Ushbu maqolada Davlat boshqaruv organlari, mahalliy davlat hokimiyati
organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, jamoat birlashmalari, korxonalar,
muassasalar va tashkilotlar, mansabdor shaxslar, shuningdek fuqarolar terrorizmga qarshi
kurashni amalga oshiruvchi davlat organlariga ko‘maklashishlari va zarur yordam berishlari
yoritilgan. Terrorchilikka qarshi operatsiyaga rahbarlik qilish va uni boshqarish har bir
muayyan holatda terrorchilik harakati tahdidi va xavfning ko‘lamlarini inobatga olgan holda
belgilanishlari ko‘rib chiqilgan.