Maqolaning asosini o‘zbek teatrida adabiy til me’yorlarining o‘rganilishi tashkil etib, sahnada qahramon tilidan yangrayotgan so‘zlarning shevadan holi, sof, aniq va tiniq, barcha uchun tushunarli ifoda etilishiga doir izlanishlarga qaratilgan. Maqolada aktyorning ijrosiga xizmat qiluvchi adabiy til me’yorlari xususidagi muammolar va ularni bartaraf etish masalalari keltirilgan.