Neft va gaz quduqlarini burg‘ilash jarayonida burg‘ilash eritmalarining xossasiga va parametrlariga katta talablar qo‘yiladi. Anomal past qatlam bosimiga ega bo‘lgan qatlamlarni ochishda eritmaning xossasini va parametrlarini noto‘g‘ri tanlanishi katta murakkabliklarni keltirib chiqarishi asoslangan. Anomal past bosimli qatlamlarda oddiy burg’ilash eritmasi qatlamga yutilib ketishi muqarrar bo’lganligi sababli aeratsiyalangan eritmalardan foydalanish talab etiladi.