Yer yuzida jamiki bor narsa albatta nafas oladi. Nafas
olish (lotincha: respiratio) — organizmga kislorod kirib, undan karbonat angidrid (CO2)
chiqib ketishi, shuningdek, hujayra va toʻqimalarda kislorod yordamida kechadigan organik
moddalarning oksidlanish-qaytarilish reaksiyalari natijasida organizm hayot faoliyati uchun
zarur boʻlgan energiya ajralib chiqishidan iborat jarayonlar majmui.