Maqolada sog‘lom diniy dunyoqarashni shakllantirish va rivojlantirishning pedagogik shart-sharoitlari, vositalari, nazariy va metodologik asoslari o‘rganilgan. Sharq xalqlariga xos bo‘lgan diniy dunyoqarashning yo‘nalishlari, asoslari, g‘oyalari, tamoyillari va ta’limotlari haqida ma’lumot berilgan. Shuningdek sog‘lom diniy dunyoqarashni shakllantirishda muhim ahamiyatga ega bo‘lgan tasavvuf ta’limoti nomoyondalari va ular targ‘ib etgan g‘oyalarning ma’naviy va pedagogik imkoniyatlari tahlil qilingan. Birinchi hamda ikkinchi Renessans davrida diniy dunyoqarashni rivojlanib borish jarayonlari tahlil qilingan