Jild 2 № 5 (2025): UNIVERSAL XALQARO ILMIY JURNAL

Jild 2 № 5 (2025): UNIVERSAL XALQARO ILMIY JURNAL
Nashr qilingan: 2025-05-10

Maqolalar

OʻZBEK XALQ CHOLGʻULARI
Kamalov Muhammadali Dilmurodjon o’g’li

Maqolada Oʻzbek xalq cholgʻularining kelib chiqishi, tarixiy rivojlanishi va musiqiy-madaniy hayotdagi oʻrni ilmiy asosda tahlil etiladi. Asosan torli, urilma va puflama cholgʻular guruhiga mansub dutor, rubob, tanbur, doira, karnay, surnay, nay singari an’anaviy asboblarning tuzilishi, ijro texnikasi va amaliy qoʻllanilishi yoritiladi. Maqola san’at yo’nalishida tahsil olayotgan talaba va o’quvchilar, pedagoglar, milliy musiqa sanʼatini o’rganishga qiziquvchilar uchun nazariy va amaliy ahamiyatga ega.

62-65 4 0
GEKTOR PERLYOZNING MUSIQIY TANQIDIY QARASHLARI
Vahobova Arofatxon

Ushbu maqolada fransuz musiqashunosi va tanqidchisi Gektor Perliyozning (1803-1869) Musiqiy tanqidiy qarashlari tahlil etiladi. Perliyoz XIX asr yevropa musiqiy madaniyatining yirik vakili Bo’lib, u kompozitor sifatida ham, musiqiy tanqidchi sifatida ham tarixda chuqur iz qoldirgan. Maqolada uning san’atga, ayniqsa simfonik musiqa va opera janirlariga bo’lgan yondashuvi, boshqa Barstakarlar, jumladan, Gluk, Bethoven va Vagner ijodiga bergan baholari tahlil qilindi

137-140 11 0
KASALLIK TARQATUVCHI HASHAROTLAR
Ibrohimova Iroda Ibrohimjon qizi

Mazkur maqolada kasallik tarqatuvchi hasharotlarning tuzilishi, tarqalishi, odam va hayvonlarda turli xil kasalliklarni tarqatishi haqida ma’lumot keltirilgan

18-20 18 0
O’SIMLIKLARGA ZARAR KELTIRUVCHI ZARARKUNANDA HASHAROTLAR
Rafiqjonova Mohlaroyim Azamjon qizi

Hasharotlar tabiatda keng tarqalgan va turli tuzilishlarga ega organizmlardir. Hozirgi vaqtda 1 milliondan ortiq hasharot turi ma'lum bo‘lib, ular muhitga moslashish darajasiga qarab o‘rganilmoqda. Bu o‘rganish zararkunandalar bilan kurashish va foydali hasharotlarni saqlash imkonini beradi. Markaziy Osiyoda bedaning turli bitlari, xususan, no‘xat biti va xoldor bitining o‘simliklarga zarar yetkazishi aniqlangan. Ushbu matnda bitlarning turli turlari, ular yaratadigan zarar va ularning tarqalish hududlari haqida so‘z boradi

94-97 12 1
XAVFLI O‘SMALARNING PAYDO BO‘LISHIDA RADIATSIYANING TA’SIRI
Nabiyeva Shahrizoda Aʼzamjon qizi;Olimov Maxsudbek Odiljon o‘g‘li;Xakulova Mukaddasxon Shavkatovna

Radiatsiya atrof-muhitda inson salomatligi uchun xavf tugʻdiradigan omillardan biri boʻlib, xavfli oʻsma kasalliklarining paydo boʻlishida muhim rol oʻynaydi. Bu maqolada ionlashtiruvchi radiatsiyaning hujayra darajasidagi taʼsiri, DNK shikastlanishi, mutatsiyalar va oʻsmalarning rivojlanish mexanizmlari tahlil qilinadi. Shuningdek, turli radiatsiya manbalari (tabiiy va sunʼiy), ularning dozasi va taʼsir muddati oʻsmalar riskini oshirishdagi ahamiyati yoritiladi. Tadqiqot maʼlumotlari radiatsion xavfni kamaytirish va profilaktika choralarini ishlab chiqish uchun asos boʻlishi mumkin

170-173 8 3
OʻZBEKISTON HUDUDIDA TARQALGAN TOʻGʻRI QANOTLI HASHAROTLAR TAXLILI
Mo‘ydinova Muhayyo Abdumannobjon qizi

Mazkur tezisda O‘zbekiston hududida va Farg‘ona vodiysida keng tarqalgan to‘g‘ri qanotlilar turkumi haqida batafsil ma’lumot berilgan. Shuningdek, qishloq xo‘jaligi va inson oziq ovqatlarining ma’lum qismini tashkil qilgan dukkakli o’simliklarga ham katta zarar yetkazdi. Ularni oldini olishni ilmiy asoslab berildi.

54-57 15 0
OLIY TA'LIMDA TALABALAR AXBOROT SAVODXONLIGINI TELEMATIKA TEXNOLOGIYALARI ORQALI RIVOJLANTIRISH METODIKASI
Botirov Dildorbek Muzaffar o‘g‘li

Maqolada oliy ta'lim muassasalarida talabalar axborot savodxonligini telematika texnologiyalari (Moodle, Zoom, Google Classroom) yordamida rivojlantirishning nazariy va amaliy jihatlari tadqiq etilgan. Unda axborot savodxonligining pedagogik mohiyati ochib berilib, talabalar tomonidan axborotdan foydalanish madaniyatini shakllantirish uchun ta’lim texnologiyalaridan foydalanish metodikasi ishlab chiqilgan. Olib borilgan pedagogik tajriba natijasida telematika texnologiyalaridan foydalangan holda talabalar axborotni samarali izlash, tanlash, baholash hamda undan maqsadli foydalanish kompetensiyalarini muvaffaqiyatli egallashi mumkinligi aniqlangan. Tadqiqot natijalari asosida metodik tavsiyalar ishlab chiqilgan.

127-131 9 1
О'ZВEКISТОN SHАRОIТIDА UZLUКSIZ ТА'LIM ТIZIMI ОRQАLI YОSHLАRNING MА'NАVIY DUNYОQАRАSHINI RIVОJLАNТIRISH
Ergаshbаyev Shоhbоzbek

Mаqоlаdа О'zbekistоn shаrоitidа uzluksiz tа'lim tizimi оrqаli yоshlаrning mа'nаviy dunyоqаrаshini rivоjlаntirish mаsаlаsi tаhlil qilinаdi. Mаqоlа yоshlаrning mа'nаviy rivоjlаnishidа tа'limning о'rni, uzluksiz tа'limning bаrchа bоsqichlаri оrqаli mа'nаviy qаdriyаtlаrni о'rgаtishning аhаmiyаti hаmdа tа'lim tizimining ijtimоiy vа pedаgоgik jihаtlаri yоritilаdi

7-13 27 4
DON DUKKAKLI EKINLAR ZARARKUNANDALARI
Luqmonova Davlatxon Sodiqjon qizi

Ushbu tezisda, don dukkakli ekinlarga zarar yetkazuvchi asosiy zararkunandalar va ularga qarshi kurashish usullari tahlil qilinadi. Axoli sonini ortib borishi va yildan yilga oziq ovqatga bo‘lgan talablarning ortishiga sabab bo‘lmoqda. Axoliga eng ozuqbob maxsulaotlardan Bug‘doy, arpa va suli juda katta axamiyatga ega

86-89 3 0
SHOLINI EKISH USULLARINI O‘RGANISH BO‘YICHA O‘TKAZILGAN TADQIQOT NATIJALARI
A.N.Xudoyarov, N.A.Mamajonova, Sh.Ibroximova

Respublikamizning  sholi еtishtirish sholichilikka ixtisoslashtirilgan hamda takroriy ekin sifatida sholi ekadigan fermer xo‘jaliklarini aksariyati asosan an’anaviy usulida ya’ni urug‘ni bevosita sepib еtishtirib kelinmoqda. Ba’zi xo‘jaliklarda esa sholi ko‘chat usulda еtishtirilmoqda, bu usul asosan qo‘l kuchida amalga oshirilishi natijasida ortiqcha sarf xarajatlarga, ish unumini pastligi esa ekish muddatlarini cho‘zilib ketishiga olib kelmoqda, shuning uchun xo‘jaliklarda bunday usuldan kam foydalanilib kelmoqda

159-165 10 2
GUIDO D’AREZZO NING NO’TA YOZUVI HAYOTI VA IJODI
Abdumalikov Shukurullo Dilshotbek o’g’li

Mazkur maqolada Yevropa musiqiy madaniyati tarixida muhim o‘rin egallagan Guido d’Arezzo hayoti, ilmiy merosi va nota yozuvi tizimiga qo‘shgan betakror hissasi tahlil etiladi. Muallif Guido d’Arezzo faoliyat yuritgan ijtimoiy-diniy muhit — Pomposo monastiri va Arezzo shahri sharoitida uning musiqiy fikrlari qanday shakllanganini yoritadi. Ayniqsa, uning to‘rt chiziqli nota tizimi, solmizatsiya metodikasi (“ut–re–mi–fa–sol–la”) va “Micrologus” nomli musiqiy risolasining o‘rta asr musiqasiga ta’siri chuqur tahlil qilinadi. Maqolada shuningdek, Guido d’Arezzo tomonidan yaratilgan metodik yondashuvlar orqali musiqa o‘rgatish jarayoni qanday soddalashgani, va bu tizimning keyingi asrlardagi musiqiy pedagogikaga asos bo‘lib xizmat qilgani ilmiy nuqtai nazardan asoslab berilgan. Ushbu maqola musiqa nazariyasi, tarix va pedagogika yo‘nalishlarida tahsil olayotgan talaba va tadqiqotchilar uchun foydali manba bo‘lib xizmat qiladi.

40-47 13 1
FRANS LISTNING SIMFONIK POEMALARI
Kamolova Havoxon

Ushbu maqolada XIX asr oxiri – XX asr boshlarida Markaziy Osiyoda yuzaga kelgan Jadidchilik harakati, uning asosiy g‘oyalari va tarixiy ahamiyati yoritilgan. Ayniqsa, bu harakatning ilg‘or namoyondalari – ulamo, yozuvchi, pedagog va islohotchilarning faoliyati, ularning ilm-ma'rifatga qo‘shgan hissasi tahlil qilinadi. Maqola orqali o‘quvchilar jadidlarning o‘z davrida qilgan ma'rifiy, siyosiy va madaniy xizmatlari haqida keng ma’lumotga ega bo‘ladilar

119-122 6 1
STEAM ORQALI O‘QUVCHILARDA KREATIV VA TANQIDIY FIKRLASHNI RIVOJLANTIRISH
Ne’matova Lolaxon, Ahmedova Mahliyo, Ergasheva Madina;Islomova Muxayyo

Ushbu maqolada STEAM (Science, Technology, Engineering, Arts, and Mathematics) yondashuvining o‘quvchilarda kreativ (ijodiy) va tanqidiy fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirishdagi roli va ahamiyati o‘rganiladi. STEAM ta’limi fan, texnologiya, muhandislik, san’at va matematika fanlarini integratsiyalash orqali o‘quvchilarni real hayotdagi muammolarni hal qilishga yo‘naltiradi. Maqolada STEAM yondashuvi o‘quvchilarni ijodiy yechimlar izlashga, yangi g‘oyalar yaratishga va innovatsion loyihalar ishlab chiqishga undashi ta'kidlanadi.Shuningdek, STEAM ta’limi o‘quvchilarda tanqidiy fikrlash qobiliyatini rivojlantirishda ham muhim ahamiyatga ega ekanligi ko‘rsatiladi. STEAM loyihalari o‘quvchilarni ma’lumotlarni tahlil qilishga, dalillarga asoslangan xulosalar chiqarishga, turli nuqtai nazarlarni ko‘rib chiqishga va oqilona qarorlar qabul qilishga o‘rgatadi. Maqolada STEAM ta’limining kreativ va tanqidiy fikrlashni rivojlantirishga ta’siri bo‘yicha  tadqiqotlar natijalari keltiriladi

75-80 22 1
PARDAQANOTLILAR TURKUMI
Abduhoshimova Muhlisa Murodjon qizi

Parda qanotlilar (Hymenoptera) — hasharotlar orasida eng xilma-xil va keng tarqalgan turkumlardan biri bo‘lib, ular yirtqichlik bilan hayot kechiruvchi boshlang‘ich shakllardan murakkabroq, nektar bilan oziqlanuvchi shakllargacha evolyutsiyalashgan. Ushbu maqolada parda qanotlilarning og‘iz apparatlari tuzilishi, oziqlanish turi, tuxum qo‘yish organlari, rivojlanish bosqichlari va ijtimoiy hayot tarzi kabi muhim biologik xususiyatlari yoritilgan. Ayniqsa, arrakashlar, yaydoqchilar va chumolilar kabi vakillarining ekologik roli, changlatishdagi ahamiyati hamda biologik kurashdagi foydali tomonlari alohida ta’kidlanadi.

151-153 24 2
FARMATSEVTIK PREPARAT O'RNINI BOSUVCHI TABIIY BIRIKMALARNING AVFZALLIKLARI
Abdullayev Sharofiddin Shaxobiddin o’g’li, Adashaliyeva Mushtariybonu Mashrabjon qizi

Mazkur maqolada farmatsevtik preparatlarning o‘rnini bosuvchi tabiiy birikmalarning inson salomatligi uchun ahamiyati, ularning kimyoviy dori vositalariga nisbatan afzalliklari, xavfsizlik darajasi, biologik mosligi va ekologik tozaligi haqida tahliliy ma’lumotlar keltirilgan. Shuningdek, dorivor o‘simliklardan ajratib olingan faol moddalar, ularning terapevtik samaradorligi, zamonaviy farmatsevtikada tutgan o‘rni va klinik qo‘llanilishi yoritilgan. Tadqiqotlar va ilmiy manbalar asosida tabiiy birikmalarning immunitetni mustahkamlash, yallig‘lanishga qarshi, antioksidant va antibakterial xususiyatlari asoslab beriladi. Ushbu maqola sog‘liqni saqlash sohasida alternativ terapiya usullarini izlayotgan mutaxassislar, farmatsevtlar va ilmiy izlanuvchilar uchun foydalidir.

29-35 16 2
ANDIJON VILOYATIDA BIOXILMA XILLIKNI SAQLAB QOLISH MUAMMOLARI
Akmalova Feruzaxon Furqat qizi

Bugungi kunda bioxilma xillikni saqlash va uni muhofaza qilish chora-tadbirlarini ishlab chiqish davlat siyosati darajasiga ko’tarildi. O’zbekiston Respublikasida hozirda tabiiy xududlarni yildan yilga qisarib borayotganligi sababli, Andijon viloyati sharoitida ham mavjud o’simlik va hayvon genofondini saqlab qolish va ularni ko’paytirish masalasi muhim vazifalardan biri bo’lib qolmoqda. Hudud landshafti hozirda to’la o’zlashtirilgan bo’lib, madaniy, adir, tog’ oldi, past tog’lar, tog’ oralig’i botiqlari, adir orti tekisliklari, daryo vodiylari va terrasalarga bo’lingan.

104-108 13 4
JOAKINO ROSSININING OPERA IJODI
Isaqboyeva Rayhona

Ushbu maqola XIX asr opera san`atining yorqin namoyondasi Joakino Rossining opera ijodiga bag`ishlangan. Maqolada uning hayoti, musiqiy uslubi,opera buffa va opera seria janrlaridagi muhim asarlari, shuningdek, uning italyan va jahon opera san`atiga qo`shgan hissasi keng yoritiladi. Rossining ‘’Seviliya sartaroshi’’, ‘’Tankred’’, ‘’Vilgelm Tell’’ kabi mashhur operalari tahlil qilinib, ularning musiqiy xususiyatlari va liberettolarining o`ziga xos jihatlari ko`rib chiqiladi. Shuningdek, uning ijodiy faoliyatining eng yuqori cho`qqisi va operadan voz kechishining sabablari haqida mulohaza qilinadi. Maqola Rossini ijodini zamonaviy nuqtai nazardan baxolashga ham e`tibor qaratiladi

66-69 19 0
MIKROSEFALIYA KASALLIGINI DAVOLASHDA QO’LLANILADIGAN PREPARATLARNING FARMOKALOGIK TAHLILI
Abdullayev Sharofiddin Shaxobiddin o’g’li, Nurmatova Ro’zaxon Oybek qizi, Rayimjonova Sarvinoz Dilmurodjon qizi

Mazkur maqola mikrosefaliya kasalligi, uning etiologiyasi, patogenezi, klinik belgilariva davolash usullari haqida ilmiy-tanqidiy tahlil berilgan. Mikrosefaliya bu oddiy nerv sistemasiga oid kasallik bo’lishi mumkin, lekn inson salomatligi uchun, asosan bolalarda jiddiy xavf tug’diradigan holatlarga olib kelishi mumkin. Maqolada aynan shu jihatlar keng yoritilgan hamda turli tibbiy adabiyotlar asosida tahlil qilingan. Shuningdek, zamonaviy diagnostika va davolash usullari, shuningdek, profilaktika choralariga ham e’tibor qaratilgan. Sog’liqni saqlash vazirligi ushbu va shunga o’xshash kasalliklarni oldini olish choralarini ishlab chiqmoqda va zamonaviy usullardan foydalanmoqda

141-144 4 1
ANDIJON VILOYATI TURIZMINI RIVOJLANTIRISHDA MILLIY XUNARMANDCHILIKNING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI
Isayev A, Rasulov J.

Mazkur maqolada Andijon viloyatida milliy hunarmandchilikning turizm sohasidagi o‘rni va uni rivojlantirishdagi geografik omillar tahlil qilinadi. Mahalliy hunarmandchilik turlari, ularning hududiy joylashuvi hamda turizmga ta’siri ilmiy asosda baholangan

21-24 13 1
TO‘RQANOTLILAR (NEUROPTERA) TURKUMINING BIOLOGIK XILMA-XILLIGI VA EKOLOGIK AHAMIYATI
Tursunaliyeva Namuna Qurvonali qizi

Mazkur tezis hasharotlar sinfining toʻrqanotlilar turkumi vakillarining yer yuzida tarqalishi, ularning tuzilishi va ayrim vakillarining bioekologiyasi keltirilgan

98-100 11 7
QIZIL KITOBGA KIRITILGAN HASHAROTLARNING TURLARI
Yoʻldosheva Gulchehraxon Shuxratjon qizi

Ushbu ishda O’zbekiston va jahon miqyosida yo’qolib ketish xavfi ostida bo’lgan hasharotlar turlari haqida ma’lumot berilgan. Hasharotlar ekotizimning muhim bo’g’ini hisoblanib, ularning kamayishi bioxilma-xillikka jiddiy ta’sir ko’rsatadi. Qizil kitobga kiritilgan turlar, ularning tarqalishi, yo’qolish sabablari va muhofaza choralari atroflicha tahlil qilinadi

174-177 5 1
O‘ZBEKISTONDA BIRINCHI MUSIQIY O‘QUV MASKANLARI VA TEATR FAOLIYATI
Nabilonov Dilxushbek Elmurodjon o’g’li

Mazkur maqolada O‘zbekistonda musiqiy-ma’rifiy taraqqiyotning ilk bosqichlari  XX asr boshlarida tashkil topgan musiqiy o‘quv maskanlari va teatrlari faoliyati ilmiy jihatdan keng yoritiladi. Bu maqolada o‘quv maskanlari va teatrlarning tashkil topishi, ularning asoschilari, shakllanish bosqichlari, jamiyatga ta’siri, milliy san’atimizdagi o‘rni haqida batafsil tahlil yuritiladi

58-61 5 0
IONLOVCHI NURLARNING MANBALARI VA RADIATSIYANING SALBIY OQIBATLARI
Xaqulova Muqaddasxon Shavkatovna, G’ofurova Maftuna Donyorbek qizi, Komilova Saboxat Farxodjon qizi

Ushbu tezisda ionlovchi nurlarning tabiiy va sun’iy manbalari, ularning inson salomatligi va atrof-muhitga ko‘rsatadigan zararli ta’sirlari tahlil qilinadi. Radiatsiya turlari (alfa, beta, gamma, neytron nurlari) va ularning organizmga kirib borish usullari ko‘rib chiqiladi. Tibbiyot, energetika va sanoatda foydalanish imkoniyatlari bilan birga, yadroviy falokatlar (Chernobyl, Fokushima) va radioaktiv chiqindilar muammosi keltirilgan. Xulosa qismida radiatsiyadan himoya qilishning zamonaviy usullari va xalqaro tashkilotlar (WHO, IAEA) tomonidan belgilangan me’yorlar haqida so‘z borad.

132-136 7
FRANS PYOTER SHUBERT ROMANSLARI
Nabilonov Dilxushbek Elmurodjon o’g’li

Mazkur maqolada buyuk avstriyalik bastakor Frans Pyoter Shubertning hayoti va ijodi, ayniqsa uning vokal musiqa — romans janridagi faoliyati keng yoritiladi. Shubertning musiqiy merosi, ayniqsa, romanslarida poetik obrazlar, musiqiy ifoda vositalari, va fortepiano-vokal uyg‘unligi ilmiy asosda tahlil qilinadi.

14-17 3 0
G'ALLA ZARARKUNANDALARI VA ULARGA QARSHI KURASHISH
Mamadaliyeva Azizaxon Sidig‘ali qizi

Mazkur tezisda g'alla zararkunandalariga, xususan, xasva zarariga qarshi kurashishning samarali usullari muhokama qilinadi. Tadbirlar qatorida shudgorlash, erta baxorda mineral o'g'itlar bilan oziqlantirish va yuqori sifatli urug‘lar ekish, xasva zararini kamaytirishda samarali hisoblanadi

90-93 10 1
SARSCOV-2 BILAN OG’RIGAN BEMORLARDA KOAGULYATSION GEMOSTAZNI SHIKASTLANISHINI LABORATORIYAVIY KO’RSATGICHLARINI BAXOLASH
Olimjonov Jahongir Tolibjon o’g’li;Djo’rabayev Tolibjon Komildjanovich

Ish maqsadi: SARSCoV-2 bilan og’rigan bemorlarda koagulyatsion gemostaz ko’rsatgichlarini baxolash va ikkilamchi kasaligi bor bemorlarda giperkoagulyatsiyani rivojlanishini va SARSCoV-2 bilan og’rigan bemorlarda tomir ichi trombozi rivojlanishi haf omilarini erta laboratoriya tashxisi. Tadqiqot materiali SARSCoV-2 bilan og’rigan 80 ta bemor olindi.

166-169 7 2
MILLIY TARBIYA KONSEPSIYA
Kuziboyeva Farangiz, Jumaboyeva Nargiza, Teshaboyeva Marjona

Ushbu maqolada milliy tarbiya konsepsiyasining nazariy-metodik asoslari, tarixiy ildizlari va zamonaviy ahamiyati chuqur tahlil etilgan. Milliy tarbiya – bu xalqning asrlar davomida shakllangan ma’naviy-madaniy qadriyatlari, urf-odatlari, an’analari, til, din, tarixiy xotira va milliy o‘zlikni anglash kabi omillarga tayangan holda yosh avlodni har tomonlama barkamol inson etib tarbiyalash tizimi sifatida qaraladi. Maqolada milliy tarbiyaning asosiy komponentlari – vatanparvarlik, milliy g‘urur, axloqiy poklik, madaniy merosga hurmat, ijtimoiy faollik va mehnatsevarlik singari fazilatlarni shakllantirishdagi roli yoritilgan. Bundan tashqari, xalq pedagogikasi, mashhur mutafakkirlar (Alisher Navoiy, Ahmad Yassaviy, Abdurauf Fitrat va boshqalar)ning g‘oyaviy merosi asosida milliy tarbiyaning o‘rni tahlil qilinadi. Maqolada milliy tarbiya jarayonida oila, maktab va jamiyat hamkorligining ahamiyati, shuningdek, globallashuv va zamonaviy axborot oqimi sharoitida milliy tarbiyani kuchaytirish zarurati asoslab berilgan.

48-53 37 0
JADIDCHILIK HARAKATI NAMOYONDALARI
Kamolova Havoxon

Ushbu maqolada XIX asr oxiri – XX asr boshlarida Markaziy Osiyoda yuzaga kelgan Jadidchilik harakati, uning asosiy g‘oyalari va tarixiy ahamiyati yoritilgan. Ayniqsa, bu harakatning ilg‘or namoyondalari –, yozuvchi, pedagog va islohotchilarning faoliyati, ularning ilm-ma'rifatga qo‘shgan hissasi tahlil qilinadi. Maqola orqali o‘quvchilar jadidlarning o‘z davrida qilgan ma'rifiy, siyosiy va madaniy xizmatlari haqida keng ma’lumotga ega bo‘ladilar

123-126 6 2
O'RTA OSIYODA TOPILGAN MADANIY YODGORLIKLAR
Abdumalikov Shukurullo Dilshotbek o’g’li

Ushbu maqolada O’rta Osiyoda topilgan madaniy yodgorliklar, ularning tarixiy va ilmiy ahamiyati, arxeologik topilmalar asosida shakllangan qadimiy shaharlar va ularni asrash masalalari yoritilgan. Maqola orqali o‘quvchida mintaqaning boy madaniy merosi haqida tasavvur hosil qilish, tarixiy yodgorliklarni qadrlash g‘oyasi shakllantiriladi.

3-6 23 5
ASALARINI ASALINING SHIFOBAXSH XUSUSIYATLARI
Rayimjonova Nodira Xasanboy qizi

Ushbu tezisda asalarning shifobaxsh xususiyatlari va ularning sog‘liq uchun foydaliligi , xalq tabobatida va tibbiyotda qanday ishlatilishi, ularning antibakterial, antivirus ta'siri va organizmning immunitet tizimiga bo‘lgan ijobiy ta'siri haqida maʼlumotlar keltirilgan

81-85 7 1
RADIOAKTIV NURLAR VA ULARNING TA'SIRI
D.M Ibroximova, M.A.Shavkatbekova

Ushbu maqolada radioaktiv nurlar, ularning turlari, kashf etilishi va inson salomatligi hamda atrof-muhitga bo‘lgan ta’siri haqida ma’lumot berilgan. Radioaktivlik hodisasining tarixiy kashfiyoti, xususan Anri Bekkerel, Mariya va Per Kyurilarning ilmiy izlanishlari yoritilgan. Shuningdek, radioaktiv nurlarning alfa, beta va gamma turlari, ularning xususiyatlari va biologik xavflari tahlil qilingan. Ishda ushbu nurlardan tibbiyot, energetika va sanoatda foydalanish imkoniyatlari bilan birga, xavfsizlik choralarining ahamiyati ham ko‘rsatib o‘tilgan. Mazkur mavzu radioaktivlikning ilmiy asoslarini tushunishga va uning oqibatlari haqida chuqur fikr yuritishga xizmat qiladi

154-158 12 2
KO`RISHIDA NUQSONI BO`LGAN SHAXSLARGA TAVSIYA ETILADIGAN KASB-HUNARLAR
Mirzayeva Umidaxon Inamovna

Ushbu maqolada ko`zi ojiz shaxslarning imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda egallashi mumkin bo`lgan kasblar hamda ularning afzalliklari to`g’risida so`z yuritilgan. Bundan tashqari, ko`zi ojiz o`spirin yoshlarning kasb tanlashda nimalarga ahamiyat berishi lozimligi bayon etilgan

36-39 9 0
OLIY TA'LIMDA MOODLE VA ZOOM ORQALI AXBOROT BILAN ISHLASH KOMPETENTLIGINI RIVOJLANTIRISH: TAJRIBA NATIJALARI TAHLILI
Ro‘zimov Bahromjon Baxodirjonovich, Botirov Dildorbek Muzaffar o‘g‘li

Mazkur ilmiy maqolada oliy ta'lim tizimida talabalarning axborot bilan ishlash kompetentligini Moodle va Zoom kabi telematika vositalari orqali rivojlantirish bo‘yicha tajriba asosida olib borilgan tadqiqot natijalari yoritilgan. Tadqiqotning asosiy maqsadi axborot kompetentligini shakllantirish uchun zamonaviy ta'lim texnologiyalaridan samarali foydalanish metodikasini ishlab chiqish va uning samaradorligini amaliy jihatdan tekshirishdan iborat. Maqolada axborot bilan ishlash kompetentligining mohiyati, tarkibiy qismlari va rivojlantirish usullari bo‘yicha nazariy asoslar tahlil qilingan. Oliy ta’lim muassasasida o'tkazilgan pedagogik tajriba asosida Moodle platformasi va Zoom videokonferensiya tizimidan foydalanishning talabalar axborot kompetentligini shakllantirishga ta’siri baholangan. Tadqiqot natijalari Moodle va Zoom platformalaridan foydalanish talabalarning axborotni izlash, tahlil qilish, tanqidiy baholash va amaliy qo‘llash qobiliyatlarini sezilarli darajada oshirishini ko‘rsatdi. Yakunda, ta'lim jarayoniga telematika vositalarini keng joriy etish va raqamli pedagogikani rivojlantirish bo‘yicha ilmiy-uslubiy tavsiyalar ilgari surilgan.

109-118 15 5
MAKTABLARDA TARIX FANI DARSINI SUN’IY INTELLEKT ORQALI O‘QITISHNING SAMARASI
Tojimatov Botirjon Ibroximovich

 Ushbu maqola maktablarda tarix fani darslarida sun’iy intellekt (SI) texnologiyalarini qo‘llashning o‘quv jarayoniga ta’siri va samaradorligini o‘rganadi. Tadqiqotda SI asosidagi vositalar, jumladan, shaxsiylashtirilgan o‘quv platformalari, virtual reallik simulyatsiyalari va aqlli repetitorlik tizimlari tarix fanini o‘qitishda o‘quvchilarning bilim olish darajasini, qiziqishini va tanqidiy fikrlash ko‘nikmalarini oshirishdagi roli tahlil qilinadi. Empirik ma’lumotlar va sinov natijalariga asoslanib, SI yordamida tarixiy voqealarni interaktiv va kontekstual o‘rganish o‘quvchilarning o‘zlashtirish darajasini oshirishi va o‘qituvchilarning pedagogik yondashuvlarini boyitishi ko‘rsatildi. Shu bilan birga, SI’ning cheklovlari, masalan, tarixiy ma’lumotlarni talqin qilishda insoniy nuanslarni to‘liq qamrab ololmasligi va axloqiy masalalar muhokama qilinadi. Maqola SI’ni tarix ta’limida samarali integratsiya qilish bo‘yicha amaliy tavsiyalar beradi va kelgusidagi tadqiqotlar uchun yo‘nalishlarni belgilaydi.

70-74 24 3
OCHIQ VA YOPIQ GIDROPONIK TIZIMLARDA MINERAL OZUQA ERITMASI TARKIBINING O‘ZGARISHI VA O‘SIMLIK REAKSIYALARI
Ismoilov Bexruz Yodgor o‘g‘li, Ro‘ziyeva Muhayyo Avazbek qizi, Ahmadjonova Odinaxon Raximjon qizi, To‘lqinova Qanoatxon Ismonjon qizi

Mazkur maqolada ochiq va yopiq gidroponik tizimlarda mineral ozuqa eritmasining tarkibiy o‘zgarishlari va ularning o‘simlik fiziologiyasi va o‘sishiga ta’siri tadqiq etildi. Tadqiqot natijalari gidroponik tizimlarda eritma aylanishi, elementlar balansini saqlash va o‘simlik reaksiyalarini baholashda muhim ahamiyatga ega bo‘lishi mumkin.

145-150 9 2
DJUZEPPE VERDI VA ITALIAN OPERA SAN’ATI
Kamalov Muhammadali Dilmurodjon o’g’li

Mazkur maqolada XIX asr italyan musiqiy madaniyatining yirik vakili Djuzeppe Verdi hayoti va ijodi tahlil qilinadi. Uning operadagi yangiliklari, dramaturgiya va milliy g‘oya bilan uyg‘unlashgan asarlari o‘rganiladi. Verdi ijodining italyan opera san’ati taraqqiyotidagi o‘rni, ijtimoiy-siyosiy harakatlar bilan bog‘liqligi hamda uning zamonaviy opera sahnasidagi davomiy ta’siri yoritiladi

25-28 8 0
FRANS LIST FORTEPIANO IJROCHILIGINING ISLOHOTCHISI
Hamidova Ziyoda

Mazkur maqolada XIXasrning buyuk kompozitori va fortepiono ijrochisi Frans Listning fortepiono ijrochiligi rivojiga qo`shgan hissasitahlil qilinadi.Unda Listning texnik yondashuvlari,sahna madaniyatiga olib kirgan yangiliklari,ijrochilik maktabi va meros haqida so`z yuritiladi.Maqolada uning musiqiy ifoda va texnik imkoniyatlarni uyg`unlashtirishdagi o`rni yoritiladi

101-103 7 1