Rivojlanishda nuqsoni bo`lgan bolalami iloji boricha erta aniqlash, o`z vaqtida psixologik-pedagogik, korreksiyalash yordamini ko'rsatish, nogironlikning oldini olish, bolalar va o'smirlaming ijtimoiy moslashuvini amalga oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Tegishli tashkilotlar va defektologlaming vazifalari shundan iboratki, bolalar o'zlarining aqliy, bilim imkoniyatlariga va hissiy-idoraviy doiralarining xususiyatlariga mos sharoitda ta’lim olishlari, tarbiyalanishlariga imkoniyat yaratib berishlari lozim. Biz ushbu maqolamiz orqali Intelektual rivojlanishida nuqsoni bo`lgan bolalarni ijtimoiylashuvida o`zbek xalq o`yinlarini ahamiyati qay darajada ekanligi haqida suxbatlashamiz.