Ushbu maqolada talabalarda musiqiy madaniyatni shakllantirish dolzarb pedagogik muammo ekanligi haqida so‘z yuritilgan. Talabalarda musiqiy madaniyatni shakllantirish ularning oliy ta’lim muassasasigacha bo‘lgan hayotiy tayyorgarligiga ko‘p jihatdan bog‘liqdir. Bunda ularning oliy ta’lim muassasalariga ma’lum amaliy ko‘nikma va malakalarga ega holda kelishlari, ularda his-tuyg‘u, tafakkur-iroda sifatlari ma’lum darajada shakllangan bo‘lishi, milliy madaniyatga nisbatan qiziqish xususiyatining mavjudligi shaxsning kamol topishi uchun asosiy zamin bo‘lib hisoblanadi.