Global iqlim oʻzgarishi sharoitida gʻoʻzaning tezpishar, serhosil, yuqori tola sifati va chiqimiga ega, turli kasallik va stress omillarga bardoshli boʻlgan raqobatbardosh navlarni yaratishda boshlangʻich ashyoni tanlash, ularda turli usullarda chatishtirish ishlarini olib borish, duragay avlodlarda belgilarning irsiylanishi va oʻzgaruvchanligini oʻrganish orqali noyob belgilarga ega boʻlgan seleksion materiallar yaratish maqsadga muvofiqdir. Ushbu maqolada gʻoʻzaning G.hirsutum L. kenja turiga mansub mexicanum var. nervosum (Jucatan), Punctatum, G.hirsutum el-salvador, Paniculatum, glabrum var. marie-galante, euhirsutum («Besh-qahramon» navi) kabi turichi shakllarining morfobiologik va xoʻjalik belgilarining tavsifi keltirilgan.