Sifat turkumidagi so‘zlar o‘rni bilan ot turkumiga o‘tib, otlik funksiyasini bajarib kelishi mumkin. Ya’ni bunda sifat belgini emas, predmetni ifodalaydi. Sifatlar ot o‘rnida qo‘llangan singari boshqa so‘z turkumidagi so‘zlar ham (ot, sifatdosh, ravishlar) sifat o‘rnida qo‘llanishi mumkin.