Maqolada bolalar o‘qishining o‘ziga xos xususiyatlari, kichik maktab yoshidagi bolalarning yoshga oid xususiyatlari keltirilgan. O‘qituvchi-psixolog kundalik muloqotga kirishadigan bolalarning yosh xususiyatlari, o‘quv faoliyati bilan bog‘liq turli olimlarning fikr va mulohazalari keltirib o‘tilgan.
Jamiyatda kitobxonlikning o‘sishi, avvalo, shaxsning ma’naviy va axloqiy yuksalishi omilidir. Bu esa xalqimizning intellektual salohiyati o‘sishiga, inson resurslari sifati oshishiga, respublikamizning ijtimoiy-iqtisodiy hamda innovatsion taraqqiyotiga xizmat qiladi.