Yosh avlodni bilimli, dono va axloqli qilib tarbiyalashda ertaklarning
o‘rni juda muhim. Ertak bola uchun axloqiy ta’limot va nasihatlardan ko‘ra afzalroqdir.
U yaxshilikka ishonchni uyg‘otadi, qiyin vaziyatda yechim topishga, odamlar bilan
munosabatlarni o‘rnatishga yordam beradi. Ertak bolaning adolat, sevgi, do‘stlik,
yaxshilik va yomonlik haqidagi tasavvurini shakllantiradi. Maktabgacha ta’lim
tashkilotlarida olib borilayotgan faoliyatlarni bolalar uchun ham aqliy ham jismoniy
ahamiyati kattadir. Ushbu maqolada ertaklar orqali bola psixologiyasiga qanday ta’sir
o‘tkazish haqida so‘z boradi.