Insoniyat tarixidan ma’lumki, iqtidorlilik turlicha namoyon bo‘ladi, lekin
odamlar u faqat aniq shaklda namoyon bo‘ladi, ya’ni iqtidorli o‘quvchi faoliyatining
natijalari yaqqol va shubhasiz ko‘rinadi deb o‘ylaydi. Ammo, aslida, aniq ko‘rinadigan
narsadan tashqari, odamlar odatda sezmaydigan va o‘zini kam ifodalagan, yashirin shaklda
namoyon qiladigan iste’dodlar ham mavjud. Tan olishimiz kerakki, boshlang‘ich sinflar
o‘quvchilari kamdan-kam hollarda o‘z iqtidorini namoyon etadi va shuning natijasida o‘z
iqtidorini rivojlantirish borasida e’tibordan chetda bo‘ladi. Shuning uchun ham boshlang‘ich
sinflardagi iqtidorli o‘quvchilar bilan ishlashda rivojlantiruvchi, boyituvchi yondashuv -
bugungi kunda dunyo pedagogikasiga “enrichment” tushunchasi bilan kirib kelayotgan
yondashuv asosida ish olib borish zarur. Maqolada mazkur muammo tahlil qilinadi.