Yuqorida olib borilgan tadqiqotlar tahliliga ko‘ra, vinkanin va pirozalin alkaloidlari kuchli kardiprotektor xususiyatga ega bo‘lib, gipoksiya natijasida yuzaga kelgan papillyar muskul qisqarish faolligidagi buzilishlarni samarali bartaraf etadi. O‘rganilayotgan alkaloidlarning ushbu funksiyasi asosan kardiomiotsitlarda [Sa2+]in dinamikasi modulyatsiyasiga bog‘liqligini taxmin qilish imkonini beradi.
Yurak-qon tomir kasalliklari global miqyosda inson hayoti va sog'lig'ida kasallanish va o'limning asosiy sabablari hisoblanadi. Ishemik holatlardan keyin funktsional tiklanishni yaxshilash va infarkt darajasini pasaytirishga katta sa'y-harakatlar berildi. Bunday holda, tabiiy mahsulotlar, ayniqsa o'simliklarning ikkilamchi metabolitlari yurakni himoya qiluvchi ta'sirga ega yangi dori vositalarini aniqlash muhum vazifadur [Atanasov]