM JARAYONIDA O’QUV DIDAKTIK VOSITALARDAN SAMARALI FOYDALANISH.
Xudayqulov Shavkatbek Soyibjanovich , Majidov Abduvali , Mirzajonova Shaxnoza Muydinjon qizi

Mazkur maqolada zamonaviy o‘quv samarali foydalanish imkoniyatlaridan foydalanishning ijobiy tomonlari, dars samaradorligiga erishish usullari haqida aytib o‘tilgan. Professional ta’lim muassalarida ixtisoslik fanlar o‘quv qo‘llanmalarining zamonaviy avlodi bilimlarni o‘quvchilar tomonidan mustaqil o‘zlashtirib olish hamda amaliy faoliyatga qo‘llashga o‘rgatish va ijobiy qobiliyatlarni rivojlantirishga yo‘naltirilgan o‘z bilimini o‘zi baholash tizimini qamrab olishi kerak. Mazkur maqolada zamonaviy didaktik vositalardan ta’lim jarayonida samarali foydalanish imkoniyatlaridan foydalanishning ijobiy tomonlari, mashg‘ulot samaradorligiga erishish usullari.

34-38 1 0
TA’LIM TRANSFORMATSIYASINING ZAMONAVIY XUSUSIYATLARI
S.A.Azizova

Ushbu maqolada zamonaviy ta’lim tizimidagi transformatsiya jarayonlari, ularning asosiy yo‘nalishlari hamda amaliy ahamiyati tahlil qilingan. Shuningdek, raqamlashtirish, onlayn va gibrid ta’lim shakllarining rivojlanishi, kompetensiyaga asoslangan yondashuvning joriy etilishi, shaxsga yo‘naltirilgan va uzluksiz ta’lim tamoyillari keng yoritilgan. Ta’limdagi bu o‘zgarishlarning afzalliklari bilan bir qatorda, mavjud muammolar — texnik infratuzilma, raqamli savodxonlik, sifat nazorati bilan bog‘liq kamchiliklar ham tahlil etilgan.

128-132 1 0
TALABALARDA YANGI BILIMLARNI MUSTAQIL O‘ZLASHTIRISH KO‘NIKMALARINI SHAKLLANTIRISH
Azimova Ziyodaxon Ergashevna, Aliyeva Dilobarxon Begali qizi

Ushbu ilmiy maqolada talabalarda yangi bilimlarini mustaqil o‘zlashtirish ko‘nikmalarini shakllantirishning pedagogik shart-sharoitlari va imkoniyatlari yoritilgan. Shu bilan bir qatorda globallashuv davrida zamonaviy ta’lim tizimida mustaqil ta’limning o‘rni va ahamiyati muhim ekanligi ochib berilgan.

208-211 1 0
VOLEYBOLDA TO‘PNI O‘YINGA KIRITISH TEXNIKASI
Ochilov Sherzod Jumaniyazovich

Ushbu maqolada to‘pni o‘yinga kiritish texnikalari haqida batafsil izohlar, fikrlar berib borilgan. Voleybol texnikasi ikkita katta bo‘lim: hujum va himoyadagi texnikalarga bo‘linadi. O‘z navbatida, yuqoridagi bo‘limlar ham texnik usullarning shakli va mazmuniga ko‘ra bir qancha guruhlarga bo‘linadi. Har bir guruhda texnik harakatlarning o‘ziga xos bajarish usullari mavjud bo‘ladi. Biz bu maqolada hujum texnikasining faqatgina to‘pni o‘yinga kiritish haqida yoritdik xolos.

299-304 1 0
TEXNOLOGIK TA’LIM YO‘NALISHI TALABALARINING TEXNOLOGIK FIKRLASH KO‘NIKMALARINI RIVOJLANTIRISH
Muxitdinova Jamilaxon Ruslanovna, G‘oporova Shohzoda To‘lqin qizi

Mazkur maqolada texnologik ta’lim yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalarning texnologik fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirish va rivojlantirish masalalari tahlil qilinadi. Zamonaviy ta’lim tizimida texnologik fikrlash – talabalarning innovatsion yechimlar topishi, muammolarni tahlil qilish va samarali yechimlar ishlab chiqish qobiliyatini shakllantiradigan muhim omillardan biri sifatida qaraladi. Maqolada ushbu ko‘nikmalarni rivojlantirishning nazariy asoslari, metodik yondashuvlari hamda amaliyotdagi samarali usullar tavsiflanadi.

385-389 1 0
ZAMONAVIY DASTURLASH TILLARI MODULLARINING QIYOSIY TAHLILI
Sh.T.Xudoyberdiyeva

Mazkur maqolada zamonaviy dasturlash tillari modullarining qiyosiy tahlili keltirilgan bo‘lib, bunda dasturchilar foydalanish sohasiga qarab dasturlash tilini tanlashlari lozim. Dasturlash tillarini tahlil qilish natijasida talabalar o‘z nazariy bilimlarini amaliyotga tadbiq etish ko‘nikmalarini oshirish, ularning ijodiy va innovatsion salohiyatini rivojlantirish, shuningdek, zamonaviy dasturlash tillari bo‘yicha adabiyotlar tahlili va ilg‘or tajribalar o‘rganilgan bo‘lib, tahlillar asosida takliflar ilgari surilgan.

469-472 0 0
SONLI USULLAR FANINI OʻQITISHDA INNOVATSION PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARNI AHAMIYATI
Toshboyev Sayfiddin Muhammadinovich

Ushbu maqolada “Sonli usullar” fanini o‘qitishda innovatsion pedagogik texnologiyalardan foydalanishning dolzarbligi yoritilgan. Zamonaviy axborot-kommunikatsiya vositalari, interaktiv metodlar, raqamli platformalar yordamida talabalarning fanga bo‘lgan qiziqishini oshirish, ularning mustaqil fikrlashi va amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirish imkoniyatlari ko‘rib chiqilgan.

554-557 2 0
ATOM ELEKTR STANSIYALARI VA ULARNING TEXNOLOGIK RIVOJLANISHI
Alijanov Dilmurod A’zamjon o’gʻli, Mirzamaxmudov Shukurullo Jaxongir o‘g‘li

Ushbu maqolada atom elektr stansiyalarida (AES) qo‘llaniladigan reaktor turlari, ularning ishlash tamoyillari, afzalliklari va kamchiliklari tahlil qilinadi. Dunyo bo‘yicha AES reaktorlarining rivojlanish tarixi va zamonaviy texnologiyalar asosida ishlab chiqilgan yangi avlod reaktorlarining samaradorligi o‘rganiladi.

731-737 2 0
KASBIY YO‘NALISH ORQALI TADBIRKORLIK FAOLIYATINI RIVOJLANTIRISH
M. Ibragimova , Ibragimova Maryamxon G'ulomovna

 Ushbu maqolada ta’lim  muassasalarida innovatsion faoliyat va uning ta`limi jarayonida kasbiy ko`nikmalarni shakllantirish,bayon qilingan.

821-824 4 0
INGLIZ TILINI IKKINCHI TILI O'QITISHDAGI QIYINCHILIKLAR VA STRATEGIYALARNI TUSHUNISH.
Hayitova Marjona Habibovna, Obidova Shakhodat Botirovna

Ushbu maqolada ingliz tilini ikkinchi yoki uchinchi til sifatida o‘rgatishdagi muammolar va yechimlar ko‘rib chiqiladi. Bugungi kunda ingliz tili ta'lim, biznes va muloqotda qo'llaniladigan eng muhim global tillardan biridir. Ko'pgina talabalar ingliz tilini o'rganishni qiyin deb bilishadi, ayniqsa bu ularning birinchi tili bo'lmasa. O'qituvchilar o'quv jarayonini oson va samaraliroq qilishda ham qiyinchiliklarga duch kelishadi. Ushbu maqolada talabalar nima uchun kurashayotganining asosiy sabablari, ona va chet tillari o'rtasidagi farqni tushunish nega muhimligi va qanday o'qitish usullari yordam berishi mumkinligini o'rganadi. Shuningdek, u darsda foydali strategiyalardan foydalangan holda talabalarning qiziqishi va motivatsiyasini qanday oshirish mumkinligini ko'rsatadi.

890-893 3 0
RAQAMLI TA’LIM SHAROITIDA PEDAGOGIK LOYIHALASH MODELLARI
Rasuljon Atamuratov

Mazkur maqolada raqamli ta’limni tashkil etishda foydalaniladigan  “Pedagogik dizayn” tushunchasi tahlil qilinadi va bu atamaga berilgan ta’riflar farqlanadi. Shuningdek, zamonaviy pedagogik dizayn modellari va ularni ta’lim jarayonida qo‘llashdagi imkoniyatlari hamda o‘quvchilarining raqamli kompetensiyalarini rivojlantirishdagi ta’limiy ahamiyati bo‘yicha so‘z yuritiladi.

627-630 2 0
TEXNOLOGIK TA’LIM O‘QITUVCHILARINING TEXNOLOGIK KOMPETENTLIGINI RIVOJLANTIRISH MASALALARI
Muxitdinova Jamilaxon Ruslanovna, Oribboeva Nozima Faxriddin qizi

Mazkur maqolada bo‘lajak texnologik ta’lim o‘qituvchilarining texnologik kompetentligini shakllantirish va rivojlantirish masalalari tahlil qilingan. Zamonaviy ta’limda o‘qituvchi texnologik savodxon, yangicha fikrlaydigan va innovatsion yondashuvlarni o‘z faoliyatiga joriy eta oladigan mutaxassis sifatida shakllanishi zarur. Maqolada ushbu jarayonni ta’minlashning nazariy asoslari, amaliy mexanizmlari hamda ta’lim jarayonida qo‘llaniladigan samarali usul va vositalar haqida so‘z yuritiladi.

77-79 1 0
MAKTABGACHA 6-7 YOSH BOLALARNING “MEN” KONSEPSIYASINI SHAKLLANTIRISH METODLARI VA PSIXOLOGIK NAZARIYALAR.
Quchqorova Nargiza Mamajonovna, Yuldasheva Gulnora Saparbayevna

Ushbu maqolada tayyorlov guruhi bolalarining ijtimoiy va  hissiy jihatdan  rivojlanishi, ularning ijtimoiy muhitga moslashuvi, kattalar va o‘z tengdoshlari bilan muloqot jarayoni haqida ma’lumot berilgan hamda 6-7 yoshli bolalarda “Men”konsepsiyasining tarkib topishi, ularda hissiyotlarning shakllanishi va boshqarish jarayonining o‘ziga xos xususiyatlari yoritilgan. "Men" konsepsiyasini shakllantirishga oid metodikalar va psixologik nazariyalar haqida qisqacha ma'lumot .

159-163 5 0
BOSHLANG‘ICH SINF O‘QISH SAVODXONLIGI DARSLARIDA O‘QUVCHILARNI MANTIQIY FIKRLASHGA O‘RGATISH ORQALI MUSTAQIL FIKRLASH MALAKALARINI TAKOMILLASHTIRISH
Sayfiddinova Jamila Ziyodaulla qizi

Ushbu maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida o‘qish savodxonligini rivojlantirish jarayonida mantiqiy fikrlash qobiliyatini oshirishga qaratilgan zamonaviy yondashuvlar tahlil qilinadi. O‘qitish metodologiyalari va didaktik yondashuvlar orqali mantiqiy fikrlashni rivojlantirishning ahamiyati ko‘rsatiladi. O‘qituvchilar uchun tavsiyalar va takliflar beriladi.

248-254 3 0
TEXNOLOGIK TA’LIMDA TALABALARNING METROLOGIK KOMPETENSIYASINI TAKOMILLASHTIRISH
Uluxanov Ibroxim Tuxtaxo’jayevich, Ubaydullayev Solijon Qodirovich

Maqolada maxsulot ishlab chiqarish jarayonlari bilan bevosita bog’liq bo’lgan yo’nalishlardan biri Texnologik ta’lim talabalariga “Metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlashtirish” fani asoslarini o’qitishning maqsad va vazifalari, dolzarbligi ko’rib chiqiladi. Fanni o’qitishning mazmuni va metodikasi keltirilgan. Maxsulotlarni tayyorlash jarayonida bevosita ishtirok etish hamda ularni metrologik ekspertizadan o’tkazish bo’yicha bilim va amaliy ko’nikmalarni olish va egallash bo’lajak mutaxassislar - texnologlar uchun muhimligi qayd etilgan.

335-337 3 0
PYTHON DASTURI ASOSIDA MANTIQIY BOG‘LOVCHILAR MAVZUSINI O‘QITISHDA ALGORITMIK TAFAKKURNI SHAKLLANTIRISHNING INNOVATSION YONDASHUV
Zokirjonov Sarvar Mamashukur o’g’li, Toxirov Abror Axrorovich

Ushbu maqolada oliy ta’lim muassasalarida mantiqiy bog‘lovchilarni o‘qitish jarayonida Python dasturlash tilidan foydalanish imkoniyatlari tahlil qilinadi. An’anaviy usullarga qaraganda interaktiv dasturlash yondashuvlarining afzalliklari ochib beriladi. Talabalarning mantiqiy fikrlash qobiliyatini rivojlantirishda kod yozish, vizualizatsiya va loyihalarga asoslangan ta’lim metodlarining o‘rni ko‘rsatiladi. Python tilidagi kod misollar orqali talabalar mantiqiy bog‘lovchilarni chuqur o‘zlashtirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

425-429 3 0
KELAJAKDAGI BIOLOGIYA O‘QITUVCHILARINDA INKLYUZIV KOMPETENTLIKNI RIVOJLANTIRISH METODIKASINI TAKILISH (ODON ANATOMIYASI VA FIZIOLOGIYASI FANINI O‘QITISH BO‘YICHA ISHLAB CHIQISH)
Raximov Atanazar Karimovich, Yuldashova Iroda Dilshodovna

Inklyuziv ta’lim zamonaviy ta’lim tizimining muhim jihati bo‘lib, jismoniy, intellektual yoki ijtimoiy xususiyatlaridan qat’i nazar, barcha talabalar uchun teng imkoniyatlarni ta’minlaydi. Ushbu maqola bo'lajak biologiya o'qituvchilari o'rtasida inklyuziv kompetentsiyalarni rivojlantirish, O'zbekiston ta'lim sharoitidagi muammolar va ijtimoiy-pedagogik muammolarni hal qilish masalalari muhokama qilinadi. Bu pedagogik mahoratni oshirish, o‘qitishga inklyuziv yondashuvni shakllantirish va har bir o‘quvchining salohiyatini qo‘llab-quvvatlovchi muhitni yaratish muhimligini ta’kidlaydi. Maqolada, shuningdek, O‘zbekistonda inklyuziv ta’limni rivojlantirish va biologiya sohasida o‘qitish sifatini oshirish bo‘yicha joriy tashabbuslar o‘rganiladi.

505-509 3 0
ELEKTRON TA’LIM RESURSLARINING TA’LIM MAZMUNIGA VA SIFATIGA TA’SIRINI O’RGANISH.
Baymurzaeva Aynur Abdibekovna

Zamonaviy ta’lim tizimida elektron ta’lim resurslari (ETR) ta’lim jarayonining samaradorligini oshirishda muhim o’rin tutadi. Ushbu maqola elektron ta’lim resurslarining ta’lim mazmuniga va sifatiga ta’sirini o’rganishga bag'ishlangan. Ta’limda foydalaniladigan elektron resurslar (onlayn kurslar, interaktiv o’quv materiallari, video darslar, o’quv platformalari va boshqa texnologiyalar) nafaqat ta’lim mazmunini yangilash, balki uning sifatini ham oshiradi. Maqola ETRlar orqali ta’lim jarayonining interaktivligi, individualizatsiya, o’quvchilarning motivatsiyasi va ularning kognitiv rivojlanishiga bo’lgan ta’sirini tahlil qiladi. Shuningdek, elektron ta’lim resurslarining ta’lim sifatini baholash metodologiyasi va uning o’quvchilarning ta’lim mazmuni bilan bo’lgan aloqasi o’rganiladi.

689-692 3 1
7-SINFDA FIZIKA OʻQITISH METODIKASINI FANLARARO ALOQADORLIK ASOSIDA KASBGA YOʻNALTIRISH ORQALI TAKOMILLASHTIRISH
Boyturayeva Gulbaxor Kamoliddin qizi, Zaxidov Ibroximjon Obidjonovich

Mazkur maqolada fizika fanini fanlararo aloqadorlik asosida o‘qitishning dolzarb pedagogik vazifa sifatidagi o‘rni yoritilib, ta’lim jarayoniga xususan, 7-sinfda fizikani o‘qitishda fanlararo yondashuv asosida o‘quvchilarning amaliy ko‘nikma va mantiqiy fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirish, turli fanlar (matematika, geografiya, tarix, biologiya va h.k.) bilan integratsiyalashgan holda ta’lim sifatini oshirish yo‘llari tahlil etilgan. Shuningdek, 7-sinf dars mavzularining mavjud kasblar bilan oʻzaro bogʻliqligi jadvali ketirilgan. Fizikani fanlararo aloqadorlikda oʻqitishda hayotiy misollar, tajriba va loyiha ishlarini o‘rgatish orqali o‘quvchilarning ilmiy dunyoqarashi va kasb tanlashga yoʻnaltirish ishlarini kuchaytirish zarurligi asoslab berilgan.   

764-769 1 0
MINTAQA IQTISODIYOTINI MODERNIZATSIYALASH SHAROITIDA YASHIL IQTISODIYOTINI RIVOJLANTIRISH YO‘NALISHLARI
Karimova Shaxnoza Uktamovna , Bazarbaev Zafar Islombek o'g'li

Ushbu maqola iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida mintaqa yashil iqtisodiyotini rivojlantirish yo‘nalishlarini ko‘rsatib, shu bilan birgalikda Makaziy Osiyo va mamlakatimizda yashil iqtisodiyotni rivojlantirish borasida chet mamlakatlari va mahalliy olimlarni aynan shu sohadagi olib borgan ilmiy faoliyatlari o’rganilgan. Shuningdek, iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida mintaqa yashil iqtisodiyotini rivojlantirish yo‘nalishlarini oʻrganishga doir ilmiy-amaliy takliflar berilgan.

847-849 2 1
AMALIY MASHG'ULOTLARDA NOANANAVIY METODLAR VA INNOVATSION TEXNOLOGIYALAR O‘RTASIDA BOG’LANISHINING TA'LIM JARAYONIDAGI O'RNI
Tursunova Shahzoda Baxromovna, Dehqonboyeva Saidaxon Yahyoxon qizi

Ushbu o'quvchilarga yangi bilimlarni faqat ma'ruzalar orqali emas, balki amaliy faoliyat yordamida o'zlashtirish, ularni yangiliklar va texnologiyalar bilan tanishtirish, shuningdek, mustaqil o'rganish imkoniyatlarini taqdim etish noananaviy metodlarning asosiy maqsadlaridan biridir. Ushbu metodlar o'quvchilarda o'zgacha yondashuvni va ijodkorlikni rivojlantirishga yordam beradi. Ta'lim jarayonida yangicha usullarni qo'llash o'quvchilarning bilimga nisbatan qiziqishini oshiradi va o'quvchilarga nafaqat nazariy bilimlarni, balki amaliy tajribalarni ham olish imkonini beradi.

923-932 2 0
PISA STANDARTLARIGA MOS FIZIK MASALALAR YECHIMI VA TAHLILI
Soyipov Jasurali Japaraliyevich

Hozirgi kunda tabiiy fanlardan savodxonlikni oshirishga katta e’tibor qaratilmoqda. Shuni xisobga olib maktablarda fizika ta’limiga kerakli о‘zgartirishlar kiritilmoqda. Xorijiy tajribalarga kо‘ra olingan bilimlarni real fizik voqealikka tadbiq qilish savodxonlikni о‘sishini omillaridan biri. Ushbu maqolada fizikadan amaliy mashg‘ulotlarda baholashga oid masalalardan foydalanish orqali о‘quvchilarda ilmiy tadqiqotchilik kо‘nikmalarini shakllantirish muammosi kо‘rib chiqilgan. Bunday masalalar yechish orqali о‘quvchilar PISA xalqaro tadqiqotlariga tayyorlanish imkoni tug‘iladi.

583-585 5 0
DARSLARIDA PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH
Yusufxodjayeva Firdovusxon Muxtorovna

Ushbu maqolada o`quvchilarga ta’lim-tarbiya berishda an’anaviy o’qitish usullari bilan chegaralanib qolmasdan, intefaol usullardan  foydalanish orqali o’qitishning sifat darajasini oshirib, yuqori samaradorlikka erishish mumkin. Buning uchun o’qituvchilar o’qitishning pedagogik texnologiya  turlarini o’z darslarida qo’llay olish mahoratiga ega bo’lishi zarur, yashashi va shu orqali jamiyatda oʻzligini namoyon etishi, ya’ni shaxs sifatida kamol topishi nazarga olinadi, ta’limining hozirgi bosqichida  pedagogik texnologiyalardan foydalanib texnologiya fanining o`qitish maqsad qilib olingan.

659-664 1 0
MATEMATIKA VA GO‘ZALLIK: ILM VA ESTETIKANING UYG‘UNLIGI
Najmiddinova X.

Ushbu maqolada matematikaning go‘zallik bilan bo‘lgan bevosita aloqasi tarixiy, nazariy va amaliy misollar orqali yoritiladi. Matematika nafaqat mantiqiy tartib va hisob-kitob vositasi, balki tabiat, san’at, me’morchilik va musiqadagi estetik mukammallikning asosi sifatida talqin qilinadi. Go‘zallik mezonlari sifatida matematik soddalik, simmetriya, uyg‘unlik va nisbatlar tahlil qilinadi. Shuningdek, maqolada matematikaning inson tafakkuridagi estetik tafakkurni shakllantirishdagi o‘rni ham yoritilgan.

21-27 1 0
O`QUVCHILARNI XALQARO TADQIQOTLARGA TAYYORLASH (PISA VA PIRLS TADQIQOTLARI) MISOLIDA.
G`ayniddinov Shayxislom Tolibjon o`g`li

Ushbu ilmiy maqola O‘zbekistonda maktab o‘quvchilarini PISA (Programme for International Student Assessment) va PIRLS (Progress in International Reading Literacy Study) xalqaro tadqiqotlariga tayyorlashning ahamiyati va metodologiyasini o‘rganishga qaratilgan. Maqolada PISA va PIRLS tadqiqotlari o‘quvchilarning bilim va ko‘nikmalarini baholashda qanday rol o‘ynashi, shuningdek, O‘zbekiston o‘quvchilarining ushbu tadqiqotlardagi past natijalari tahlil qilinadi. O‘quvchilarning tayyorgarligini yaxshilash uchun o‘quv dasturlarini modernizatsiya qilish, o‘qituvchilarning malakasini oshirish va zamonaviy pedagogik yondashuvlarni qo‘llash zarurligi ko‘rsatilgan.

116-121 1 0
KATTA YOSHDAGI O’RGANUVCHILARGA INGLIZ TILINI O’QITISHNING INTERAKTIV USULLARI (ingliz tilini chet tili sifatida o’rganuvchi sinflarda)
Erkinova Xursanoy A’zamjon kizi,

Kattalarga ingliz tilini chet tili sifatida o‘qitish o‘ziga xos qiyinchiliklar va imkoniyatlarni taqdim etadi. Ushbu tadqiqot, kattalar o‘quvchilarida ishtirokni, motivatsiyani va tilni o‘zlashtirishni oshiruvchi interaktiv o‘qitish usullarini o‘rganadi. Aralash usuldan foydalangan holda, tadqiqot turli interaktiv strategiyalarni, jumladan, hamkorlikda o‘qitishni, texnologiyalarni integratsiyalashni va rol o‘ynashni ko‘rib chiqadi. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, interaktiv usullar o‘quvchilar natijalarini va qoniqishini sezilarli darajada yaxshilaydi. O‘qituvchilar uchun EFL o‘rganish muhitini yanada qiziqarli qilish bo‘yicha tavsiyalar beriladi.

199-203 1 0
PEDAGOGIK TA’LIM VA TARBIYA TRANSFORMATSIYASIDA INNOVATSION TEXNOLOGIYALAR VA ZAMONAVIY O‘QUV MUHITLARINING O‘RNI
Jumanazarova Zuxraxon Qosimjanovna,

Ushbu maqolada zamonaviy ta’lim muhitida pedagogik ta’lim va tarbiyaning transformatsiyasida innovatsion pedagogik texnologiyalar va raqamli vositalarning tutgan o‘rni tahlil qilinadi. Shuningdek, o‘quv jarayonini modernizatsiyalashda ta’lim muhitining dizayni, interaktiv metodlar va talabalarning mustaqil fikrlash kompetensiyalarini rivojlantirish muammolari ko‘rib chiqiladi.

290-291 1 0
TEXNOLOGIYA FANIDAN SAYOHATLAR TASHKIL ETISHNING AHAMIYATI
Usmonova Muxlisaxon Sobirovna, , Yuldasheva Muxtasarxon Ikromjon qizi

Mazkur maqolada texnologiya fanini o‘qitishda darsdan tashqari faoliyat — xususan, sanoat korxonalari, ustaxonalar va texnik muassasalarga uyushtirilgan sayohatlarning ahamiyati yoritilgan. Sayohatlar o‘quvchilarda nazariy bilimlarni amaliyot bilan bog‘lash, kasb-hunar tanlashda yo‘l topish, ijodiy va tanqidiy fikrlashni shakllantirishda muhim rol o‘ynashi ta’kidlangan. Maqolada sayohatlarni tashkil etish bosqichlari, foydali manzillar va o‘qituvchining roli haqida ham aniq tavsiyalar berilgan. Ushbu yondashuv texnologiya fanini yanada mazmunli va samarali o‘qitishga xizmat qiladi.

373-377 3 0
ELEKTRON TA’LIM NAZARIYASI VA METODIKASI
To‘rayeva Shahrizoda Jo‘rabek qizi

Ushbu maqolada elektron ta’lim tizimini rivojllantirish va uning rivojlanish istiqbollari haqida yozilgan. Elektron ta’limning hozirgi kundagi o‘rni, uning ta’lim jarayonlardagi rolini oshirish va turli xil metodlar qo‘llash bo‘yicha ma’lumotlar berilgan. Masofaviy ta’lim tizimi imkoniyatlar, ananaviy ta’limdagi darslarni interaktiv metodlar asosida o‘tish haqida izlanishlar olib borilgan.

459-463 2 0
ОLIY TA’LIM MARKETINGIDA RAQAMLI BRENDING ORQALI TALABA FAOLLIGINI OSHIRISH
Narkulova Shaxnoza Shakarbekovna

Raqamlashtirish sharoitida oliy ta’lim muassasalari marketing strategiyasida ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish alohida ahamiyat kasb etmoqda. Raqamli brending maqsadli auditoriya bilan ikki tomonlama muloqotni yo‘lga qo‘yishga, OTM brendining tanilishini oshirishga va abituriyentlarning qaror qabul qilish jarayoniga ta’sir ko‘rsatishga xizmat qiladi. Instagram kabi vizual platformalar ta’lim muassasasining ijobiy imidjini shakllantirishda va yosh auditoriyani jalb etishda muhim o‘rin egallaydi. Mazkur maqolada foydalanuvchi bilan o‘zaro aloqaning ahamiyati, raqamli kanallar orqali universitet brendini shakllantirish va “brend ruhi” — ya’ni o‘qituvchilar va xodimlar tomonidan uzatilayotgan qadriyatlarning roli yoritib berilgan.

541-547 4 0
TEXNOLOGIK TA’LIM YO‘NALISHIDAGI TALABALARNING KOGNITIV UNIVERSAL TA’LIM FAOLIYATLARINI RIVOJLANTIRISHDA LOYIHALASH METODINING AHAMIYATI
Erkinova Sitora Botirjon qizi

ushbu maqolada texnologik ta’lim yo‘nalishidagi talabalarning kognitiv universal ta’lim faoliyatlarini rivojlantirishda loyihalash metodining ahamiyati, talabalarning bilish faoliyatini mustahkamlash va ularni kasbga yo‘llashda foydalaniladigan usul va texnologiyalar haqida fiklar yoritilgan. “Hunarmandlar markazi ekoparki” loyihasi landshaft dizaynini yaratish, mustaqil ijodiy loyiha ishini bajarishda o‘zaro hamkorlik munosabatlarini shakllantirish, milliy hunarmandchilikni yanada rivojlantirishda yurtimizda olib borilayotgan chora-tadbirlar va ularning amalga oshirilishi to‘g‘risida ma’lumotlar keltirilib, milliy hunarmandchilikni yosh avlodga yetkazishda yangicha innovatsion usullar ishlab chiqish taklif etilgan.

721-726 2 0
GLOBALLASHUV SHAROITIDA INKLYUZIV MASOFAVIY O‘QITISH MODELLARI: XALQARO TAJRIBA VA MILLIY YONDASHUVLAR
Isomaddinov Usmonali Mamurjonovich

Maqolada globallashuv jarayonida inklyuziv ta’lim tizimiga moslashtirilgan masofaviy o‘qitish modellarining shakllanishi xalqaro amaliyotlar asosida tahlil qilinadi. AQSh, Yevropa Ittifoqi va Janubiy Koreya tajribalari asosida sun’iy intellekt texnologiyalari, adaptiv interfeyslar va multimodal o‘quv muhitining imkoniyatlari yoritiladi. O‘zbekiston ta’lim tizimidagi huquqiy asoslar va raqamli transformatsiya yondashuvlari ilmiy baholanib, takomillashtirish yo‘nalishlari taklif etiladi.

806-811 1 0
OLIY TA’LIM MUASSASALARIDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANGAN HOLDA OPTIKA FANINI O‘QITISH SAMARADORLIGINI OSHIRISHNING NAZARIY ASOSLARI
Qurbonov Maqsudali Sobirali o‘g‘li, Olimova Gulnoza Abdurashid qizi, Xamidov Hayrulla Rasuljon o‘g‘li

Mazkur maqolada oliy ta’lim muassasalarida “Optika” fanini o‘qitish jarayonida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishning nazariy asoslari yoritilgan. Shuningdek, raqamli pedagogika vositalarining ta’lim sifati va talabaning bilim olish samaradorligiga ta’siri o‘rganiladi. Yangi texnologiyalar asosida tuzilgan interaktiv metodlar, multimediya resurslari, virtual laboratoriyalar va simulyatsion modellar orqali murakkab optik tushunchalarni tushuntirish yo‘llari taklif qilinadi.

882-884 1 0
SUN’IY INTELLEKT VA BOSHQA ILG‘OR TEXNOLOGIYALARNING TA’LIM TIZIMIGA JORIY ETILISHI
A.Azizova, С.А.Азизова, S.A. Azizova

Ushbu maqolada zamonaviy ta’lim jarayonida keng qo‘llanilayotgan AR va VR texnologiyalarining imkoniyatlari, afzalliklari hamda mavjud muammolari tahlil qilinadi. Immersiv ta’lim muhiti yaratish orqali o‘quvchilarning bilimga bo‘lgan qiziqishi va faolligi oshishi, murakkab tushunchalarni tushunish osonlashishi. ayniqsa STEM fanlarini o‘qitishda bu texnologiyalar muhim vosita hisoblanishi keltirib o‘tilgan. Shu bilan birga, texnik infratuzilma, yuqori xarajatlar, texnologik savodxonlikning pastligi va sog‘liq bilan bog‘liq xavflar AR va VRning keng joriy etilishiga to‘sqinlik qilayotgan omillar sifatida ko‘rsatiladi. Maqolada ushbu texnologiyalarning ta’limdagi transformatsion salohiyati yoritilib, ularni samarali joriy etish bo‘yicha tavsiyalar berilgan.

618-622 1 0
YADROVIY ZANJIR REAKSIYALAR
D.A.Yusupov , Mirzamaxmudov Shukurullo Jaxongir o‘g‘li

Ushbu ishda yadro zanjir reaksiyalari, ularning mohiyati, qo‘llanilish sohalari va ilmiy-tadqiqot jihatlari ko‘rib chiqiladi. Yadro zanjir reaksiyalari atom yadrolarining bo‘linishi yoki sintez jarayonida energiya ajralib chiqishi natijasida amalga oshadi. Tadqiqotda ushbu reaksiyalarning fizik asoslari, nazariy modellari va eksperimental tasdig‘i muhokama qilinadi.

64-71 1 0
INTEGRATIV YONDASHUV ASOSIDA ETNOPEDAGOGIK NAMUNALARINI SHAKLLANTIRISH
Bekmurodova Asalxon Bahodir qizi

Ushbu ishda boshlang’ich sinflarda o’qish fani misolida etnopedagogika namunalarini oʻrgatishda integrativ yondashuvdan foydalanish masalasi tadqiq qilindi .

151-153 2 1
TA'LIM TIZIMIDAGI INNOVATSION PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALAR
Jahongir KOMILJONOV

 Zamonaviy dunyo ta'lim maydoni doimiy ravishda yangi bilim mazmuni, yangi malakalar bilan to'ldirilib boriladi. Munosabatlarning yangi sohalari, yangi fanlarni shakllantiruvchi yangi mutaxassisliklar vujudga kelmoqda. Jahon oliy  ta’lim tizimi isloh qilinmoqda. Bu ta'limning yangi shakllari va texnologiyalarini izlashga olib keldi. Oliy ta’limni jahon makonining talablari va standartlariga moslashtirish, uni rivojlantirish muayyan tamoyillar asosida amalga oshiriladi. Bu, eng avvalo, ta’lim va fanga innovatsion yutuqlarni ustuvor tarzda joriy etishdir. Shuni inobatga olgan holda, maqolaning asosiy maqsadi ta'lim tizimida innovatsion pedagogik texnologiyalarning asosiy jihatlarini o'rganishdir.

232-243 3 0
KASBIY TA’LIM MUASSASALARI O‘QUVCHILARINING MUSTAQIL TA‘LIMINI TASHKIL ETISHNING PEDAGOGIK SHARTLARI
Jumayeva Dilafro‘z Normurodovna

Ushbu maqolada kasbiy talim muassasalari o‘quvchilarning informatika va axborot texnologiyalariga oid fanlardan mustaqil ta‘limini tashkil etishni samarali amalga oshirish maqsadida mavjud shartlar bilan birga qo’shimcha pedagogik shartlar va takliflar asosida amalga oshirilishi mumkinligi yoritib berilgan.

327-330 1 0
SUN’IY INTELLEKT TEXNOLOGIYALARI ASOSIDA INDIVIDUAL TA’LIM YO‘NALISHLARINI SHAKLLANTIRISHNING PEDAGOGIK ASOSLARI
Turdaliyeva Nargiza Abdunazar qizi, Sodirova Dilshoda Sodiqjon qizi

Ushbu maqolada sun’iy intellekt (SI) texnologiyalaridan foydalanish orqali individual ta’lim yo‘nalishlarini shakllantirishning pedagogik asoslari tahlil qilinadi. O‘quvchilar shaxsiy ehtiyojlari, bilim darajasi, kognitiv uslublari va o‘rganish sur’atiga asoslangan holda avtomatlashtirilgan va differensial yondashuvlar SI yordamida qanday amalga oshirilayotgani yoritiladi. Shuningdek, maqolada moslashuvchan o‘qitish, personalizatsiya, ta’limda reflektiv yondashuv hamda raqamli kompetensiyalarni rivojlantirishning zamonaviy metodologiyasi keng ko‘rib chiqiladi.

411-416 3 0
OLIY TA’LIM MUASSASALARIDA O‘QITUVCHILARINING RAQAMLI KOMPETENSIYASINI RIVOJLANTIRISH ASOSLARI
Sabirova Ullibibi Sharipovna

Jamiyatni raqamlashtirish ta’limga sezilarli ta’sir ko‘rsatib, oliy ta’lim muassasalari o‘qituvchilaridan raqamli kompetensiyalarni rivojlantirish talab etiladi. Ushbu maqolada oliy ta’lim muassasalari o‘qituvchilarining raqamli kompetentsiyalarini rivojlantirishga ta’sir qiluvchi omillar va ularining raqamlashtirish jarayonida malakasini rivojlantirishga qaratilgan tavsiyalar ko‘rib chiqilgan.

496-499 6 1
TADBIRKORLIK UNIVERSITETLARIDA TA’LIM SIFATINI OSHIRISH, TA’MINLASH VA BOSHQARISH MUAMMOLARI
Fayzullayeva Mukarram Lutfullo qizi, Eshbo‘riyev Rashid Majidovich

Mazkur ishda tadbirkorlik universitetlarida ta’lim sifati tushunchalari tahlil qilindi, ta’lim sifatiga ta’rif berildi va ta’lim sifatini oshirishning yangi metodlari taklif qilindi. Bundan tashqari tadbirkorlik 3.0 modelidagi universitetlarda ta’lim sifatini ta’minlash va boshqarishning samarali metodi ishlab chiqildi. Shuningdek, 3.0 modelidagi universitetlarda ta’lim sifati innovatsion faoliyatning samarasi va qay darajada ilmiy-tadqiqot natijalarining ishlab chiqarishga qo‘llanish darajasiga bog‘liqligi o‘rganildi.

679-682 5 0
MUXANDISLIK YO‘NALISHI TALABALARINING ERGONOMIK KOMPETENSIYALARINI RIVOJLANTIRISH MUHITINI TASHKIL ETISH TIZIMI VA TEXNOLOGIYASI
Енгалычев М.И

Muxandislik yo‘nalishi talabalarining ergonomik kompetensiyalarini rivojlantirish muhitini tashkil etishning va bo‘lg‘usi muxandislarning ergonomik madaniyatini rivojlantirishda ergonomik bilim, ko‘nikma va malakalarning dolzabligi asoslangan. Qulay muhitni yaratish shartlarini umumlashtirib, ularni jadvalda taqdim etilgan. Bo‘lg‘usi muxandislarning ergonomik kompetensiyalarini rivojlantirish jarayoni mazmuni va amalga oshirish texnologik tizimini haqida fikr yuritigan.

755-758 6 0
ADABIYOTNING SHAXS TARBIYASI VA MA’NAVIYATINING YUKSALISHIDAGI O‘RNI (Adabiyot va badiiy asarlarning tarbiyaviy ahamiyati misolida)
Xayrullayeva Zahro Uyg‘un qizi,

Ushbu maqolada bugungi zamonning dolzarb masala sanalgan o‘smirlar tarbiyasida adabiyotning roli va jamiyatimizda adabiyotning o‘rnini mustahkamlash, yoshlarga ta’lim-tarbiya berish jarayonida samaradorligini oshirish hamda bu sohani rivojlantirish uchun amalga oshirilayotgan islohotlar va ularning natijalari borasida so‘z yuritilgan. Adabiyot va tilga qaratilgan e’tibor jamiyatning ijtimoiylashuv davriga yana bir karra muvaffaqiyatli hissa qo‘shadi. Adabiyot olami chegara bilmay, betakrorlik va ko‘p qirralikni o‘zida mujassam etgan ulug‘vor bir qudrat sanaladi. Uning quroli sanalmish–so‘z esa ana shu qudratning manbaidir. Yoshlarga badiiyat orqali ta’sir etish ularning kelajakda yetuk va komil inson bo‘lib yetishishiga zamin yaratadi. Zero, “Badiiy mahorat – yozuvchining badiiy talanti o‘lchovidir” (Ch.Aytmatov) [2.39]. Bu qobiliyat bilan yozuvchi kitobxonga hayotni anglatadi. Adabiyot insonni tarbiyalaydi. Shunday qilib, bu sohalarni yanada taraqqiy etishi va ommalashishi uchun, kelgusi avlodni vatanparvarlik rauhida o‘stirish uchun bir qancha davlat dasturlari ishlab chiqilib davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanadi.

839-842 1 0
MASOFAVIY TA'LIMDA INTERAKTIV USULLAR VA PLATFORMALAR SAMARADORLIGINI O'RGANISH
Mo’minova Muxayyo Usmanovna, Odiljonova Surayyo Ulug'bek qizi

Ushbu ilmiy maqola masofaviy ta’lim tizimida interaktiv usullar va raqamli o‘quv platformalarining samaradorligini o‘rganishga bag‘ishlangan. So‘nggi yillarda pandemiya va texnologik taraqqiyot natijasida masofaviy ta’lim keng joriy qilinib, bunda o‘quv jarayonining sifatini ta’minlashda interaktiv metodlarga katta ehtiyoj paydo bo‘la boshladi. Maqolada interaktiv yondashuvlar — ya’ni muammoli vazifalar, guruhlarda ishlash, testlar, viktorinalar, virtual taqdimotlar va fikr almashish mashg‘ulotlari — masofaviy ta’limdagi o‘ziga xos afzalliklari keltirib o’tilgan. Tadqiqot doirasida Zoom, Google Classroom, Moodle, Microsoft Teams, Kahoot, Padlet kabi platformalarning funksional imkoniyatlari tahlil qilinib, ularning o‘quvchilarning faolligi, ilg’orligi, fanlarni o’zlashtirishga bo’lgan ko’nikmasi, bilimni mustahkamlash darajasi va muloqot sifati bog‘liqligi statistik usullar orqali  o’rganilgan. Shuningdek, o‘qituvchilar va talabalar o‘rtasida so‘rovnoma va intervyular asosida tajriba natijalari keltirilgan.

912-917 1 0
KREDIT-MODUL TIZIMI ORQALI NEONATOLOGIYADA KLINIK O‘QITISH VA MUSTAQIL TA’LIMNI TAKOMILLASHTIRISH
Anvarova Zilolaxon Qosimjon qizi

Ushbu tadqiqot neonatologiya talabalari orasida klinik o‘rganish va mustaqil ta’limni takomillashtirish uchun ishlab chiqilgan kredit-modul uslubiyatini baholaydi. Tizimli mustaqil ta’lim modullari, vaziyatga asoslangan baholash va faol o‘qitish yordamida tajriba guruhi bilim, ko‘nikma va motivatsiya bo‘yicha an’anaviy guruhdan yuqori natijalarni ko‘rsatdi. Natijalar shuni tasdiqlaydiki, kredit-modul tizimlari tegishli qo‘llab-quvvatlash va tuzilma bilan qo‘llanilganda tibbiy ta’lim natijalarini samarali oshirishi mumkin.

574-578 4 1
MATEMATIKA DARSLARIDA TA'LIM MAQSADLARINI YANGILASH
Makhsudova Shohsanam Muzaffarkhojayevna

Matematika darslarida ta’lim maqsadlarini yangilash zamonaviy ta’lim tizimining hal qiluvchi jihati hisoblanadi. Bu jarayon matematik bilimlarni yangilash va ta’lim sifatini oshirishga yordam beradi. O‘qitishning ilg‘or uslublari, texnologiyalari va pedagogik yondashuvlarini amaliyotga tatbiq etish o‘quvchilarning matematikaga qiziqishini oshirish, shuningdek, ularni tanqidiy fikrlashga, muammolarni yechishga o‘rgatishdan iborat. Yangilangan taʼlim maqsadlari oʻquvchilarning matematikani oʻrganishdagi muvaffaqiyatini oshirib, samaraliroq va interaktiv darslarni taklif etadi.

650-652 3 0
TEXNOLOGIK TARBIYA: PEDAGOGIK TA’LIMNING ILMIY-METODIK ASOSLARI
A.Matkarimov

Ushbu maqola pedagogik ta’lim va tarbiyaning nazariy-metodologik asoslarini, xususan, texnologik ta’lim yo‘nalishi misolida tahlil qiladi. Texnologik ta’limning zamonaviy ta’lim tizimidagi o‘rni, uning nazariy asoslari, metodologik yondashuvlari va raqamli texnologiyalarni qo‘llash imkoniyatlari atroflicha ko‘rib chiqiladi. Maqolada ilmiy yangilik sifatida sun’iy intellekt va virtual laboratoriyalarga asoslangan metodologik model taklif qilinadi. Adabiyotlar tahlili sohadagi tadqiqotlarning kuchli va zaif tomonlarini aniqlaydi. Vizual elementlar (rasmlar, grafika, jadvallar) ma’lumotlarni yanada aniqroq va tushunarli qilish uchun qo‘llaniladi. Maqola amaliy takliflar bilan yakunlanadi.

9-14 1 0
TEXNOLOGIK TA’LIM YO’NALISHI TALABALARINING METAKOGNITIV FAOLIYATLARINI TAKOMILLASHTIRISH
Ziyamova Gulbaxor Tulabayevna , G’oporova Shohzoda To’lqin qizi

Maqolada zamonaviy ta’limda pedagogik texnologiyaning o’rni, talabalarning tahliliy va ijodiy fikrlashini rivojlantirishda metakognitiv faoliyatlarni takomillashtirishning ahamiyati ko’rsatib o’tilgan. Metakognitiv ko'nikmalarni rivojlantirish, talabalarga o'z bilimlarini ko'paytirishga, shuningdek, o'qish strategiyalarini tanlash va o'zgaruvchan sharoitlarda ulardan samarali foydalanishga imkon yaratadi, yangi g‘oyalar yaratishga yordam beradi. Metakognitiv faoliyatlarni takomillashtirish uchun tavsiyalar berilgan

103-108 3 0
AN’ANAVIY DARS JARAYONLARINI SAMARALI YONDASHUVI
Ortiqova Iqbol Olimboyevna

Ushbu ilmiy maqola an’anaviy dars jarayonlarini takomillashtirish, uning samaradorligini oshirishga qaratilgan pedagog olimlarning nazariy qarashlari va amaliy tajribalarini tahlil qilishga bag'ishlangan. Maqolada an’anaviy darsning afzalliklari va kamchiliklari,uni zamonaviy o‘qitish usullari bilan uyg'unlashtirish, o‘quvchilarga individual yondashuv, motivatsiyani oshirish, faol o‘qitish metodlaridan foydalanish kabi masalalar ko‘rib chiqiladi. Tadqiqot natijalari an’anaviy darsni zamonaviy pedagogik yondashuvlar bilan boyitish orqali o‘quv jarayonining sifatini sezilarli darajada oshirish mumkinligini ko‘rsatadi.

188-192 4 1
TALABALARNI MOBIL ALOQA VOSITALARIDAN NOTO’G’RI FOYDALANISHI
Karimova Shaxnoza Uktamovna , Boltaboyeva Mavjuda Baxtiyor qizi

Ushbu  maqolada yoshlarning mobil  telefonlardan   noto‘g‘ri foydalanishi natijasida yuzaga keladigan muammolar va uning salbiy oqibatlari tahlil qilinadi. Shuningdek, talabalarda mobil vositalardan ortiqcha foydalanish oqibatida yuzaga keladigan salbiy oqibatlarni oldini olish bo‘yicha takliflar beriladi.

281-284 2 0
TEXNOLOGIYA DARSLARIDA O‘QUVCHILARDA MEHNAT TARBIYASINI RIVOJLANTIRISH
Usmonova Muxlisaxon Sobirovna

Ushbu maqolada texnologiya fanining ta’limiy va tarbiyaviy imkoniyatlari asosida o‘quvchilarda mehnatga bo‘lgan ijobiy munosabatni shakllantirish masalasi yoritilgan. Maqola texnologiya darslarining mehnat tarbiyasi uchun imkoniyatlari, pedagogik yondashuvlar, kasbga yo‘naltirishdagi roli va amaliy mashg‘ulotlarning tarbiyaviy ahamiyatiga doir keng ko‘lamli tahlillarni o‘z ichiga oladi. Yondashuvda zamonaviy ta’lim usullari, xalq an’analari va milliy qadriyatlarning uyg‘unlashuvi asosida metodik tavsiyalar berilgan.

362-365 1 0
HOZIRGI KUNDA MALAKA AMALIYOTI JARAYONLARINI TASHKIL ETISHNING OʻZIGA XOS JIHATLARI
Avezov Mardonbek Abdullayevich

Ushbu maqolada zamonaviy ta’lim tizimida malaka amaliyotini tashkil etishning dolzarb jihatlari tahlil qilinadi. Talabalarning nazariy bilimlarini amaliy ko‘nikmalar bilan mustahkamlashda malaka amaliyotining o‘rni, shuningdek, uni samarali tashkil etish usullari yoritilgan. Dual ta’lim tizimi, masofaviy va onlayn amaliyot shakllari, korxonalar bilan hamkorlik va startap loyihalarda ishtirok etish kabi yondashuvlar ko‘rib chiqilgan.

450-453 8 0
O‘ZBEKISTONDA TA’LIM TIZIMINI TAKOMILLASHRISH VA INNOVATSION RIVOJLANTIRISH ISTIQBOLLARI
Boboyeva Zulfiya Akbarjonovna

Ushbu maqolada oliy ta'limni tizimli isloh qilishning ustuvor yo‘nalishlari, yuqori malakali kadrlar tayyorlash jarayoni, modernizatsiya qilish, ilg‘or ta'lim texnologiyalariga asoslangan holda ijtimoiy soha va iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirish, konstitutsiya, yoshlarning ma’naviy, intellektual, ijodiy, jismoniy va axloqiy jihatdan shakllanishi bayon etilgan.

530-534 1 0
MAKTABDA FIZIKA FANINI O‘QITISHDA O‘QUVCHILARNING QIZIQISHLARINI OSHIRISH UCHUN INTERAKTIV TEXNOLOGIYALAR.
M.A.Ergasheva, M.O.Umirzaqova, A.S. Soliyev

Ushbu maqolada maktablarda Fizika fanini o‘qitishda interaktiv texnologiyalarning o‘rni bu o‘quvchilarni faol ishtirok etishga, ularga amaliy tajribalar orqali yangi bilimlarni egallashga imkon beruvchi texnologiyalarni anglatishi yoritilgan

715-717 1 0
O'RTA MASAFIGA YUG'IRGANLARDA MAXSUS Jismoniy chidamlilik sifatlarini rivojlantirish.
Камалов Аслиддин Нажмидинович

Maqolada engil atletika bilan shug'ullanadigan sportchilarda umumiy va maxsus chidamlilikni rivojlantirish muammosi; umumiy chidamlilikni rivojlantirish komponenti sifatida kuch sifatlarini rivojlantirish; umumiy chidamlilikning rivojlanishiga bog'liqlik sabablari; Maxsus chidamlilikni rivojlantirishga qaratilgan quyidagi mashqlar to'plami keltirilgan. Maqolada mushaklarning yuklarga moslashishi, kislorod rejimida mushak tizimining ishlashi, chidamlilik va tananing charchoqqa qarshi turish qobiliyati muhokama qilinadi.

792-799 1 0
ERKAKLAR PIDJAGI KOSTRUKSIYASINI AVTOMATLASHTIRILGAN TIZIM “VALENTINA” DASTURI YORDAMIDA LOYIHALASH.
S.T.Usmonova, G.O.Muminova

Ushbu maqolada kiyim konstruksiyasini yangilangan texnologiyalar ya’ni “Valentina” dasturi yordamida loyihalash, ish samaradorligini oshirish, masalan, avtomatlashtirish, mijozlar bilan aloqa, yangi kiyim modellarini yaratish, “Erkaklar pidjagi” konstruksiyasini loyihalash ketma-ketligi keltirilgan.

873-876 2 0
IMKONIYATI CHEKLANGAN MAKTAB O’QUVCHILARINING INGLIZ TILIDA TINGLAB TUSHUNISHGA O’RGATISHNING O’ZIGA XOS XUSUSIYATLARI
Raximova Mahliyo Xasanboy qizi

Bu maqolada ingliz tilida tinglab tushunish ko’nikmasini imkoniyati cheklangan bolalarga o’rgatishning o’ziga xos xususiyatlari va ahamiyatlari haqida ma’lumot berilgan. Bunday o'quvchilar jismoniy yoki psixologik cheklovlarga ega bo'lishlariga qaramay, sifatli ta'lim olish huquqiga egadirlar. Ta'lim jarayonini to'g'ri tashkil qilish nafaqat o'quvchilarning intellektual va ijtimoiy rivojlanishiga, balki ularning jamiyatga muvaffaqiyatli integratsiyasiga ham xizmat qiladi. Ushbu maqolada imkoniyati cheklangan o'quvchilar bilan ishlashda qo'llaniladigan zamonaviy yondashuvlar ko'rib chiqiladi Shuningdek, aynan qanday metodikalar qo’llanishi va ularning beradigan natijalari haqida ham fikr yuritiladi.

608-612 1 0
BIR VAQTLI AVTOREGRESSIYA MODELLARIDA NOMA’LUM PARAMETRLARNI BAHOLARI UCHUN LIMIT TEOREMALAR
Mirzayev Toxirjon Saloxetdinovich, Tojiboyeva Tursunxon Shuxratbek qizi

Ushbu maqolada bir vaqtli avtoregressiya modeli uchun parametrlarni baholashning yangi g’oyalari taklif etilgan. Taklif etilgan baholashlar, odatdagi an’anaviy eng kichik kvadratlar usulida olingan baholashlarga qaraganda oddiyroq limit taqsimotga ega.

52-55 2 0
ONA TILI DARSLARIDA O‘QUVCHILARNI TIL HODISALARINI KUZATISHGA O‘RGATISH
Shaxista Buranova Menglibayevna, Sidiqov O‘lmas Shermat o‘g‘li, Kurbanbayev Otabek Xakimbek o‘g‘li

Maqolada ona tili  ta’limida morfologiya bo‘liminining tutgan o‘rni,   morfologiya sathini sintaksis asosida o‘qitish  hamda  uni mazmun jihatdan takomillashtirish, til hodisalarini taqqoslashga o‘rgatishning ilmiy metodik asoslari haqida so‘z yuritilgan.

142-146 1 0
PEDAGOGIK TA’LIM VA TARBIYANING NAZARIY-METODOLOGIK ASOSLARI.
R.Xomidova

Ushbu maqolada pedagogik ta’lim va tarbiyaning o’quvchilar hayotidagi o’rni va unga metodologik yondashuvlar va usullar haqida ma’lumot berilgan.

223-227 4 0
O‘ZBEKISTONDA MAKTAB TA’LIMIDAGI INNOVATSIYALAR: TARIXIY TAHLIL VA ZAMONAVIYLIK.
Сабитова Коринна Сабировна

Ushbu maqolada muallif 1870-2020 yillarda O‘zbekistonda maktab ta’limidagi yangiliklarni qisqacha tahlil qiladi, o‘quv jarayoni metodologiyasi va yangiliklarni tarixiy nuqtai nazardan yoritadi, shuningdek, zamonaviy metodlarning qiyosiy tahlili va dolzarbligini ko‘rsatadi.

317-321 9 0
TABIIY FANLARNI O‘QITISH JARAYONINI STEAM TA’LIMI ASOSIDA TASHKIL ETISHNING AHAMIYATI
Alijanov Dilmurod A’zamjon o’gʻli, Samatov Azimjon Maxmudjon o‘g‘li

Ushbu maqolada tabiiy fanlarni o‘qitish jarayonini STEAM  ta’limi asosida tashkil etishning ilmiy-pedagogik asoslari tahlil qilinadi. Maqolada O‘zbekiston Respublikasining ta’lim siyosati doirasida innovatsion metodik yondashuvlarni joriy etish zarurati asoslab berilgan. STEAM modeli orqali o‘quvchilarda amaliy ko‘nikmalar, tanqidiy fikrlash, muammoli vaziyatlarni hal qilish va ijodiy yondashuv kabi XXI asr kompetensiyalarini shakllantirish imkoniyatlari yoritiladi. Shuningdek, maqolada mavjud muammolar va ularni bartaraf etish yo‘llari, xususan, pedagog kadrlar malakasini oshirish, laboratoriya bazasini mustahkamlash va o‘quv dasturlarini integratsiyalash kabi takliflar ilgari surilgan. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, STEAM ta’limining joriy etilishi tabiiy fanlarni o‘qitish samaradorligini oshirishda muhim omil bo‘lib xizmat qilishi qayd etiladi

402-406 1 0
TАLАBАLАRNING MUSTАQIL TА’LIMINI TАSHKIL ETISHDА BUNCEE PLАTFORMАSIDАN FOYDАLАNISH SАMАRАDORLIGI
Isroilovа Lolа Sunnаtovnа

Ushbu mаqolаdа tаlаbаlаrning mustаqil tа’lim fаoliyаtini sаmаrаli tаshkil etishdа Buncee plаtformаsining imkoniyаtlаri vа аfzаlliklаri tаhlil qilindi. Tа’lim jаrаyonidа interаktiv tаqdimotlаr, vizuаl mаteriаllаr vа ijodiy topshiriqlаr orqаli tаlаbаlаr fаolligini oshirishdа Buncee plаtformаsining o‘rni yoritilgаn. Shuningdek, ushbu vositа orqаli mustаqil o‘qish ko‘nikmаlаrini rivojlаntirish, tаlаbаlаrning o‘zlаshtirish dаrаjаsini oshirish hаmdа tа’limgа bo‘lgаn motivаtsiyаsini kuchаytirish usullаri ko‘rib chiqilgаn

483-487 2 0
O‘QUVCHILARNI FORMATIV BAHOLASHDA FANLARARO ALOQADORLIK ASOSIDA O‘QITISH METODIKASIDAN FOYDALANISH
Boyturayeva Gulbaxor Kamoliddin qizi

Ushbu maqolada fizika darslarida formatіv baholash jarayonini fanlararo aloqadorlik asosida tashkil etishning ahamiyati, metodik yondashuvlari hamda o‘quvchilar bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirishdagi o‘rni tahlil qilinadi.
        Fanlararo integratsiyalashgan ta’lim yondashuvi zamonaviy pedagogikaning asosiy yo‘nalishlaridan biri sifatida talqin etiladi.

671-674 3 0
TEXNOLOGIYA DARSLARIDA INTERFAOL METODLARDAN FOYDALANISH
Yuldasheva Muxtasarxon Ikromjon qizi
Mazkur maqolada texnologiya fanini o‘qitishda interfaol metodlardan foydalanishning ma'nosi, afzalliklari va amaliy darslarda qo‘llash usullari yoritilgan.  Interfaol metodlar o‘quvchilarning faolligini oshirib, ularni mustaqil fikrlashga undaydi hamda texnologik ko‘nikmalarni chuqurlashtirishga xizmat qiladi.
747-750 5 0
SOHAGA YO‘NALTIRILGAN ADAPTIV O‘QITISH TEXNOLOGIYALARI VA ULARNING ILMIY ASOSLARI
Yusupova Yashnar Feruz qizi

         Mazkur maqolada sohaga yo‘naltirilgan adaptiv o‘qitish texnologiyalarining ilmiy asoslari yoritilgan. Adaptiv yondashuvning ikki asosiy talqini – sohaga moslashtirish va shaxsiylashtirish orqali ta’lim samaradorligini oshirish imkoniyatlari tahlil qilingan. Raqamli platformalarning roli, xususan, ALEKS tizimi, aralash ta’lim, metakognitiv yondashuvlar, matematika va kimyo fanlarini uyg‘unlashtirish asosida misollar bilan asoslab berilgan.

833-835 1 0
YOSHLARNING KASBIY FAOLIYATINI RIVOJLANISHNING PSIXOLOGIK ASOSLARI.
G.D. Tokhirova

Mazkur maqolada mamlakatimizda yoshlarning kasb mahoratini oshirishi uchun sifatli ta’lim olishi uchun yanada qulay shart-sharoit yaratilgani qayd etilgan. Bugungi kunda yoshlarimizning ilmiy salohiyati va malakasini qo‘llab-quvvatlash, bir so‘z bilan aytganda, ularning kasbiy faoliyatini tizimli shakllantirish masalalari ilmiy nuqtai nazardan yoritilmoqda. Bu yoshlarning kasbiy kasbini shakllantirish va ularni kasbiy faoliyat jarayonida rivojlantirish, shuningdek, martaba pog‘onasida ko‘tarilishini ta’minlash bo‘yicha amaliy ishlarni isloh qilish zarurligini bildiradi.

902-906 1 0
FIZIKA DARSLARIDA TALABALARNING ILMIY DUNYOTARASHISINI SHAKLLANTIRISH.
Алижанов Дилмурод Аъзамжон Углы

Ushbu maqolada O‘zbekiston Respublikasida amalga oshirilayotgan ta’lim islohotlari sharoitida umumta’lim maktablarida fizika darslarida o‘quvchilarning ilmiy dunyoqarashini shakllantirishning nazariy-metodik asoslari va amaliy jihatlari tahlil etilgan. Ilmiy dunyoqarash tushunchasi, uning tarkibiy qismlari (bilimlar, qarashlar, e'tiqodlar, ideallar) va vazifalari ochib beriladi. O`quvchilarda obyektiv voqelikni ilmiy tushunish, tabiiy va ijtimoiy hodisalarga ilmiy baho berish, sabab-natija munosabatlarini tushunish kabi ko`nikmalarni shakllantirishda fizika fanining alohida o`rni asoslanadi. Maqolada talabalarning faolligi va kognitiv mustaqilligini rivojlantirish, fanlararo aloqalarni amalga oshirish, ta'limning hayot bilan bog'lanishini o'z ichiga olgan ilmiy dunyoqarashni shakllantirishga qaratilgan didaktik va ta'lim shartlari ko'rib chiqiladi. O‘zbekiston ta’lim tizimida ilmiy dunyoqarashni shakllantirishdagi mavjud muammolarni hal etishda innovatsion pedagogik texnologiyalar va uslubiy yondashuvlar ham taklif etilmoqda.

640-645 5 0
TA’LIM JARAYONIDA SUN’IY INTELLEKT TEXNOLOGIYALARINI QO‘LLASHNING IMKONIYATLARI VA ISTIQBOLLARI
Sodirova Dilshoda Sodiqjon qizi, Turdaliyeva Nargiza Abdunazar qizi

Mazkur maqolada sun’iy intellekt (SI) texnologiyalarining ta’lim tizimidagi o‘rni, ularning zamonaviy o‘quv jarayonini modernizatsiya qilishdagi imkoniyatlari, raqamli o‘quv muhitining rivojlanishiga qo‘shayotgan hissasi, shuningdek, kelajakda yuzaga keladigan ehtimoliy muammolar va istiqbolli yechimlar chuqur tahlil qilinadi. Shuningdek, maqolada sun’iy intellekt asosidagi adaptiv o‘qitish, individual yondashuv, baholashning avtomatlashtirilgan usullari, ta’lim mazmunining personalizatsiyasi hamda sun’iy intellektli virtual o‘qituvchilarning afzalliklari ilmiy-nazariy nuqtai nazardan yoritiladi.

90-95 3 2
YOSH O‘RGANLARGA INGLIZ TILINI AUDIO VA VISUAL MATERIALLAR ORQALI O‘RGATISHDAGI QIYINCHILIKLAR.
Reyimberganova Durdona Islombek qizi, Zilola Mahmudova Shukhrat qizi

Ushbu maqolada ingliz tilini erta bosqichda o‘qitishda multimedia vositalaridan foydalanish bilan bog‘liq asosiy muammolar - yosh o‘quvchilarning rivojlanish cheklovlari, materiallarning mosligi, texnologik to‘siqlar hamda sinfdagi tartibni boshqarish kabi masalalar tahlil qilinadi. Shuningdek, maqolada bu muammolarni kamaytirish va audio-vizual materiallarning samaradorligini oshirish bo‘yicha tavsiyalar ham berilgan.

177-18 2 0
UMUMIY O‘RTA TA’LIM MAKTABLARI RAHBAR XODIMLARINING BOSHQARUV USLUBINI KORREKSIYALASH MEXANIZMLARINI TAKOMILLASHTIRISH
Roziqova Muyassarxon Muhammad qizi,

Mazkur maqolada umumiy o‘rta ta’lim maktablari rahbar xodimlarining boshqaruv uslublarini korreksiyalash zarurati, ushbu jarayonga ta’sir etuvchi omillar hamda korreksiyalash mexanizmlarining takomillashuvi ilmiy asosda tahlil etilgan. Shuningdek, samarali boshqaruv uslubini shakllantirishda zamonaviy yondashuvlar va innovatsion boshqaruv texnologiyalarining o‘rni yoritilgan.

266-273 5 0
O‘ZBEKISTONDA ESG TAMOYILLARINING TA’LIMGA INTEGRATSIYASI: YUTUQLAR, MUAMMOLAR VA ISTIQBOLLARI
Tursunova Shahzoda Baxromovna

Mazkur maqolada ESG tamoyillari zamonaviy taʼlim tizimining tarkibiy qismiga aylanmoqda. Bu yondashuv orqali faqat bilim emas, balki barqaror rivojlanish, ijtimoiy adolat va halol boshqaruvga asoslangan tafakkur tarbiyalanadi. O‘zbekiston bu yoʻlda muhim qadamlarga erishgan bo‘lsa-da, hali oldinda keng imkoniyatlar va masʼuliyatli vazifalar mavjud. ESG yondashuvining to‘liq joriy etilishi taʼlim tizimining jahon miqyosidagi raqobatbardoshligini oshiradi, fuqarolik jamiyatining yetuk shakllanishiga hissa qo‘shadi va barqaror kelajak poydevorini yaratadi. Ana shundagina taʼlim haqiqatda inson, jamiyat va tabiat o‘rtasidagi uyg‘unlikni taʼminlaydigan kuchga aylanadi.

348-355 5 0
CHIZMA GEOMETRIYA FANIDA GRAFIK TOPSHIRIQLARNI BAJARISHGA YO‘NALTIRILGAN ELEKTRON O‘QUV-USLUBIY QO‘LLANMA YARATISH TAJRIBASI
Xasanova Marxabo Nosirovna

Ushbu maqolada chizma geometriya fanini zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida o‘qitish tajribasi yoritilgan. Xususan, talabalarlarni grafik topshiriqlarni mustaqil bajarishga yo‘naltiruvchi elektron o‘quv-uslubiy qo‘llanma ishlab chiqilgan. Qo‘llanma mazmuni, bosqichma-bosqich topshiriqlarning tuzilishi, o‘quv jarayonidagi amaliy samaradorligi va uni oliy ta’lim muassasalarida qo‘llash bo‘yicha kuzatuvlar keltirilgan. Ushbu metodik vosita chizma geometriya fanida fazoviy tasavvur, grafik tafakkur va mustaqil ishlash ko‘nikmalarini shakllantirishga xizmat qiladi.

439-445 6 0
INNOVATSION TEXNOLOGIYALARNING MUSIQA TA’LIMIDAGI O‘RNI
Shermatova Xurshida Karimovna

Mazkur maqolada innovasion texnologiyalarning musiqa ta’limidagi o‘rni yoritib berilgan. Ta’lim samaradorligini oshirishda innovasion texnologiyalardan foydalanish, musiqa ta’limida o‘quv jarayonini samarali tashkil etish, o‘quvchilarning estetik didi va ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishning ahamiyati haqida mulohaza yutilgan.

520-523 6 0
“O‘ZBEK MUSIQA SAN’ATI RIVOJIGA HISSA QO‘SHGAN XONANDALAR MEROSI”
Mamajonova Dildoraxon Abduraxmonovna

Maqolada oʻzbek milliy madaniyati va ijodiy merosimizni ifodalaydigan san’atkorlarning hayoti va faoliyati aks etilgan. Unda Fotima Boruxova, Qamara Burnasheva va Berta Davidova kabi yirik xonandalar va ijodkorlarning ovozlari, ularning ijro uslublari, pedagogik faoliyatlari va milliy musiqa sanʼatining rivojlantirishdagi hissasi yoritilgan. Bu maqola xalqaro va milliy musiqiy merosni saqlash, yosh avlodlarga oʻrgatish va milliy qadriyatlarni rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega boʻlgan sanʼatkorlar haqidagi maʼnaviy, tarbiyali maʼlumotlarni oʻz ichiga oladi.

703-708 1 0
SERVIS XIZMATI YO`NALISHIDA ESTAFEDA USULIDAN FOYDALANISH
Yusufxodjayeva Firdovusxon Muxtorovna

Ushbu maqolada servis xizmati yo`nalishida  estafeda usulidan foydalanish haqida ma’lumot berish bilan birgalikda ularga ta’lim-tarbiya berishda an’anaviy o’qitish usullari bilan chegaralanib qolmasdan, intefaol usullardan  foydalanish orqali o’qitishning sifat darajasini oshirib, yuqori samaradorlikka erishish mumkin. Buning uchun o’qituvchilar o’qitishning interfaol  turlarini o’z darslarida qo’llay olish mahoratiga ega bo’lishi zarur, yashashi va shu orqali jamiyatda oʻzligini namoyon etishi, ya’ni shaxs sifatida kamol topishi nazarga olinadi, ta’limining hozirgi bosqichida  interfaol  metodlardan foydalanib texnologiya fanining o`qitish maqsad qilib olingan.

782-786 0 0
RESPUBLIKAMIZDA AESDAN FOYDALANISH VA UNING ISTIQBOLLARI
Muxtoraliyeva Madinabonu Xayrullo qizi

Ushbu maqolada O‘zbekiston Respublikasida atom elektr stansiyalaridan (AES) foydalanish zaruriyati, uning ijtimoiy-iqtisodiy va ekologik afzalliklari, xavfsizlik choralari hamda istiqboldagi rivojlanish yo‘nalishlari tahlil qilinadi. Energetika xavfsizligini ta'minlash, iqlim o‘zgarishiga qarshi kurash va sanoatning barqaror rivojlanishini qo‘llab-quvvatlashda AESning o‘rni muhokama qilinadi.

860-866 6 0
TEXNOLOGIYA DARSLARIDA KREATIV QOBILIYATLARNI SHAKLLANTIRISHGA YO‘NALTIRILGAN KOMPETENSIYAVIY YONDASHUV.
Xusayinova Go‘zal Abdurasulovna

Ushbu maqolada umumta’lim maktablarida texnologiya fanini o‘qitish jarayonida o‘quvchilarning kreativ qobiliyatlarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan kompetensiyalar tizimi tahlil qilingan. Unda muammoli vaziyatlarni hal qilish, ijodiy va tanqidiy fikrlashni shakllantirish, shuningdek, texnik va dizaynerlik bilimlarini egallash orqali o‘quvchilarda mustaqil qaror qabul qilish va innovatsion yondashuv asosida faol ijodiy ko‘nikmalarni rivojlantirishning samarali yo‘llari ko‘rsatib berilgan. Maqolada texnologiya fanining kreativ kompetensiyalarni shakllantirishdagi didaktik imkoniyatlari hamda o‘quvchilarning zamonaviy texnologik jarayonlarga tayyorgarligini ta’minlashdagi ahamiyati asoslab berilgan.

937-940 10 1
MUHIM MA'LUMOT “KOLB TIKLI” TEXNOLOGIYA ISHLAB CHIQISH SINFLARI-METROLOGIYA META-FAVZI KOMPETENSIYASI
Нaжмиддиновa Ёқутхон Рухиддиновнa

мaқолaдa aмaлиётгa йўнaлтирилгaн тaълим шaроитидa муҳaндис-метрологлaрдa метaпредмет компетенциялaрни ривожлaнтиришнинг долзaрб муaммоси кўриб чиқилaди. Мaқолa Колбнинг тaжрибaвий ўргaниш цикли aсосидa ярaтилгaн комплекс технологияни тaклиф қилaди. Бу технология муҳaндислaрнинг тaнқидий фикрлaш, муaммолaрни ҳaл қилиш, тизимли тaҳлил қилиш, мослaшувчaнлик вa коммуникaтив кўникмaлaрини шaкллaнтиришгa қaрaтилгaн бўлиб, улaрнинг зaмонaвий сaноaтдa сaмaрaли фaолият юритиши учун зaрурдир. Тaълим жaрaёнидa ушбу циклнинг ҳaр бир босқичидa қўллaнилaдигaн ўқув фaолиятлaри, улaрнинг метролог муҳaндислaрнинг кaсбий фaолиятигa тaъсири вa кутилaётгaн нaтижaлaр тaҳлил қилинaди.

596-601 1 0
INFORMATIKA FANIGA INNOVATSION YONDASHUV ASOSIDA TA’LIM TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISH.
Эшназарова Маргубахон Юнусалиевна, Марасулова Зулайхо Абдуллаевна, Yigitaliyeva Diyoraxon Ilhomjon qizi

Mazkur maqolada Informatika ta’limiga innovatsion yondashuv asosida ta'lim texnologiyalaridan foydalanish, zamonaviy ta’lim jarayonida innovatsion texnologiyalar o‘quv jarayonining samaradorligini oshirish, o‘quvchilarning faolligini ta’minlash va ularning bilim olish jarayonini yanada qiziqarli qilish, Innovatsion texnologiyalar ta’lim jarayonini yangilash, sifatini oshirish, innovatsion texnologiyalarning afzalliklari haqidagi ma’lumotlar yoritilgan.

39-43 1 0
ULANISH CHIZIQLARI PARALLEL BO‘LGAN PARABOLO-GIPERBOLIK TENGLAMALAR UCHUN CHEGARAVIY MASALA
Ermatov Jamoldin Saloxiddin o‘g‘li, Imomnazarova Nurjaxon Toktaboyevna, Turg‘unova Zahro Abrorjon qizi

Ushbu maqolada tip o‘zgarish chiziqlari parallel bo‘lgan parabolo-giperbolik tenglama uchun chegaraviy masala yechimi o‘rganilgan. Masalaning yechimi Volterraning ikkinchi tur integral tenglamasiga keltirib topilgan.

133-137 1 0
MARIYA MONTESSORI TIZIMINING RIVOJLANISH TARIXI VA MAKTABGACHA TA’LIM TIZIMINING RIVOJLANISHIGA QO‘SHGAN HISSASI.
Quchqorova Nargiza Mamajonovna, Ismoilova Raviyajon Ozad qizi

Maqolada Montessorining tarjimai holi va maktabgacha yoshdagi bolalarning rivojlanishida  ushbu noyob usulning qo‘llanilishi, maktabgacha ta’lim tizimida Montessori tiziming paydo bo‘lishi va tizimning rivojlanishiga qo‘shgan hissasi haqida ma’lumotlar berilgan hamda maktabgacha yoshdagi bolalarni rivojlanishda katta yordam beruvchi rivojlanish zonalari haqida ham ma’lumotlar keltrib o‘tilgan.

212-216 7 0
PEDAGOGIKA OTM LARI BITIRUVCHILARIDA BOSHQARUVCHILIK KOMPETENSIYALARINI SHAKLLANTIRISHDА TAYM-MENEJMENTNING O‘RNI
Abdullayeva Nilufar Umarjon qizi

Mazkur maqolada pedagogika oliy ta’lim muassasalari (OTM) bitiruvchilarining boshqaruvchilik kompetensiyalarini shakllantirishda taym-menejment konsepsiyasining ahamiyati tahlil qilinadi. Boshqaruv kompetensiyalarining tarkibiy qismlari, ularni shakllantirish omillari hamda vaqtni boshqarish texnologiyalarining amaliy qiymati yoritiladi.

305-311 6 0
TALABALARNING IJTIMOIY KOMPETENTLIGINI IJTIMOIY TARMOQLAR VOSITASIDA RIVOJLANTIRISHNING AMALIY VA NAZARIY JIHATLARI
Ibroximov Maqsadjon Axmedovich

Hozirgi kunda butun dunyoda globallashuv, madaniyatlar aralashuvi jarayoni kechmoqda. Bu murakkab jarayonda o’quvchilarga ta’lim tarbiya berish ularni ijtimoiy kompetentligini rivojlantirish muhim vazifalarimizdan biridir. Shuningdek, axborot texnologiyalari kundalik hayotimizga shu qadar shiddat bilan kirib kelyaptiki, ayniqsa ijtimoiy tarmoqlarning butun jamiyat tarqqiyotidagi jarayonlarga ta’siri tez suratlarda о‘sib bormoqda, bu esa foydalanuvchilarning kо‘plab axborot oqimlarining harakati va о‘zgarishi kabi imkoniyatlarni yaratdi. Shuningdek yangi axborotlar muhiti shaxsning ijtimoiylashish jarayonida muhim vosita bо‘lib xizmat qilishini kо‘rsatadi.

390-395 0 0
TA’LIM VA MUHENDISLIK AMALIYATIDA ELEKTR TEXNOLOGIYALARNI MODELLASH VA TAHLIL OLISH UCHUN BULUT PLATFORMALARI
Foziljonov Khojiakbar

Ushbu maqola ta'lim faoliyati va muhandislik dizayni kontekstida SPICE simulyatsiyasini qo'llab-quvvatlaydigan bulutga asoslangan xizmatlarning imkoniyatlarini tahlil qiladi. EasyEDA, Multisim Live, CircuitLab, Tinkercad Circuits, Falstad va PartSim kabi mashhur onlayn platformalar ko'rib chiqiladi. Ularning funktsional xususiyatlari, afzalliklari va akademik va professional foydalanishdagi cheklovlari tasvirlangan. Mavjudlik, simulyatsiyani qo'llab-quvvatlash, hamkorlik vositalari va talabalardan tortib muhandislargacha bo'lgan turli darajadagi foydalanuvchilar uchun qo'llanilishiga alohida e'tibor beriladi. Maqola foydalanuvchining maqsadlaridan kelib chiqqan holda ma'lum platformani tanlash bo'yicha tavsiyalar bilan yakunlanadi.

473-477 1 0
ALOQA VA MONITORING JARAYONLARI: Talabalar va o‘qituvchilarning o‘zaro munosabatlarida raqamli ma’lumotlardan SAMARALI FOYDALANISH.
Нуруллаева Угулхон Эргашбоевна

Maqolada o'quv jarayonidagi fikr-mulohazalar va monitoring jarayonlari ko'rib chiqilib, talaba va o'qituvchi o'rtasidagi o'zaro munosabatlarda raqamli ma'lumotlardan samarali foydalanishga e'tibor qaratilgan. O'quv ma'lumotlarini tezkor qabul qilish va izohlashni osonlashtiradigan, o'rganishni individuallashtirishni ta'minlaydigan va talabalarning motivatsiyasini oshiradigan raqamli monitoringning asosiy vositalari va usullari tahlil qilinadi. Raqamli fikr-mulohazalarning afzalliklari qayd etilib, texnik cheklovlar, o'qituvchilarning raqamli kompetensiyasi va ma'lumotlarning maxfiyligi bilan bog'liq mavjud muammolar va muammolar aniqlangan. Raqamli savodxonlikni rivojlantirishga tizimli yondashish va ta’lim jarayoni sifatini oshirish uchun zamonaviy texnologiyalarni joriy etish zarurligi to‘g‘risida xulosa chiqarildi.

558-564 6 0
VЕNN DIAGRAMMASI MЕTОDI ASОSIDA ATОM ЕNЕRGЕTIKASIGA SOHASIGA OID BILIMLARNI MUSTAHKAMLASH
Samatov Azimjon Maxmudjon o‘g‘li

ushbu maqolada venn diagrammasi metodidan foydalanib, atom energetikasi sohasidagi bilimlarni mustahkamlashga qaratilgan atom energiyasining turli jihatlari, energiya manbalari va afzal va zaif tomonlarini taqqoslash orqali o‘quvchi talabalarda ilmiy dunyoqarashni rivojlantirish bayon etilgan.  

738-741 6 0
O’QUVCHILARNI SEVIMLI KASB TANLASHDAGI MUAMMOLARINI BARTARAF ETISH USULLARI VA ULARGA QO’YILADIGAN TALABLAR
Ibragimova Maryamxon G'ulomovna

mazkur maqola kasblarning tuzilishi, kasblar orasidan sevimli kasbni tanlash, hayotga qo'ygan ilk qadam muammolariga bag'ishlanadi . Har bir inson dunyoga kelibdiki, hayotda olz oldiga qo'ygan maqsadi bo'ladi. Bu maqsad orqasidan nimalarga erishish mumkin? Hayotda o'zi xoxlagan narsalarga erishishi , buning natijasida baxtli yashashi mumkin. Sevimli kasbni tanlashda avvalo odam o'zining his-tuyg'ulariga e'tibor berishi lozim. Odam jamoat oldida o'zini tutishi ham muhim o'rin egallaydi.

825-828 3 0
FIZIKA YO‘NALISHI TALABALARIGA MUSTAQIL TA'LIMNI TASHKIL ETISH ORQALI KASBIY KOMPETENSIYASINI RIVOJLANTIRISH
Po’latova Nozimaxon Sobidxon qizi

Ushbu ishda oliy ta’lim  fizika yo‘nalishi talabalarida mustaqil ta’limni ahamiyati va tashkil etish usullari , mustaqil ta’lim va  kasbiy kompetensiyayani rivojlantirish uchun ular o’rtasidagi bog’lanishlar va optika fanidan mustaqil ta’limni tashkil etish usullari haqida yoritib berilgan. Mustaqil ta’limni tashkil etish orqali nafaqat fizik muammolarni balki kasbiy kompetensiyasini ham shakllanishi o’rganildi.

894-898 1 0
QILISH TA'LIM: IMKONIYATLAR, MUAMMOLAR VA istiqbollar
Эшназарова Маргубахон Юнусалиевна, Марасулова Зулайхо Абдуллаевна

  Yarim kunlik ta'lim o'quvchilarga o'qishni ish, oilaviy mas'uliyat yoki shaxsiy manfaatlar bilan birlashtirish imkonini beruvchi moslashuvchan ta'lim modelini ifodalaydi. Ushbu maqola sirtqi ta'limni tashkil etish, afzalliklari, qiyinchiliklari va natijalarini o'rganish orqali tahlil qiladi. So'nggi tadqiqotlarga asoslanib, mavjudlik, professional ko'nikmalarni rivojlantirish va martaba ko'tarilish kabi asosiy afzalliklar aniqlanadi, shu bilan birga vaqtni boshqarish va akademik muhit bilan cheklangan o'zaro ta'sir kabi muammolar ham muhokama qilinadi. Natijalar shuni ko'rsatadiki, sirtqi ta'lim turli talabalar guruhlari uchun samarali, ammo muhim institutsional yordam talab qiladi. Muhokama uning uzluksiz ta'lim uchun muhimligini ta'kidlaydi va ta'lim siyosati va amaliyoti uchun tavsiyalar beradi

632-635 1 0
RAQAMLI TEXNOLOGIYALARDAN O‘QITISH: MUAMMOLAR VA IMKONIYATLAR
Muminova Mukhayo Usmanovna,

Ushbu maqola raqamli texnologiyalarning ta'limdagi o'rni o'rganilib, ular taqdim etayotgan imkoniyatlar hamda o'qituvchilar, talabalar va ta'lim muassasalari oldida turgan muammolarni tahlil qiladi. Maqolada keng ko‘lamli akademik manbalar va so‘nggi amaliy tadqiqotlar asosida raqamli vositalar o‘qitish usullarini, o‘rganish tajribasini va ta’lim natijalarini qanday o‘zgartirayotgani keng qamrovli ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, u siyosatning oqibatlarini muhokama qiladi va texnologiyani o'qitish amaliyotiga samarali integratsiya qilish bo'yicha tavsiyalar beradi.

80-84 7 1
INTEGRATSIYALASHGAN TAʼLIM JARAYONIDA FIZIKA FANINI O‘QITISHNING PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARINI AMALGA OSHIRISH METODIKASI
Mamajonov Xoshimjon Abdumalikovich , Tillaboyev Azlarxon Magbarxonovich

Ushbu maqolada integratsiyalashgan ta’lim jarayonida fizika fanini o‘qitishda zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo‘llash metodikasi tahlil qilinadi. Fanlararo yondashuv, raqamli texnologiyalar, interfaol usullar orqali o‘quvchilarning bilim olish, amaliyotga tatbiq etish va muammolarni hal qilish ko‘nikmalarini rivojlantirish imkoniyatlari ko‘rsatib beriladi. Shuningdek, kompetensiyaviy yondashuv asosida fizika ta’limining samaradorligini oshirishning nazariy va amaliy asoslari yoritiladi.

164-168 1 0
TALABALARNI AXLOQIY-ESTETIK TARBIYALASH JARAYONINING PEDAGOGIK TAMOYILLARI
Turkmenov Farrux Nuritdinovich

Ushbu maqolada axloqiy-estetik tarbiyalash jarayonining pedagogik tamoyillari orqali talabalarda umuminsoniy tarbiyaning tarkibiy qismlari hisoblangan aqliy, jismoniy, ma’naviy-axloqiy, estetik, vatanparvarlik kabi tarbiya turlariga xos ijobiy fazilatlar, ularni shakllantirish hamda amalga oshirilishi uchun  muhim ahamiyatga ega bo‘lgan ta’lim jarayonlari haqida fikr yuritilgan.

255-259 2 0
TRANSFORMATSION TA’LIM: TEXNOLOGIK ASOSDAGI INNOVATSION YONDASHUVLAR
A.Matkarimov

Innovatsion pedagogik texnologiyalar va zamonaviy o‘quv muhitlari ta’lim jarayonini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqishda muhim ahamiyatga ega. Ushbu maqola texnologik ta’lim kontekstida zamonaviy pedagogik yondashuvlar, interaktiv o‘quv muhitlari va raqamli texnologiyalarning integratsiyasini tahlil qiladi. Maqolada virtual reallik, sun’iy intellekt va gamifikatsiya kabi vositalarning ta’lim samaradorligini oshirishdagi o‘rni ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, zamonaviy o‘quv muhitlarining afzalliklari, ulardagi muammolar va kelajakdagi rivojlanish istiqbollari muhokama qilinadi. Maqola ta’lim sohasidagi mutaxassislar, o‘qituvchilar va tadqiqotchilar uchun foydali manba sifatida xizmat qiladi.

338-344 4 0
ELEKTR CHEKLAMLARINI MODELLASH VA TAHLIL OLISH UCHUN SIMULYATORLAR: Qiyosiy tahlil VA QO`LLANILISh SOHALARI.
Фозилжонов Хожиакбар, Азизова Сайёра

Maqolada analog va raqamli qurilmalarni loyihalash, tahlil qilish va sinovdan o'tkazish uchun mo'ljallangan elektr zanjirlarining eng mashhur dasturiy ta'minoti (oflayn) simulyatorlari muhokama qilinadi. LTspice, NI Multisim, PSpice, Proteus, TINA-TI va QUCS kabi vositalarning funksional xususiyatlari tahlil qilingan. Ularning afzalliklari, cheklovlari va muhandislik amaliyotida va texnik ta'limda qo'llash sohalari qayd etilgan. Foydalanuvchining vazifalariga qarab ma'lum bir simulyatorni tanlashning maqsadga muvofiqligi to'g'risida xulosa chiqariladi.

430-434 2 0
UMUMIY O‘RTA TA’LIM MAKTABLARINING TA’LIM VA TARBIYA JARAYONIDA RAQAMLI O‘QUV VOSITALARDAN FOYDALANISH MUAMMOLARI
Qulmurodov Islombek Elmurot o‘g‘li

Ushbu maqolada umumiy o‘rta ta’lim maktablarining ta’lim va tarbiya jarayonida  raqamli o‘quv vositalarni joriy etishga oid olimlarning ishlarini tahlili keltirilgan. Shuningdek, umumiy o‘rta ta’lim maktablarining ta’lim va tarbiya jarayonida  raqamli o‘quv vositalardan foydalanish muammolari, ularning bartaraf etishga doir taklif va tavsiyalar berib o‘tilgan.

510-515 4 0
TA’LIM SIFATINI OSHIRISHDA TALABALARNING SALOHIYATI
Akmalova Aziza Najmiddinovna

Maqolada ta’limning rivojlanishi  muhokama qilinadi va uning asosiy  tarkibiy qismlari   ko’rsatilgan.  Ushbu maqola talabalarning intellektual salohiyatini oshirish uchun oliy ta’limni raqamlashtirishdan foydalanishning turli usullarini o’rganadi.  Shu bilan birga maqolada  raqamlashtirish sharoitida talabalarning salohiyatini rivojlantitish haqida so'z boradi.

693-697 2 0
OLIY TA’LIM MUASSASASI TALABALARIDA KREATIV SIFATLARI VA IJODIY TAFAKKURINI RIVOJLANTIRUVCHI METOD VA TEXNOLOGIYALAR
Tursunova Shahzoda Baxromovna, Tolibjonova Mushtariy Jahongir qizi

Mazkur maqolada oliy ta’lim muassasalari talabalari ijodiy tafakkuri va reaktiv sifatlarini rivojlantirishga qaratilgan zamonaviy metod va texnologiyalar yoritilgan. Talabalarning ijodkorlik salohiyatini oshirishda interfaol o‘qitish usullari, loyiha asosidagi yondashuv, muammoli vaziyatlar asosida ta’lim berish kabi metodlar tahlil qilingan.Shuningdek, ijodiy fikrlashni shakllantirishda muhit, motivatsiya, shaxsiy yondashuv va o‘quv dasturlarining mosligi kabi omillar muhim o‘rin tutishi ta’kidlangan. Mazkur ish oliy ta’lim tizimida ijodiy fikrlovchi, tashabbuskor va raqobatbardosh kadrlarni tayyorlashda amaliy ahamiyatga ega. Maqolada Oliy oʻquv yurti talabalarida kreativ kompetentlikni rivojlantirishga qaratilgan oʻquv jarayoni mazmuni, kreativlik belgilari, kreativlikni rivojlanish davri va bosqichlari yoritib berilgan. Shuningdek pedagoglarda kreativ faoliyatni tashkil etishga imkon beradigan malakalar guruhi hamda samarali metod va vositalarning ahamiyati yoritib berilgan.

770-775 1 0
PЕDАGОGIK ОLIY TА’LIM TRАNSFОRMАTSIYАSI JАRАYОNLАRIDА TАLАBАLАRNI KRЕАTIV FIKRLАSH KО‘NIKMАLАRINI RIVОJLАNTIRISH
Tursunova Shahzoda Baxromovna, Dedaxanova Binonaoy Ikrom qizi

Mazkur maqolada pеdаgоgik оliy tа’limdа о‘qitishning yаngi yоndаshuvlаrini tаlаb qilаdigаn kо‘plаb qiyinchiliklаrgа duch kеlmоqdа. Аsоsiy yо‘nаlishlаrdаn biri о‘quvchilаrdа krеаtiv fikrlаsh kо‘nikmаlаrini rivоjlаntirishdir. Krеаtiv fikrlаsh kеlаjаkdаgi о‘qituvchilаrgа nаfаqаt yuzаgа kеlаdigаn muаmmоlаrni sаmаrаli hаl qilish, bаlki bilimlаrni chuqurrоq vа bаrqаrоr о‘zlаshtirishgа yоrdаm bеrаdigаn innоvаtsiоn о‘qitish usullаrini jоriy еtish masalasi yoritilgan.

850-855 6 0
LABORATORIYA MASHG'ULOTLARINI O'TKAZISH METODIKASI VA TEXNIKASI
Turdaliyev Ulugbek Valijon.

Mazkur maqolada fizika fanini o‘qitishda laboratoriya mashg‘ulotlarining o‘rni, ularni samarali tashkil etish metodikasi va texnik jihatlari yoritilgan. Unda amaliy tajribalar orqali o‘quvchilarda nazariy bilimlarni mustahkamlash, mustaqil fikrlash va ilmiy tadqiqot ko‘nikmalarini shakllantirishga alohida e’tibor qaratilgan. Shuningdek, zamonaviy o‘quv-laboratoriya jihozlari, STEAM texnologiyalari va raqamli platformalardan foydalanish bo‘yicha tavsiyalar berilgan. Maqolada laboratoriya ishlarini rejalashtirish, xavfsizlik texnikasi, natijalarni tahlil qilish va muammoli vaziyatlarni yechish metodlari ham keng yoritilgan.

933-936 4 0
OLAMNI IDROK ETISHNING SHAKLLANISH BOSQICHLARI.
Sobirova Fotimaxon Baxodir qizi

Ushbu maqolada olamni idrok etishning shakllanish bosqichlarining psixologik, fiziologik hamda falsafiy jihatlari keng o’rganilib, tahlil qilingan. Bu jarayonda bolalarda bo’ladigan o’zgarishlar, yosh jihatidan shakllanish bosqichlari, shakllanish davri mobaynida nimalarga ahamiyat berish kerak ekanligi atroflicha yoritb berilgan.  

586-589 4 0
TEXNOLOGIK TA’LIMDA INKLYUZIV TA’LIMNI TA’MINLASH YO’LLARI
Muxitdinova Jamilaxon Ruslanovna, Karimova Noilaxon Ilxomjon qizi

Maqolada imkoniyati cheklangan bolalarni ta’lim sohasidagi huquqlari, ta’lim olishdagi o’rni hamda ularga berilayotgan e’tibor to’g’risida va ularni jamiyat bilan birga ajralmagan holda ta’lim berish usullari haqida keltirilgan

665-670 3 0
TEXNOLOGIYA DARSLARIDA MAKTAB O‘QUVCHILARINING EKOLOGIK MADANIYATINI SHAKLLANTIRISH.
Uluxanov Ibroxim Tuxtaxo‘jayevich, Tursunov Farxod Ermakbaevich,, Karimova Noilaxon Ilxomjon qizi

Ushbu maqolada umumta’lim maktablari texnologiya fanini o‘qitishda ekologik madaniyatni rivojlantirish, ta’lim-tarbiya berishda ekomuammolarni hal etish masalalari, muammolar echimi, ekotarbiyaninng fanlaroro aloqalar orqali singdirish, atrof-muhit muhofazasi hamda maqsadli ishlab chiqarish ko‘nikmalarini shakillantirishga e’tibor qaratilgan.

28-33 3 0
OLIY TA’LIM TIZIMIDA OPTIKA BO‘LIMINI O‘QITISHDA INTERAKTIV DASTURIY ISHLANMALARDAN FOYDALANISHNING HOZIRGI XOLATI TAHLILI
Qurbonov Maqsudali Sobirali o‘g‘li, Olimova Gulnoza Abdurashid qizi, Xamidov Hayrulla Rasuljon o‘g‘li

Yurtimizda keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda, bu jarayonda barcha soha mutaxassislari, pedagog kadrlar va yoshlar dunyo bo‘ylab oliy ta’lim tizimlari va ishlab chiqarish korxonalarida malaka almashishga borib kelmoqda. Bunday ishlarning maqsadi zamonga mos, bilimli va yetuk ilmli pedagogik kadrlar tayyorlashdir. Rivojlanayotgan davlatlar uchun innovatsion ta’lim texnologiyalari va axborot texnologiyalaridan foydalanish zarurati ortmoqda.

122-127 7 0
ERNEST XEMINGUEY VA ERNEST SETON TOMPSON IJODINI INNOVATSION TA`LIM TEXNALOGIYALARI ASOSIDA O`RGATISH (UMUMIY O`RTA TA`LIM MAKTABLARI ADABIYOT DARSLIKLARI MISOLIDA)
Abdug`aniyeva Xusnida Sanjarbek qizi

Hozirgi kunda ta`lim sifatini oshirish masalasi dolzarb mavzuga aylanmoqda. Buda an`anaviy o`qitish metodlaridan farqli ravishda  raqamli vositalr, interaktive dasturlar, innovatsion texnalogiyalar o`quvchilar ilm olish samaradorligini oshirmoqda. mazkur tezis XX asrning mashhur adiblari – Ernest Xeminguey va Ernest Seton Tompsonning asarlarini umumiy o‘rta ta’lim maktablarida innovatsion texnologiyalar asosida o‘rgatishning samarali yo‘llari yoritiladi

204-207 3 0
HISOBLASH MATEMATIKASINING QISQACHA TARIXI, PREDMETI VA METODI
Soliyeva Gavharoy Yodgorjon qizi, Eshnazarova Marg`ubaxon Yunusaliyevna

Hisoblash matematikasi, Al-Xorazmiy, algoritm, algebra, trigonometrik funksiyalar, matematik jadvallar, sonli metodlar, funksional fazo, operator, teskari masala, to‘g‘ri masala, iteratsion usul, matematik fizika, Gauss metodi, chiziqli algebraik tenglamalar, kompyuter yordamida hisoblash, Ulug‘bek akademiyasi, π soni, tarixiy matematiklar, matematik model, tatbiqiy matematika.

292-298 1 0
BIR O‘LCHOVLI VA FAZOVIY BIRINCHI TARTIBLI AVTOREGRESSIV MODELLARDA NOSTANDART BAHOLASH USULLARI
Mirzayev Toxirjon Saloxetdinovich, O‘ktamaliyev Ikromjon Qahramon o‘g‘li

Ushbu maqolada avtoregressiya modellari uchun eng kichik kvadratlar baholagichlaridan farq qiluvchi alternativ parametr baholovchilari taklif etiladi. Beqaror (yoki kritik) holatlarda, ya’ni xarakteristik tenglama ildizlari birlik aylana ustida joylashgan hollarda, eng kichik kvadratlar baholagichlari odatda murakkab asimptotik taqsimotga ega bo‘ladi. Bunga qarama-qarshi ravishda, taklif etilgan nostandart baholagichlar aksariyat kritik holatlarda oddiyroq asimptotik taqsimotga ega bo‘lishga moyildir.

9 0
TARBIYA FANINI O‘QITISH ORQALI BOLALARDA IQTISODIY KO‘NIKMALARNI SHAKLLANTIRISH USULLARI.
Quchqorova Nargiza Mamajonovna, Yo‘lchiyeva Shaxloxon Obidjon qizi

Ushbu maqolada tarbiya fanini o‘qitish jarayonida o‘quvchilarda iqtisodiy ko‘nikmalarni shakllantirish masalasi yoritilgan. Iqtisodiy tarbiyaning mazmuni, maqsadi hamda o‘quvchilarning iqtisodiy tafakkurini rivojlantirishdagi o‘rni tahlil qilingan. Shuningdek, iqtisodiy bilim va ko‘nikmalarni tarbiya faniga integratsiyalash orqali yoshlarning moliyaviy savodxonligini oshirish, amaliy mashg‘ulotlar yordamida ularni hayotga tayyorlash yo‘llari ko‘rsatib berilgan. Maqolada innovatsion metodlar va interfaol yondashuvlarning samaradorligi asoslab berilgan.

464-468 6 0
O’QUVCHILARNING BILIM VA SALOHIYATINI RIVOJLANTIRISHDA FIZIKA FANIDA VIRTUAL O’YINLARNING QO’LLANILISHI
O’rinboyeva Kumushoy Sultonbek qizi, Usubjonova Durdona Fazliddin qizi

Ushbu maqolada fizika fanini o’qitishda virtual o’yinlarning, xususan, rebus va ,,Formulani to’g’ri topish’’ viktorina o’yinlarining o’quvchilar bilim va salohiyatini rivojlantirishdagi o’rni tahlil qilinadi. Rebuslar – bu rasm, harf va belgilar orqali yashirilgan atama yoki tushunchani topishga asoslangan intelektual o’yin turi bo’lib, fizika fanidagi murakkab tushunchalarni sodda, qiziqarli va esda qolarli shaklda o’zlashtirish imkonini beradi.

4 0
ZAMONAVIY TA’LIMDA DASTURLASH OLIMPIADALARINING AHAMIYATI
Abdumannopov Murodjon Ilxomjon o’g’li, Sobirjonov Xusanboy Soyibjon o’g’li , Rahimjonova Ozoda Oʻtkirjon qizi

Ushbu tadqiqotda dasturlash olimpiadalarining zamonaviy ta'limdagi o‘rni va ahamiyati ko‘rib chiqiladi. Olimpiadalar iqtidorli yoshlarni aniqlash va ularni IT sohasi talablariga tayyorlashda muhim vosita bo‘lib xizmat qiladi. Tadqiqotda algoritmik tafakkur, tanqidiy fikrlash va amaliy ko‘nikmalarni rivojlantirish imkoniyatlari tahlil qilinadi.

727-730 5 0
O‘QUVCHILARNING IJODIY SALOHIYATINI RIVOJLANTIRISHDA PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARNI TAKOMILLASHTIRISH VA INNOVATSION TEXNOLOGIYANI INTEGRATSIYA QILISH
Tursunova Shahzoda Baxromovna, Masalbekova Shoxruzabonu Sanjarbek qizi

Mazkur maqolada ijodiy salohiyatning shakllanishi tug‘ma imkoniyatlar bilan bir qatorda ijtimoiy muhit, ta’lim tizimi, o‘qituvchining metodik yondashuvi va o‘quvchi faoliyati bilan chambarchas bog‘liq. Har bir bola tabiatan qiziqadigan, izlanishga intiladigan, tasavvur qiladigan va o‘ylaydigan mavjudot sifatida dunyoga keladi. Lekin bu tabiiy salohiyatni to‘laqonli shakllantirish va rivojlantirish uchun unga to‘g‘ri yo‘naltirilgan pedagogik ta’sir, qulay shart-sharoit va motivatsion muhit zarur haqida yoritilgan.

812-820 3 0
O‘QUVCHILAR VA O‘QITUVCHI-USTA ISH O‘RNINING FUNDAMENTAL TASHKIL ETILISHI
B.X. Razzoqov

Ushbu  maqolada “Texnologiya” faning amaliy darslarida o‘quvchilarning va ishlab chiqarish ustalarining sifatli ish o‘rinlarini rivojlantirish yo‘llari yoritib berilgan.

885-889 1 0
TEXNOLOGIYA FANIDA FANLARARO INTEGRATSIYALAR VA ULARDAN YANGICHA INTEGRATSIYALASHGAN TA’LIM ASOSIDA YONDOSHISHNING FOYDALANISH USULLARI
A.Matkarimov

Ushbu maqolada texnologiya fanida fanlararo integratsiya yondashuvi orqali ta’lim jarayonini takomillashtirish masalalari yoritilgan. Integratsiyaning mohiyati, tuzilmaviy komponentlari, didaktik ahamiyati va zamonaviy pedagogik texnologiyalar bilan uyg‘unlashuvi tahlil etilgan. Shuningdek, STEAM yondashuvi, fanlararo, mavzulararo va fan ichidagi integratsiya modellarining afzalliklari ko‘rsatib berilgan. Muallif tomonidan ishlab chiqilgan infografik model asosida fanlararo integratsiyaning o‘quv jarayonidagi real tatbiqi namoyon qilingan. Maqola o‘qituvchilar, metodistlar va ta’lim sohasidagi tadqiqotchilar uchun nazariy-amaliy ahamiyatga ega.

623-626 1 0
ALOHIDA TA’LIM EHTIYOJLARI BO‘LGAN BOLALARGA FIZIKA FANINI O‘QITISH
Alijanov Dilmurod A’zamjon o’gʻli

Mazkur maqolada alohida ta’lim ehtiyojlariga ega bo‘lgan o‘quvchilarga fizika fanini o‘qitish jarayoni, bu boradagi maxsus pedagoglarning kasbiy tayyorgarligi va mavjud ilmiy tadqiqotlar asosida ilgari surilgan innovatsion yondashuvlar tahlil qilinadi. Ta’lim jarayonini shaxsga yo‘naltirilgan holda tashkil etish, interaktiv va ko‘rgazmali metodlardan foydalanish, baholashning zamonaviy usullarini joriy etish orqali ta’lim samaradorligini oshirish imkoniyatlari ko‘rib chiqiladi.

72-76 2 0 0
PEDAGOGIK TA’LIM VA TARBIYANING NAZARIY-METODOLOGIK ASOSLARI
Inamov Nozimxon Nasifxonovich

Ushbu maqolada pedagogik ta’lim va tarbiya jarayonining nazariy-metodologik asoslari, ularning o‘zaro bog‘liqligi, zamonaviy yondashuvlar bilan uyg‘unligi yoritilgan.

154-158 4 0
PEDAGOGIK TIZIMDA SO‘FI OLLOYOR ILOHIYOTI NEGIZIDAGI MA’RIFIY QARASHLAR
G`ulomova Nazira Rustamjon qizi

Maqolada So‘fi Olloyor asarlarida keltirilgan ma’rifiy qarashlar o‘rin egallagan. Uning asarlarida turkiy millatga xos ma’naviy-ma’rifiy  g‘oyalarga boy fikrlar hamda pandu nasixatlar o‘rin egallagan va islom diniga yo‘g’rilgan bu asarlar tasavvuf olamiga mansub hisoblanadi. Ayniqsa “Sabot ul-ojizin” asari bunga misol bo‘ladi. Shu bilan birga  So‘fi Olloyor hayoti va ijodi haqida fikr bildirgan tadqiqot ishlari olib borgan tadqiqotchilarning fikr-mulohazalari, yana o‘sha davrda yashab ijod qilgan mumtoz adabiyotchilarning asarlaridagi  adib haqidagi mushohadalar o‘rin egallagan.

244-247 0 0
UCH YILLIK TА’LIM: YUTUQ VА MUАMMOLАR, АYRIM MULOHАZА VА TАKLIFLАR
I.Karimov

Maqolada texnologiya fanini o’qitish va pedagogik amaliyot jarayonlarini takomillashtirishga oid takliflar bildirilgan.

331-334 6 0
UNUMDOR HC MODELLARINING BIRI UCHUN TRANSLYATSION-INVARIANT GIBBS O‘LCHOVLARI
O‘ktamaliyev Ikromjon Qahramon o‘g‘li, Jo‘raxonov Asadillo Hasanboy o‘g‘li , Xo‘jamqulov Ravshanbek Hasanboy o‘g‘li

Ushbu maqolada to`rt holatli unumdor Hard-Core (HC) modelida ixtiyoriy  bo`lgan holdagi Keli daraxtida graf “tayoq” bo`lgan holda translyatsion-invariant Gibbs o`lchovi yagona emasligi isbotlangan.Ushbu maqolada to`rt holatli unumdor Hard-Core (HC) modelida ixtiyoriy  bo`lgan holdagi Keli daraxtida graf “tayoq” bo`lgan holda translyatsion-invariant Gibbs o`lchovi yagona emasligi isbotlangan.

417-424 1 0
BULUT TEXNOLOGIYALARIDAN TA’LIM JARAYONIDA RAQAMLI TA’LIM RESURSI OLARAK FOYDALANISH SAMARALI
Аминов Истам Барноевич, Абдусобирова Махлиё Камариддиновна

Zamonaviy ta'lim texnologiyalaridan foydalanishning dolzarbligi shundaki, zamonaviy raqamli ta'lim muhitida ta'lim darajasi ko'p jihatdan ta'limga faol yondashuvni rivojlantiruvchi turli tamoyillarga asoslangan ushbu ta'lim texnologiyalarini joriy etish samaradorligiga bog'liq. Maqolada raqamli ta’lim resursi sifatida ta’lim jarayonida bulutli xizmatlardan foydalanish samaradorligi muhokama qilinadi.

500-504 1 0
HOFIZ XORAZMIY LIRIKASIDA MA’SHUQ OBRAZINING AXLOQIY-ESTETIK FUNKSIYASI VA DIDAKTIK TALQINI
Kurbanova Shukurjon Yeldashbayevna

Mazkur maqolada Hofiz Xorazmiy lirikasidagi ma’shuq obrazi diniy-falsafiy va axloqiy-estetik nuqtayi nazardan tahlil etib, uning tarbiyaviy-didaktik ahamiyati ochib beriladi hamda obrazning zamonaviy ta’lim jarayonidagi ahamiyatiga e’tibor qaratiladi.

683-688 5 0
YENGIL SANOTDA DIZAY, KOSTYUM VA MODA TARIXINI O‘RGANISHGA OID KOMPETENSIYALAR
Maxmudov М.K.

Bo‘lg‘usi  yengil sanot dizaynerlarining kostyum va moda tarixini o‘rganishga oid kompetensiyalarini rivojlantirish muhitini tashkil etish,  kostyum va moda tarixiga  oid bilim, ko‘nikma va malakalarini takomillashtirish dolzabligi asoslangan. Kostyum va moda tarixini o‘rganishga oid kompetensiyalari umumlashtirib bayon etilgan. Dizaynerlik faoliyati, tarixiy kostyum shakllari va taraqqiy etib borishi haqida fikr yuritigan.

759-763 1 0
DISLEKSIYA BO'LGAN Talabalar UCHUN INGLIZ TILINI O'RGANISHDAGI QIYINCHILIKLAR
Saida Gazieva Turgunovna

Maqolada disleksiyasi bo'lgan talabalar ingliz tilini o'rganishda duch keladigan qiyinchiliklarni ko'rib chiqadi va maxsus o'qitish strategiyalari zarurligini ta'kidlaydi. Unda lingvistik to‘siqlarni yengib o‘tishda psixo-fiziologik omillar, multisensorli yondashuvlar, o‘qituvchi va o‘quvchining hamkorlikdagi o‘zaro ta’siri o‘rni ko‘rsatilgan. Tadqiqot Biton, Farrell va Kormos kabi xalqaro olimlarga murojaat qiladi, ular disleksik o'quvchilar uchun tilni o'zlashtirishni yaxshilash uchun individual usullar, ko'rgazmali qo'llanmalar va kichik guruhlardagi faoliyatni qo'llab-quvvatlaydi.

843-846 3 0
IMKONIYAT ICHEKLANGAN O‘QUVCHILARDA JISMONIY SIFATLARNI TAKOMILLASHTIRISHNING PEDAGOGIK MEXANIZMI
Soyibjanov Botirjon Shavkatbek o‘g‘li

         Mazkur maqola imkoniyatlari cheklangan o‘quvchilarda jismoniy sifatlarni takomillashtirishning pedagogik mexanizmini o‘rganishga bag‘ishlangan. Tadqiqotda jismoniy rivojlanishning samarali pedagogik usullari va metodlari ko‘rib chiqiladi. O‘quvchilarda chidamlilik, kuch, tezlik, va koordinatsiya kabi jismoniy sifatlarni yaxshilashga qaratilgan o‘quv dasturlari va mashg‘ulotlar tizimi tahlil qilinadi. Tadqiqot natijalari, shuningdek, o‘quvchilarning jismoniy va psixologik rivojlanishiga bo‘lgan ta’sirini ko‘rsatadi. Bu ish imkoniyatlari cheklangan o‘quvchilarning jismoniy tarbiyasini yaxshilash uchun pedagogik strategiyalarni ishlab chiqish uchun muhim ahamiyatga ega.

918-922 3 0
FIZIKA FANINI OʻQITISHDA FANLARARO INTEGRATIV OʻQITISH METODIKASI.
Xolboyeva Nargiza Baxodirovna

Ushbu maqolada fizika fanidagi elektr toki mavzisini interaktiv metodlar, masalan, o‘yinlar, muammolarni yechish va muhokama qilish orqali oʻqitilishi, oʻquvchilarning o‘z bilimlarini amaliyotda qo‘llash imkonini beradi. Shuningdek, yangi texnologiyalar yordamida o‘qituvchilar o‘quvchilarga o‘quv jarayonida yanada sifatli ta’lim berish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

579-582 1 0
TEXNOLOGIYA DARSLARI AMALIY MASHG’ULOTLAR JARAYONIDA O’QUVCHILARNING METAKOGNITIV FAOLIYATLARINI ERGONOMIK YONDASHUV ASOSIDA TAKOMILLASHTIRISH.
Ziyamova Gulbaxor Tulabayevna , Arabbekova Muhabbatxon Umidjon qizi

Maqolada zamonaviy ta’limda pedagogik texnologiyaning o’rni, umumta’lim maktablari o’quvchilarining tahliliy va ijodiy fikrlashini rivojlantirishda metakognitiv faoliyatlarni takomillashtirishning ahamiyati ergonomik yondashuv asosida ko’rsatib o’tilgan. Metakognitiv ko'nikmalarni rivojlantirish, o’quvchilarga o'z bilimlarini ko'paytirishga, shuningdek, o'qish strategiyalarini tanlash va o'zgaruvchan sharoitlarda ulardan samarali foydalanishga imkon yaratadi, yangi g‘oyalar yaratishga yordam beradi. Amaliy mashg’ulotlar jarayonida metakognitiv faoliyatlarni takomillashtirish uchun tavsiyalar berilgan.

653-658 2 0
TEXNOLOGIK TA’LIM YO‘NALISHI TALABALARINING RAQAMLI TEXNOLOGIYALARGA OID ERGONOMIK KOMPETENTLIGINI TAKOMILLASHTIRISH
Abdullaev S.X

Texnologik ta’lim yo‘nalishi talabalarining raqamli texnologiyalarga oid ergonomik kompetentligini takomillashtirish muhitini tashkil etishning va hozirgi zamon maktab o‘qituvchisining ergonomik
kompetentligini takomillashtirishda ergonomik bilim, ko‘nikma va malakalarning
dolzabligi asoslangan. Qulay muhitni yaratish shartlarini umumlashtirib, “Kompyuter bilan ishlash ergonomik formulasi”, “Raqamli ta’lim vositalariga qo‘yilgan ergonomik talablar”, “Raqamli ta’lim muhitida erganomik kompetensiyalarni o‘rganish jarayoni modeli” taqdim etilgan.

15-20 6 0
FUR’E QATORI YORDAMIDA BA’ZI BIR SONLI QATORLARNING YIG‘INDISINI TOPISH USULLARI
O‘ktamaliyev Ikromjon Qahramon o‘g‘li, Jo’raxonov Asadillo Hasanboy o’g’li

"Fur'e qatori" matematik tahlil va funktsional analiz sohasida keng qo'llaniladigan, maxsus bir qatorlar bo'lib, uzluksiz yoki diskret funksiyalarni o'zgaruvchilarga qarab ifodalash imkonini beradi. Ularning asosiy xususiyati shundaki, ular yordamida murakkab tizimlar yoki funksiyalarni osonroq tahlil qilish mumkin. Qatorning umumiy shakli odatda trigonometrik funksiyalar (sinus, kosinus) yoki boshqa analitik funksiyalar asosida quriladi. Fur'e qatorlari fizik hodisalarni modellashda, signalni tahlil qilishda va boshqa ko'plab ilmiy sohalarda muhim ahamiyatga ega.

109-115 1 0
YOSH AVLODNING IJODKORLIK QOBILIYATLARINI RIVOJLANTIRISHDA TASVIRIY SAN’ATNING O‘RNI
Boboyeva Zulfiya Akbarjonovna

Ushbu maqolada hozirgi globallashuv jarayonlarida ta’lim tizimida vujudga kelayotgan muammolar, tasviriy san’atning jamiyatning ijtimoiy taraqqiyotidagi o‘rni, hamda o‘quvchilarning ijodkorlik qobiliyatlarini rivojlantirishdagi ahamiyati  haqida so‘z boradi.

193-198 5 0
MAKTAB O`QUVCHILARIDA STEAM-TA’LIM TEXNOLOGIYASI ORQALI TADQIQOTCHILIK KO`NIKMALARINI RIVOJLANTIRISH
N.A.Abdullayeva , Sh.Tojiboyeva

mazkur tezisda O‘zbekistonda XXI asr talablari asosida ta’lim tizimining modernizatsiyasi jarayonida STEAM-ta’limini joriy etish bo‘yicha olib borilayotgan islohotlar tahlil qilinadi. STEAM yondashuvi fanlararo integratsiyaga asoslangan bo‘lib, ilm, texnologiya, muhandislik, san’at va matematika yo‘nalishlarini birlashtiradi. Tadqiqotda bu yondashuvning o‘quvchilarda tanqidiy fikrlash, tadqiqot olib borish va ijodkorlik ko‘nikmalarini rivojlantirishdagi o‘rni ko‘rsatib beriladi.

285-289 1 0
TEXNOLOGIYA FANIDAN AMALIY MASHG’ULOTLARNI TASHKIL ETISH HAMDA SAMARADOLIGINI OSHIRISHDA GRAFIK ORGANAYZER TEXNOLOGIYASIDAN FOYDALANISH
Xudayqulov Shavkatbek Soyibjanovich , Olimova Durdona Tursunboy qizi

Maqolada zamonaviy ta’limda pedagogik texnologiyaning o’rni, talabalarning tahliliy va ijodiy fikrlashini rivojlantirishda interaktiv usullarning ahamiyati ko’rsatib o’tilgan. Maqolada fanlarni o’zlashtirish, ko’nikmalar, kasbiy mahoratni oshirish hamda o’tilgan mavzuni mustahkamlashda grafikli organayzer texnologiyasidan foydalanish yo’nalishlari tavsiya etilgan.

366-372 6 1
OLIY TA'LIM TIZIMIDA MATEMATIKA O'QITISHDA O'RTA ARIFMETIK USULNI MONITORING.
Kаlimbеtov Kamal Ilalovich, Yerejepova Gulayim Bazarbay kızı, Аrаlbаеvа Aziza Azatovna

Ushbu maqolada o'qituvchilarning bilim darajasini oshirish uchun keng qamrovli bilim tizimini yaratishda o'rtacha arifmetik metodga asoslangan qaror qabul qilish masalalarini hal qilish usullari ko'rib chiqiladi. Ushbu maqolaning maqsadi innovatsion o'qitish usullarini tatbiq etishda bilim sifatini baholashda loyqa arifmetik o'rtacha usuliga asoslangan reytinglarni baholashning yanada moslashuvchan metodologiyasini ishlab chiqishdan iborat.

454-458 2 0
OLIY TA'LIM MUASSASALARIDA PEDAGOGNING "MATERIALSHUNOSLIK" FANINI KREATIV O‘QITISHDA RAQAMLI TEXNOLOGIYALARNI FOYDALANISH MAHORATI
J.Q.Davletmuratov

Zamonaviy ta'lim tizimida raqamli texnologiyalar ta'lim sifatini oshirish, pedagoglar va talabalarining faol hamkorligini ta'minlash, shu bilan birga, ijodiy o‘qitish usullarini joriy etishda muhim vositaga aylanmoqda. Ushbu maqolada texnik fanlar qatoridagi "Materialshunoslik" fanini kreativ tarzda o‘qitishda raqamli texnologiyalardan samarali foydalanish imkoniyatlari, pedagogning kasbiy mahorati va ta'lim jarayonidagi innovatsion yondashuvlar tahlil qilinadi.

535-540 2 0
SUN’IY INTELLEKT YORDAMIDA MATEMATIKA FANINI O’QITISHNING TAHLILI: XORIJIY VA MAHALLIY TAJRIBALAR MISOLIDA
Rustamov Otabek Ulug’bek o’g’li

Ushbu maqolada sun’iy intellekt texnologiyalarining matematika ta’limida qo‘llanilishi tahlil qilinadi. Xorijiy va mahalliy tadqiqotlar asosida sun’iy intellekt vositalarining o‘quvchilarning o‘zlashtirish ko‘rsatkichlari, motivatsiyasi va individual yondashuvga ta’siri o‘rganilgan. Tadqiqot natijalari sun’iy intellekt asosidagi o‘quv platformalar va tizimlar o‘quv jarayonini samarali tashkil etishda muhim rol o‘ynayotganini ko‘rsatmoqda. Shu bilan birga, texnik va metodik muammolar, o‘qituvchilarning malaka darajasi kabi omillar ham muhokama qilingan. Maqola ta’limda sun’iy intellektni joriy etishning ilmiy asoslarini belgilashga xizmat qiladi.

718-720 1 0
DISKURSIV YONDASHUV - ONA TILI TA’LIMIDA MULOQOT KO‘NIKMALARINI RIVOJLANTIRISH ASOSI SIFATIDA
Boymaxmatova Dilnoza Do‘smat qizi

Ushbu maqolada bugungi kunda ona tili ta’limida diskursiv yondashuv asosida o‘quvchilarning muloqotini rivojlantirishga qaratilgan topshiriqlar yuzasidan tavsiyalar berilgan. Hamda o‘tkazilgan tajriba-sinov natijalaridan namunalar keltirib o‘tilgan.

800-805 1 0
BADIIY MATN VOSITASIDA O‘QITISH: MAXSUS PEDAGOGIK KOMPETENSIYALARNI SHAKLLANTIRISHDAGI ILMIY-AMALIY YONDASHUV
Dadamirzayeva Barnoxon Otamirza qizi

shbu maqola maxsus pedagogik kompetensiyalarni shakllantirishda badiiy matn vositasida o‘qitish metodining rolini tahlil qiladi. Darsda real ma’noda badiiy matnlardan foydalanish orqali nazariy va amaliy bilimlar uyg‘unlashadi. Usullarda nazariy tahlil va mazmuniy struktural yondashuv tasvirlanadi. Natijalar, bu metod orqali talabalarda mustaqil fikrlash, ijodkorlik va hamkorlikning qanday mustahkamlanishi ko‘rsatiladi. Muhokamada ilmiy-amaliy ahamiyati, cheklovlari va keyingi tadqiqot yo‘nalishlari muhokama qilinadi.

877-881 4 0
MAKTAB FIZIKA KURSINI O‘QITISHDA EKOLOGIK TARBIYANI SHAKLLANTIRISHNING PEDAGOGIK ASOSLARI
Karimov Abdurahmonjon Ma’rufjon oʻgʻli, Zaxidov Ibroximjon Obidjonovich, Tursunboyeva Mohira Usmonjon qizi

Mamlakatimizda inson, uning har tomonlama kamol topishi va uning farovonligi, ta’lim sifati va samaradorligini yangi bosqichga  olib chiqish borasidagi izchil islohotlar natijasida umumiy о‘rta ta’lim maktablari о‘quv jarayonida о‘quvchilar ekologik tarbiyasini shakllantirish va  rivojlantirish g‘oyasini keng tatbiq etish imkoniyatlari oshirilmoqda. Shuningdek, dunyoda ekologik barqarorlikni saqlash, ekologik xavf-xatarlarni oldini olish, atrof-muhitni asrash va avaylash, unga ongli munosabatda boʻlish va bu jarayonlarda yosh avlodning oʻrni katta ahamiyatga ega. Shuning uchun ham barcha fanlar kabi fizikani о‘qitishda о‘quvchilarning ekologik tarbiyasini rivojlantirish orqali yanada  kengaytirish zarurati mavjud.

614-617 1 0
IXTISOSLASHGAN MAKTABLARDA YADRO FIZIKASI BO‘LIMINI O‘QITISH METODIKASINI TAKOMILLASHTIRISHDA INNOVATSION YONDOSHUVLAR
Yusupov Dilmurod Abdurashidovich, Xusenova Mahliyo Muxammadjon qizi

Ushbu ishda aniq fanlarga ixtisoslashgan maktablarda yadro fizikasi mavzularini texnologik yutuqlar bilan boyitilib, namoyishli tarzda o‘qitilishi o‘quvchi dunyoqarashini zamonga mos xolda shakllanishiga yordam berishi asoslab berilgan.

57-63 2 0
BOSHLANG’ICH SINFLARDA TENGLAMALAR YECHISH MAVZUSIDA 5 E MODELIDAN FOYDALANISH.
Mansurova Umida Mansur qizi

Ushbu ishda  boshlang’ich sinf o’quvchilarida tenglamalar yechish mavzusiga doir bilimlarni shakllantirish,5 E modelidan foydalanish orqali o’quvchilarda kreativ fikrlash masalasi tadqiq qilindi.

147-150 4 1
OLIY VA KASB-XUNAR TA’LIM MUASSASASI КУТУБХОНА XODIMLARINI AXBOROT-KOMMUNIKATSIYA ТЕХНОЛОГИЯ KOMPETENTLIGINI SHAKLLANTIRISH.
Abdurashid Olimov Farxodovich

Maqolada Oliy va kasb-xunar ta’lim muassasasi axborot resurs markazi xodimlarini axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini bugungi kun talabiga mofiq  qo’llay olish va malakalarini muntazam oshirib borishlari xamda ARMdagi avtomatlashtirilga dastur platformasida ishlay olish va kerakli ma’lumotlarni olib foydalanishlari ko’zda tutulgan.

228-231 1 0
HISOBLASH USULLARI FANINING RIVOJLANISH TARIXI VA NAZARIY ASOSLARI
Soliyeva Gavharoy Yodgorjon qizi

Hisoblash matematikasi qadimiy sivilizatsiyalardan boshlab amaliy ehtiyojlar asosida shakllangan va matematik jadvallar, tenglamalar yechimi hamda sonli metodlar yordamida rivojlangan. Muhammad ibn Muso Al-Xorazmiy algoritmlar va algebra asoschisi sifatida katta rol o‘ynagan. Samarqanddagi Ulug‘bek akademiyasi hisoblash markazi sifatida tanilgan. Zamonaviy hisoblash matematikasi murakkab matematik masalalarni samarali yechish, tejamkor va oqilona algoritmlarni yaratish bilan shug‘ullanadi. Bu soha klassik matematik metodlarga muqobil ravishda, ko‘p hollarda kompyuter yordamida tatbiq qilinadigan hisoblash metodlarini ishlab chiqishga qaratilgan.

322-326 5 0
INNOVATSION METODLAR ORQALI MATEMATIKA DARSINING SAMARADORLIGINI OSHIRISH
Maxsudova Shohsanam Muzaffarxo’jayevna

Bu maqolada matematika darslarining samaradorligini oshirishda innovatsion pedagogik metodlarning ahamiyati tahlil qilingan. Tadqiqotda klaster, “aqliy hujum”, teskari dars, raqamli platformalardan foydalanish kabi metodlar orqali o‘quvchilarning darsga bo‘lgan qiziqishini oshirish, ularni mustaqil fikrlashga undash, bilimlarni chuqurroq o‘zlashtirishga erishish yo‘llari ko‘rsatib berilgan. Tajriba-sinov va kuzatuv metodlari asosida o‘tkazilgan darslar natijalari innovatsion yondashuvlarning ta’lim sifati va samaradorligiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishini tasdiqlaydi. Xulosa sifatida, innovatsion metodlarni oqilona tanlash va qo‘llash o‘qituvchi mahorati hamda o‘quvchilarning faol ishtirokini talab qilishi ta’kidlangan.

407-410 6 0
RAQAMLASHTIRILGAN TA’LIM RESURSLARIDAN «TEXNOLOGIYA» FANI DARSLARIDA FOYDALANISHNING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI
Tursunova Shahzoda Baxromovna, Hakimova Xushro’y Bahodir qizi

Ushbu maqolada talabalarda hayotiy ko‘nikmalarni rivojlantirish, ayniqsa, yoshlarni zamonaviy texnologiyalar bilan tanishtirish orqali ularning kasbiy tayyorgarliklarini rivojlantirish asosida jahon mehnat bozori talablariga javob beradigan kadrlarni yetishtirib chiqarish ta’lim tizimining asosiy maqsadi haqida yoritilgan.

488-495 1 0
MAKTABGACHA TA’LIM TARBIYALANUVCHILARINING IJODKORLIK KO‘NIKMASINI SHAKLLANTIRILISHNING ZARURATI VA AHAMIYATI
To‘xliboyeva Zuxra Abdumutal qizi

Mazkur maqolada maktabgacha yoshdagi bolalarda ijodkorlik ko‘nikmasini shakllantirishning ahamiyati, yo‘llari, usullar hamda pedagogik asoslari  tahlil qilinadi. Shuningdek, ijodkorlikning bolalar tafakkuri, tasavvuri va shaxsiy rivojlanishidagi o‘rni ochib berilgan.

675-678 1 1
BOSHLANG`ICH SINF O`QUVCHILARINING INGLIZ TILIDAGI TINGLAB TUSHUNISH KO`NIKMALARINI AUDIOERTAK MATERIALLARI ORQALI SHAKLLANTIRISH TEXNOLOGIYASI.
Begmuradov Jasurbek

Mazkur tezisda boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining ingliz tilidagi tinglab tushunish ko‘nikmalarini audioertak materiallari orqali shakllantirish texnologiyasi yoritilgan. Tadqiqotda audioertaklarning didaktik ahamiyati, ularning o‘quvchilarning yosh va psixologik xususiyatlariga mosligi, shuningdek, tinglab tushunish ko‘nikmalarini rivojlantirishdagi samaradorligi tahlil qilingan. Dars jarayonida pre-listening, while-listening va post-listening bosqichlarining metodik jihatlari ko‘rib chiqilib, multimedai yondashuvlar, vizual materiallar va dramatizatsiya vositalarining qo‘llanilishi orqali o‘quvchilarning eshitish, talaffuz va og‘zaki nutq ko‘nikmalarini rivojlantirish yo‘llari ko‘rsatilgan. Shuningdek, audioertaklar yordamida o‘quvchilarning tilga nisbatan ijobiy munosabatini shakllantirish va motivatsiyasini oshirish imkoniyatlari ham muhokama qilingan.

751-754 1 0
MUHAMMADSHARIF SO‘FIZODANING TA’LIMGA QO‘SHGAN HISSASI
Ergashev Jaxongir Abdurasul o‘g‘li

Ushbu maqolada Muhammadsharif So‘fizodaning hayot yo‘li va ta’lim sohasiga qo‘shgan hissasi yoritilgan.

836-838 2 0
TA'LIM JARAYONIDA FAOLLASHTIRUVCHI VA JADALLASHTIRUVCHI PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARNING AHAMIYATINI O‘RGANISH
Mominova Muhayyo , Gulhayo Erkinjanova Xoshimjon qizi

Ushbu maqolada oliy ta’limda faollashtiruvchi va jadallashtiruvchi pedagogik texnologiyalarning o‘rni va samaradorligi tahlil qilingan. Tadqiqot interfaol metodlarning talaba bilimiga ta’sirini nazariy va empirik usullar asosida o‘rgangan. Natijalar bu texnologiyalar ta’limni faollashtirib, talabalarni fikrlash, muloqot va hamkorlikka undashini ko‘rsatdi. Shuningdek, texnologiyalarni to‘g‘ri tanlash va moslashtirish zarurligi asoslangan hamda pedagogik amaliyot uchun tavsiyalar berilgan.

907-911 6 3
ILMIY-TADQIQOT METODLARIDAN PEDAGOGIKA FANIDA FOYDALANISH
Xusayinova Go‘zal Abdurasulovna

Ushbu maqolada pedagogika fanining ilmiy-tadqiqot metodlari haqida so'z yuritiladi. Maqola pedagogika sohasidagi ilmiy-tadqiqot metodlarini o'rganishga qaratilgan bo'lib, bu metodlarning ta'lim va tarbiya sifatini oshirish, o'quvchilarni chuqur bilimlar bilan ta'minlashga yordam berishini ko'rsatadi.

646-649 1 0
TA’LIMDA “TO‘RTTA K” MODEL ASOSIDA O‘QUVCHINI SHAXS SIFATIDA SHAKLLANTIRISH TEXNOLOGIYASI
Ibragimov Xolboy Ibragimovich

Maqolada umumta’lim maktablari o‘quvchilarida “To‘rtta K” modeli asosida kompetensiyalarni rivojlantirish ularning shaxs sifatida shakllanishida samarali ta’sir ko‘rsatishi asoslangan. Shuningdek, “To‘rtta K” modelga asoslangan o‘qitishning o‘ziga xos jihatlari keltirilgan.

3 1 0
ZAMONAVIY PEDAGOGNING INNOVATSION TEXNOLOGIYALARNI SAMARALI QO‘LLASHDAGI KOMPETENSIYASI.
Xusayinova Go’zal Abdurasulovna, Ummataliyeva Muhlisa Karimjon qizi

Mazkur maqola zamonaviy pedagoglarning innovatsion texnologiyalarni ta'lim jarayonida samarali qo‘llash qobiliyatini tahlil qiladi. Texnologik taraqqiyot davomida o‘qituvchilar uchun ta'lim va o‘rganish jarayonlarini takomillashtirishga qaratilgan keng qamrovli vositalar va imkoniyatlar mavjud bo‘lib, ular o‘quv jarayonining sifatini oshirishga xizmat qiladi. Maqolada turli innovatsion texnologiyalar, jumladan, o'yinlashtirish (gamification), mobil o‘qitish, sun'iy intellekt, virtual o‘quv muhitlari, ma'lumotlarni vizualizatsiya qilish kabi usullar muhokama qilinadi. Ushbu texnologiyalarni qo‘llash orqali shaxsiylashtirilgan va talabalarga yo‘naltirilgan ta'lim muhitini yaratish imkoniyatlari ko‘rsatilgan. Shuningdek, maqolada innovatsion texnologiyalarni pedagogik amaliyotda muvaffaqiyatli joriy etish uchun doimiy kasbiy rivojlanish, ma'lumotlarga asoslangan qarorlar qabul qilish, raqamli fuqarolik ta'limi va axloqiy masalalarning muhimligi ta'kidlanadi. Yangi texnologiyalarni pedagogik jarayonga samarali tatbiq etish uchun o‘qituvchilarning o‘z amaliyotini tahlil qilishi, shuningdek, doimiy ravishda o‘z bilim va ko‘nikmalarini yangilab borishi zarurligi ilmiy jihatdan asoslanadi.

96-102 1 0
BO‘LAJAK BOSHLANG‘ICH SINF O‘QITUVCHILARINING ILMIY-IJODIY FAOLIYATINI TAKOMILLASHTIRISH
Mansurova Nilufar Muxtimovna

Ushbu maqolada bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchisining ijodiy va ilmiy faoliyatini takomillashtirishga oid muammolar ko‘rib chiqilgan. Shu ma’lumotlar asosida tahlil etilgan. Shuningdek, maqolada bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining  ijodiy va ilmiy faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha shakllantiruvchi metod ham olimlarning asosli qarashlari, nazariyalari tahlillari ham ko‘rib chiqilgan. Ijodiy yondashuv tushunchasiga muallif tomonidan izoh berib o‘tilgan hamda ushbu mavzu pedagogik va psixologik tomonlama tahlil etilgan. Maqolaning saviyasi shu mavzuda xorijlik va mahalliy olimlarning tadqiqot ishlari ham yoritilgani bilan belgilanadi.

181-187 3 1
GLOBALLASHUV JARAYONIDA PEDAGOGIK KOMPETENSIYALARNI RIVOJLANTIRISH
Sobirjonova Zilola Rustamjon qizi

Mazkur maqolada globallashuv jarayonining ta’lim sohasiga ta’siri hamda pedagogik kompetensiyalarni shakllantirish va rivojlantirish zarurati yoritiladi. Globallashuv natijasida yuzaga kelayotgan ijtimoiy, iqtisodiy va texnologik o‘zgarishlar pedagogik faoliyatda yangi yondashuvlarni talab qilmoqda. Shuningdek, zamonaviy pedagogdan faqatgina bilim beruvchi emas, balki raqamli savodxon, madaniylararo muloqotga qodir, innovatsion fikrlovchi mutaxassis bo‘lishi kutiladi. Maqolada pedagogik kompetensiyalarni rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari, xalqaro tajribalar, shuningdek, O‘zbekiston ta’lim tizimidagi mavjud muammolar va ularni bartaraf etish yo‘llari tahlil qilinadi. Tadqiqot natijalari zamonaviy pedagogik kompetensiyalarni shakllantirishda tizimli yondashuv zarurligini asoslaydi. Hozirgi vaqtda milliy ta’lim tizimi modernizatsiya qilinmoqda va uni qayta tashkil etishning asosiy yo‘nalishlari belgilanmoqda: ta’limning global raqobatbardoshligini ta’minlash, uning zamonaviy ijtimoiy va jahon tendentsiyalariga muvofiqligi, barkamol va ijtimoiy mas’uliyatli shaxsni tarbiyalash. Shu munosabat bilan o‘qituvchining modeli yuqori darajadagi mas’uliyat, kompetensiya, muloqot moslashuvchanligi, ijtimoiy ahamiyatga ega qadriyatlar va ijtimoiy ongning axloqiy me’yorlari bo‘yicha mutaxassis sifatida o‘zgartirilmoqda.

274-280 1 0
FIZIKANI INTEGRATIV O‘QITISH ORQALI O‘QUVCHILARNING ILMIY DUNYOQARASHINI RIVOJLANTIRISH: MUAMMOLAR VA YECHIMLAR
Alijanov Dilmurod A’zamjon o’gʻli

Ushbu maqolada O‘zbekiston ta’lim tizimidagi islohotlar kontekstida umumta’lim maktablarida fizika fanini integrativ o‘qitish orqali o‘quvchilarning ilmiy dunyoqarashini rivojlantirishning dolzarb masalalari muhokama qilinadi. Fizikaning boshqa tabiiy, aniq va gumanitar fanlar bilan integratsiyasining o‘quvchilarning nazariy bilimlarni amaliyotga tatbiq etish, kompleks muammolarni hal qilish va ilmiy tafakkurini shakllantirishdagi o‘rni tahlil qilinadi. Maqolada fanlararo integratsiyani amalga oshirishning zamonaviy yondashuvlari, jumladan, loyiha asosidagi ta’lim, muammoli vaziyatlarni modellashtirish va amaliy tadqiqotlar o‘tkazishning metodik jihatlari ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, integrativ ta’limni joriy etishdagi mavjud muammolar va ularning O‘zbekiston ta’lim siyosati talablaridan kelib chiqqan holdagi yechimlari taklif etiladi. Xulosa qilinishicha, fizika fanini integrativ tarzda o‘qitish o‘quvchilarda keng qamrovli, tizimli bilimlarni shakllantirish, tahliliy va tanqidiy fikrlash qobiliyatini rivojlantirish hamda ularni innovatsion iqtisodiyot talablariga javob beradigan mutaxassis sifatida tayyorlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

356-361 3 0
INGLIZ TILINI ERTA O'RGANISHDA OILALARNING TA'SIRI.
Xojiyeva Shaxlo Mansur qizi, Gaziyeva. S

Ingliz tilini erta o'zlashtirishga oilaning ishtiroki sezilarli darajada ta'sir qiladi, chunki ota-onalar va tarbiyachilar bolaning lingvistik rivojlanishini shakllantirishda hal qiluvchi rol o'ynaydi. Ushbu tadqiqot hikoyalar, interaktiv suhbatlar va ingliz ommaviy axborot vositalariga ta'sir qilish kabi turli xil tadbirlar orqali bolalarning ingliz tilini o'rganishda ota-onalar ishtirokining ta'sirini o'rganadi. Tadqiqot shuni ko'rsatadiki, qo'llab-quvvatlovchi uy muhiti so'z boyligini, talaffuzni va umumiy tilni bilish darajasini oshiradi. Bundan tashqari, tadqiqot ota-onalar duch keladigan muammolarni, jumladan, cheklangan til bilimlari va ta'lim resurslarining etishmasligini o'rganadi, shuningdek, oila ishtirokini kuchaytirish uchun samarali strategiyalarni taklif qiladi. Natijalar shuni ko'rsatadiki, ota-onalarning faol ishtiroki tilni yanada tabiiy va ishonchli o'zlashtirish jarayoniga yordam beradi va oilada ingliz tilini erta o'rganish muhimligini kuchaytiradi.

446-449 6 0
O'ZBEKISTON TA'LIM TIZIMINING PEDAGOGIK INNOVATSIYALAR VA MODERNIZASYoTI GLOBALLASHTIRISH SHART.
Валиева М.А.

Ushbu maqola O'zbekistonda innovatsion ta'limning integratsiyasini o'rganadi. Hozirgi yutuqlar va to'siqlar ta'kidlangan. Maqolada pedagogik o'zgarishlarning ta'siri tahlil qilinadi va ushbu jarayon bilan bog'liq potentsial xavf va imkoniyatlar ko'rib chiqiladi.

524-529 1 0
PROFESSIONAL TA’LIMDA MUAMMOLI TA’LIMNI QO‘LLASH
Axadova Gulnoza Said qizi,

Professional ta’lim muassasalarida muammoli ta'limni amalga oshirish sanoat talablariga muvofiq talabalarning malakasini oshirishning innovatsion strategiyasidir. Muammoli ta’lim talabalarni o'quv jarayonida faol mavzular sifatida joylashtiradi, tanqidiy fikrlash, muammolarni hal qilish va jamoada ishlash ko'nikmalarini rivojlantirishni rag'batlantiradi. To'g'ri yondashuv bilan muammoli ta’lim zamonaviy sanoat dinamikasiga duch keladigan moslashuvchan, malakali va tayyor ishchi kuchini ishlab chiqarishda ustun usulga aylanish imkoniyatiga ega.

709-714 3 0
3000 METRE MASHQOV JARAYONIDA SPORCHILARNI JISMONIY TAYYORLASH
Камалов Аслиддин Нажмидинович

Ushbu maqolada 3000 metrga yugurishda yengil atletikachilarning jismoniy tayyorgarligi ko'rib chiqiladi. Asosiy e’tibor mashg‘ulotlar davomida sportchining jismoniy sifatlarini rivojlantirishni aniqlashga, ya’ni jismoniy sifatlarni aks ettiruvchi maxsus testlardan foydalanishga qaratiladi (100 m, 400 m, 800 m, 1000 m, 3000 m, uzunlikka, tik turib sakrash, uch hatlab sakrash, 2 kg og‘irlikdagi dori to‘plari).

787-791 5 0
FIZIKA YO’NALISHI TALABALARINI KREATIV FIKRLASHLARINI RIVOJLANTIRISH USULLARI
Ismanova Odinaxon To’lqinboevna

Maqolada oliy ta’limning fizika yo’nalishi talabalarida kreativlik xususiyatlarini rivojlantirishda loyihalash faoliyatinining ahamiyati ko’rsatib berilgan. Loyihalash faoliyatining kreativlikni rivojlanishida samaradorlik yuqori bo’lishi uchun yaratilishi kerak bo’lgan pedagogik-psixologik shart sharoitlar va omillar asoslangan. Bundan tashqari qanday loyihalash turidan foydalanilsa fizika yo’nalishi talabalarini kreativlik qobiliyatlarini rivojlantirish samarali natijalar berishi asoslab berilgan. Fizikadan amaliy mashg’ulotlarda, ya’ni masala ishlash darslarida fizikaviy topshiriq va baholashga oid masalalardan foydalanilsa talabada loyiha tuzish ko’nikmasi shakllanishi to’g’risida fikrlar yuritilgan.

867-872 1 0
“MUHANDISLIK GRAFIKASI” YO‘NALISHIDA IQTIDORLI TALABALARNI TANLASH VA ULAR BILAN ISHLASH
Inamidinova Dilarom Kiramidinovna

Ushbu maqola “Muhandislik grafikasi yo‘nalishida iqtidorli talabalarni tanlash va ular bilan ishlash” mavzusiga bag‘ishlangan bo‘lib, maqola “Muhandislik grafikasi” fanining oliy ta’limdagi o‘rni, ahamiyati va o‘ziga xos xususiyatlari hamda talabalarning iqtidorini aniqlashning zamonaviy psixologik-pedagogik yondashuvlari yoritilgan.

570-573 3 2
“MUHANDISLIK GRAFIKASI” YO‘NALISHIDA TALABALARNING IQTIDORINI ANIQLASHNING ZAMONAVIY PSIXOLOGIK-PEDAGOGIK YONDASHUVLARI.
Inamidinova Dilarom Kiramidinovna,

Maqolada “Muhandislik grafikasi” yo‘nalishidagi talabalarning iqtidorini aniqlash bo‘yicha zamonaviy psixologik-pedagogik yondashuvlar ilmiy asoslangan holda tahlil qilingan. Talabalarning grafik kompetensiyalarini rivojlantirishda innovatsion metodlar, psixologik diagnostika va pedagogik monitoring vositalarining samarali integratsiyasi imkoniyatlari ochib berilgan. Natijada muhandislik grafikasi bo‘yicha iqtidorli talabalarni o‘z vaqtida aniqlash va ular bilan individual ishlash uchun amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan. Mazkur ish oliy ta’lim muassasalarida pedagoglar va psixologlar uchun muhim ilmiy-metodik ahamiyatga ega.

602-607 4 0
TEXNOLOGIK TA’LIM TALABALARINI TADQIQOTCHILIK KOMPETENTSYASINI KLASTERLI TA’LIM MUHITIDA SHAKLLANTIRISH
Tursunova Shahzoda Baxromovna

Ushbu maqolada texnologik ta’lim yo’nalishi talabalarining taqiqotchilik kompetentsiyani shakllantirish tizimi pedagogik vositalarini ishlab chiqish, individual yo‘nalishlar va kasbiy faoliyat mazmunini loyihalash kasbiy yo‘nalganlik, tizimlilik, integratsiya, muammoli, modullilik, moslashish tamoyillari asosida amalga oshadi.Tadqiqotchlik kompetentsiyasini shakllantirish jarayonini modellashtirish loyihalash nazariyasiga asoslanadi.

44-5144-51 3 0
AFFIKS QO‘SHIMCHALAR SODDALASHISH VA MURAKKABLASHISH HODISALARI
Kurbanbayev Otabek Xakimbek o‘g‘li, Sidiqov O‘lmas Shermat o‘g‘li

Maqolada o‘zbek tili  qo‘shimchalarning tutgan o‘rni,   soddalashish sathini sintaksis asosida o‘qitish  hamda  uni mazmun jihatdan takomillashtirish, til hodisalarini taqqoslashga o‘rgatishning ilmiy metodik asoslari haqida so‘z yuritilgan.

138-141 0 0
HOZIRGI AXBOROT ASRIDA MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARDA KOGNITIV KO`NIKMALARNI SHAKLLANTIRISHNING PEDAGOGIK MEXANIZMLARI
Alimova Tamina

Maqolada hozirgi axborot asrida maktabgacha yoshdagi bolalarda kognitiv ko‘nikmalarni shakllantirishning pedagogik mexanizmlari psixologik va pedagogik jihatdan talqin qilingan. Shuningdek, maqolada bolalarda bilish jarayonini rivojlantirish bo’yicha kerakli tavsiyalar keltirilgan.

218-222 1 2
TALABALARDA AMALIY KO‘NIKMALAR ASOSIDA LOYIHALASH KOMPETENTSIYALARINI RIVOJLANTIRISH USULLARI
Davronova Muxayyo Usubjonovna

Ushbu maqola talabalarning mustaqil travishda stanoklarda ishlash uchun amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish va loyihalash kompetentsiyalarini rivojlantirish juda muhimdir. Bu jarayonni samarali amalga oshirish usullar va takliflar asosida amalga oshirilishi mumkinligi yoritib berilgan.

312-316 6 0
TA'LIM SIFATINI DIFFERENTIAL YONDOSLASH ORQALI
Muminova Mukhayo Usmanovna,

Ushbu maqola talabalarning turli ehtiyojlariga mos keladigan o'qitish usullarini qanday qilib moslashtirish - biz differentsial yondashuv deb ataydigan narsa - ta'limning yaxshi natijalariga va yanada inklyuziv sinf tajribasiga olib kelishini ko'rib chiqadi. U ushbu yondashuv ortidagi nazariyani o'rganadi, uni qo'llab-quvvatlaydigan tadqiqot ishlarini o'rganadi va uni haqiqiy sinflarda ishlashi uchun amaliy g'oyalar bilan o'rtoqlashadi. U qiyinchiliklardan qochmasa-da, tabaqalashtirilgan o'qitish shunchaki tendentsiya emas, balki bugungi kunda ta'lim sifatini oshirishning muhim strategiyasi ekanligini isbotlaydi.

397-401 0 0
MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTI JARAYONLARIDA AXBOROT-KOMMUNIKATSIYA TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISH
Yo’ldosheva Umida Xusniddin qizi

Mazkur maqolada maktabgacha ta’lim muassasalarida ta’lim jarayonini samarali tashkil etishda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining (AKT) tutgan o‘rni tahlil etilgan. Unda raqamli vositalar yordamida bolalarning bilim olishga bo‘lgan qiziqishini oshirish, ularning kognitiv va kommunikativ ko‘nikmalarini rivojlantirishdagi imkoniyatlar yoritilgan. Shuningdek, pedagoglarning AKTdan foydalanish bo‘yicha malakasini oshirish va dars jarayonlarini zamonaviy vositalar bilan boyitish yo‘llari ko‘rib chiqilgan. Ilmiy maqola natijalari AKT asosida ta’lim sifatini oshirishga xizmat qiladi.

478-482 2 0
METODOLIK FANLAR ORQALI TALABLARDA METODIK TIKLASHNI SHAKLLANTIRISH LOYIHAsi.
Рахимова Гулнора Элёр қизи

Ушбу мaқолaдa лойиҳa усули aсосидa тaлaбaлaрдa фaнлaрaро методик тaфaккурни шaкллaнтиришнинг нaзaрий вa aмaлий aсослaри тaҳлил қилингaн. Зaмонaвий тaълимдa фaнлaрaро ёндaшув вa лойиҳa фaолиятининг интегрaцияси тaлaбaлaрнинг методик компетенциялaрини ривожлaнтиришдa муҳим aҳaмият кaсб этaди. Мaқолaдa ушбу жaрaённинг усулологик aсослaри, aмaлий тaдқиқотлaр вa нормaтив-ҳуқуқий ҳужжaтлaр билaн боғлиқ жиҳaтлaри ёритилгaн.

565-569 1 0
TEXNOLOGIYA DARSLARIDA PARMA TURLARI VA PARMALASH USULLARINI O’RGATISH
Tursunova Shaxzoda Bahramovna, Karimova Noilaxon Ilxomjon qizi

Ushbu maqolada parmalash jarayonining asosiy tarkibiy qismlari parma va drell haqida batafsil ma’lumot berilgan. Parma turlari, ularning konstruksiyaviy farqlari va qo‘llanilish sohalari yoritilgan. Shuningdek, parmaning samarali ishlashi uchun muhim bo‘lgan charxlash burchagining materialga qarab qanday o‘zgarishi tushuntirilgan. Drellarning zamonaviy turlari — mexanik, elektr va akkumulyatorli variantlari haqida fikr yuritilgan. Maqolaning yakuniy qismida parmalashda amal qilinishi shart bo‘lgan texnika xavfsizligi qoidalari bayon etilib, bu ish jarayonida inson salomatligini muhofaza qilish zarurligi ta’kidlangan. Material texnika fanlariga oid darslar, kasb-hunar kollejlari, texnikumlar va amaliy mashg‘ulotlar uchun foydalidir.

742-746 1 0
OʻQUVCHI YOSHLARNI BOʻSH VAQTLARINI SAMARALI TASHKIL ETISHDA “USTOZ-SHOGIRD” AN’ANALARIDAN FOYDALANISH
Sotvoldiyev Elmurodjon Abdumannonovich

Ushbu maqolada oʻquvchilarni boʻsh vaqtlarini samarali tashkil etishda  “Ustoz-shogird” an’analridan foydalanish masallari bayon qilingan.

829-832 0 0
PEDAGOGIK TA’LIM VA TARBIYANI TRANSFORMATSIYA DAVRANIYDA LABORATORIYA DARSLARIDA O‘Z-O‘ZI-TA’LIMNI TASHKIL ETISH METODIKASI.
Мухитдинова Шахло Кодиржон кизи

Zamonaviy pedagogik ta’limni o‘zgartirish sharoitida o‘quvchilarning mustaqilligini, tanqidiy fikrlash va tadqiqotchilik ko‘nikmalarini rivojlantiruvchi ta’lim jarayonini tashkil etishning bunday shakllarining ahamiyati ortib bormoqda. Talabaning o‘quv va ilmiy faoliyatda faol ishtirok etishiga yo‘naltirilgan mustaqil ta’limning laboratoriya shaklini joriy etish bu borada samarali yo‘nalishlardan biridir. Ushbu ishda ushbu yondashuvni oliy pedagogik ta'lim tizimida amalga oshirishning uslubiy va amaliy asoslari ko'rib chiqiladi.

899-901 1 0
ISHLAB CHIQARISH TA’LIMI USTALARINING ATTESTATSIYASINI TASHKIL ETISH
Uralov Sirojiddin Axmadalievich

. Ushbu maqolada kasbiy ta’lim tizimida faoliyat yuritayotgan ishlab chiqarish ta’limi ustalarini attestatsiya jarayonini tashkil qilish va o‘tkazishning mamlakatimizda qabul qilingan me’yoriy – huquqiy hujjatlarga asoslanganligi va xorijiy davlatlarda ushbu jarayonlarni tashkil etishdagi tajribalari batafsil yoritilgan. 

636-639 2 0
AVTOMOBILSOZLIKDA QO‘LLANILADIGAN ROBOTOTEXNIK KOMPLEKSLAR VA ULARNING AHAMIYATI
Ibroximov Maqsadjon Axmedovich

Mexatronika va robototexnika dunyodagi eng zamonaviy va nufuzli mutaxassisliklardan biri bo‘lib, u o‘zida sun’iy intellekt, kibernetika, elektromexanika, elektronika va IT texnologiyalarini o‘z ichiga oladi. Xususan, robototexnikaning avtomobilsozlikdagi o‘rni beqiyos.

85-89 3 0
INTERAKTIV VOSITALAR VA PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALAR INTEGRATSIYASINING METODIK TAMINOTI
Azizova Xilola Egamberganovna, Ozodova Surayyoxon Umirbek qizi, Jumaniyozova Dinora Gʻayrat qizi

Ushbu maqola zamonaviy taʼlim tizimida interaktiv vositalar va pedagogik texnologiyalar integratsiyasining metodik taʼminotini ilmiy-nazariy jihatdan asoslaydi. Tadqiqotlar shuni koʻrsatadiki, taʼlim samaradorligini oshirishda bilimlarni passiv oʻzlashtirishdan koʻra, oʻquvchining faol ishtiroki va mustaqil bilim yaratishi muhim ahamiyat kasb etadi. Bu jarayonda texnologiyalar shunchaki axborot uzatish vositasi emas, balki bilimlarni konstruksiya qilish va tanqidiy fikrlashni rivojlantirishga xizmat qiluvchi “aqlli vositalar” (mindtools) sifatida tahlil etiladi.

169-176 2 1
TALABALARDA MANTIQIY FIKRLASHNI RIVOJLANTIRISHDA EHTIMOLLAR NAZARIYASI FANINING AHAMIYATI
Botirova Mavluda To‘xtasin qizi

Mazkur maqolada ehtimollar nazariyasi fanining talabalarda mantiqiy, tahliliy va tanqidiy fikrlash qobiliyatlarini shakllantirishdagi o‘rni tahlil qilinadi. Ehtimollar bilan bog‘liq matematik hodisalarni o‘rganish orqali talabalar sabab-oqibat bog‘liqliklarini tushunishga, noaniqliklar sharoitida to‘g‘ri qaror qabul qilishga va real hayotdagi muammolarni tahlil qilishga o‘rganadilar. Shuningdek, maqolada zamonaviy pedagogik yondashuvlar orqali ushbu fan vositasida tafakkurni rivojlantirish imkoniyatlari yoritilgan.

260-265 0 0
KRISTАLLАR STRUKTURАLАRINING TАVSIFLАNISHI
Xusanov Axmadjon Jo’rayevich

Umumаn оlgаndа, elеmеntаr uyach egri burchаkli pаrаllеlеpipеd ko’rinishidа tаvsiflаnаdi. Undа jоylаshgаn bаrchа аtоmlаr kristаll elеmеntаr uyachаsining bаzisi dеb yuritilаdi. Elеmеntаr uyachа vа bаzisni qurishning o’zigа хоs qоnuniyatlаri mаvjud, хususаn, uning simmеtriya dаrаjаsi kristаllning ko’pginа?cfkfy? dаstlаb elеktr, mаgnit vа mехаnik хоssаlаrini аniqlаydi. Elеmеntаr uyachа bittа yoki bir nеchа аtоmlаrni o’z ichigа оlishi mumkin. Mаsаlаn ko’pginа mеtаllаrdа, mаsаlаn tеmir, хrоm, mis, kumushdа u bittаdаn аtоmni qаmrаgаn bo’lаdi. Аgаr kristаll bir nеchа kimyoviy elеmеntlаrdаn, mаsаlаn, nаtriy vа хlоrdаn tаshkil tоpgаn bo’lsа, u hоldа elеmеntаr uyachа kаmidа ikki аtоmni: nаtriy vа хlоrni o’z ichigа оlаdi. Shuningеk elеmеntаr uyachаsi bir nеchа vа bir biri bоg’lаngаn mоlеkulаlаr guruhidаn, mаsаlаn muz kristаlli yoki qаtоr mаgnitli mаtеriаllаr, tаshkil tоpgаn bo’lаdi. Bir nеchа ming аtоmlаrdаn tаshkil tоpgаn mоlеkulаdаn ibоrаt  elеmеntаr uyachаli kristаlllаr, mаsаlаn, ko’r mоlеkulаli birikmаlаr, hаm mаvjud.

345-347 1 0
TALABALARNING MOLIYAVIY SAVODXONLIGINI OSHIRISHDA PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARNI QO‘LLASH
Nurmatova Maftuna Ilxamovna

Mazkur maqolada talabalarning moliyaviy savodxonligini oshirishning ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyati, davlat siyosatidagi o‘rni va zamonaviy talablar bilan bog‘liqligi tahlil qilingan. Maqolada talabalik davrida moliyaviy bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lish kelgusidagi iqtisodiy barqarorlik, qaror qabul qilish layoqati hamda raqamli moliya vositalaridan foydalanish madaniyatini shakllantirishda muhim omil ekanligi ta’kidlangan. Shuningdek, oliy ta’lim tizimida moliyaviy savodxonlikni oshirish jarayonida qo‘llaniladigan pedagogik texnologiyalarning yoritilgan.

335-337 1 0
TA’LIMDA INKLYUZIVLIKNI TA’MINLASHDA TEXNOLOGIYALAR O‘RNI
Ubaydullayeva Gulnora Oltinbek qizi

Mazkur maqolada zamonaviy pedagogik texnologiyalar va ularning ta’lim jarayoniga ta’siri tahlil qilinadi. O‘qitishning innovatsion usullari, jumladan, interfaol ta’lim, axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish, STEAM ta’limi, geýmifikatsiya va blended learning kabi metodlar haqida batafsil ma’lumot beriladi. Shuningdek, ta’limda inklyuzivlikni ta’minlashning ahamiyati va uning asosiy yo‘nalishlari yoritiladi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, zamonaviy pedagogik yondashuvlar ta’lim jarayonining samaradorligini oshirish va har bir o‘quvchining ehtiyojlarini qondirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

516-519 1 1
CHET TIL O'QITISHDA LEKSIK KOMPETENSIYANI SHAKLLANTIRISH.
Шабидинова Зера Исметовна

Maqolada chet tilini o'qitishda leksik kompetentsiya tahlil qilinadi. Leksik ko'nikmalarni shakllantirish jarayoni leksik kompetentsiyani shakllantirish bilan chambarchas bog'liq, chunki u o'rganilayotgan til tizimi va normalari haqidagi bilimlarni o'z ichiga oladi, keyinchalik ular amaliyotda va nutqda qo'llaniladi.

698-702 2 0
INTEGRATIV YONDASHUV ORQALI QTTIQ JISIMLAR FIZIKASI VA KIMYOSINI O‘QITISHDA TALABALAR BILIMLARINI CHUQURLASHTIRISH.
Turаxujаyеv Аnvаrxujа Аbbаsxujа o‘g‘li

Ushbu maqolada qattiq jismlar fizikasi va kimyosini o‘qitishda integrativ yondashuvning o‘rni, ahamiyati va samaradorligi ilmiy-nazariy hamda amaliy asosda o‘rganiladi. Ta’lim jarayonida fizik va kimyoviy tushunchalarni o‘zaro bog‘liq holda tushuntirish orqali talabalar bilimining chuqurlashishi, fanlararo tafakkurning shakllanishi va mavzularni yaxlit idrok etish darajasi oshishi mumkinligi asoslab beriladi.


Integrativ yondashuv orqali o‘qitiladigan darslarda nazariy tushunchalar real hayotdagi jarayonlar va amaliyot bilan bog‘lanadi, bu esa talabalar motivatsiyasini oshiradi va o‘quv materialining mustahkam o‘zlashtirilishiga xizmat qiladi. Tadqiqotda mavjud adabiyotlar tahlili, eksperimental mashg‘ulotlar, talaba fikrlari va taqqoslovchi tahlillar orqali integrativ yondashuvning afzalliklari aniqlangan.

776-781 0 0
TEXNOLOGIYA FANI DARSLARIDA O‘QUVCHILARNING IJODIY FAOLIYATINI TASHKIL ETISH
Nargiza Kirgizova Xudayberdiyevna

Mazkur maqolada texnologiya fanini o‘qitishda o‘quvchilarning ijodiy fikrlashini rivojlantirish va ular faoliyatini tashkil etishning samarali usullari yoritilgan. Shuningdek, zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida innovatsion yondashuvlar taklif etiladi.

856-859 1 0
TALABALARNI KASBIY TAYYORLIGINI KOLLABORATIV RIVOJLANTIRISH
M.Sh.Toxirova

Ushbu maqolada talabalarni kasbiy tayyorgarligini kollaborativ ravishda rivojlantirish muhimligi va uning o‘quv jarayonidagi o‘rni haqida so‘z boradi. Maqola, ta’lim jarayonida talabalarni kasbiy malakalarini oshirishda jamoaviy ish va hamkorlikni qanday amalga oshirish mumkinligini o‘rganadi. Shuningdek, zamonaviy ta’lim metodlari, masalan, guruh ishlari, muammolarni hal qilish va tanqidiy fikrlashni rivojlantirish kabi yondoshuvlar orqali talabalar uchun muvaffaqiyatli kasbiy tayyorgarlikni ta’minlashning ahamiyatini ko‘rib chiqadi. Kollaborativ yondoshuvlar orqali talabalar o‘zaro tajriba almashish va o‘z malakalarini mustahkamlash imkoniyatiga ega bo‘ladi. Ushbu maqolada ta’lim va kasbiy rivojlanishning integratsiyalashgan modelining afzalliklari muhokama qilinadi.

937-940 1 1
Barcha nashrlarni ko'rish