O‘quv jarayoniga o‘qitishning loyihaviy usuli joriy qilinadi. Talabalar
bilimlarini baholash, kurs loyihalarini tayyorlash, korxonalar buyurtmasi asosida diplom
ishlari, fan olimpiadalarini birgalikda o‘tkazish, nomdor stipendiyalar belgilash, tegishli
malaka sertifikatlari berish jarayoniga korxona va tashkilotlarning yetakchi mutaxassislari
jalb etiladi.