Ishda mosh o‘simligi urug‘larini zararkunandalardan himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalar bilan ishlov berilganda o‘simlik hujayralarining ayrim ferment faolliklariga ta’siri o’rganildi.
Mosh urugʻlarini pestitsid Nurel D bilan 1 kunlik ivitish peroksidaza faolligining pasayishiga olib keldi, bunda peroksidaza faolligining sezilarli darajada pasayishi kuzatildi. Eng yuqori pasayish 7-kuni nazorat bilan solishtirganda Marjon navida 62% ga va Durdona navida 3-kunda 66% ko‘rildi. Katalaza fermenti faolligi o‘rganilganda pestitsidni ferment faolligiga Nurel D ta’siri turlicha bo‘lishi, 3-kunik maysalarda faollik oshib, so‘ng pasayishi kuzatildi. Adabiyotdagi ma'lumotlar va eksperimental natijalar asosida shuni ko'rsatish mumkinki, o'rganilgan pestitsidlar urug'larning murtak hujayralarida lipid peroksidlanish jarayoniga turlicha ta'sir qiladi, katalaza fermenti faolligini oshiradi, lipidlarning peroksidlanishi jarayonni kamaytiradi.