Jamiyat taraqqiyoti jarayonida shakllangan har qanday ijtimoiy, moddiy,
ma’naviy narsa yoki hodisa o‘tmishda ijobiy ahamiyat kasb etgani uchungina emas, balki
kelajak istiqboli uchun yangi imkoniyatlar yaratib berishga qodir bo‘lganligi sababli ham
qadriyat deb ataladi. Aniqroq aytganda, qadriyatlar jamiyat va ma’naviy taraqqiyotning zaruriy
mahsulidir. Buni yoshlar ma’naviyatiga singdirishda olimalarning o‘rni beqiyos.