Har bir tayyorgarlik turida o‘zining yetakchi omillari borki, ular yordamida
ko‘zlagan maqsadga erishiladi. Shu bilan birga barcha turdagi tayyorgarliklar bir-biri bilan
uzviy bog‘liq. Misol uchun agar o‘quvchi jismoniy yaxshi tayyorlanmagan bo‘lsa, u hujum
xarakatlarini texnik mashqini yaxshi bajara olmaydi. Bunday holda o‘quvchini jismoniy
tomondan chiniqtirish, xujum xarakatlarini mukkamal darajaga ko‘tarish uchun ko‘p marta
takrorlashni talab etadi.