Amaliy hayotda oila ko‘pchilik hollarda erkak va ayolning o‘zaro juftlashishidan iborat
bo‘lib, u o‘zining uy xo‘jaligini mustakil ravishda yuritadi. An’anaga ko‘ra, oila nikohdan
boshlanadi. Iqtisodiyot nazariyasi nuqtai nazaridan, nikohlar erkak va ayolning bir-biriga
mosligini aniqlaydigan "bozor"da shakllanadi. Samarali bozorda erkak va ayolning bir-
birlariga mosligi nazariyasi asosida o‘zaro tanlashlari yuz beradi.Oilada har bir tomon ochik
yoki bilvosita holda ma’lum majburiyatlarni o‘z zimmalariga oladilar. Bunda ular
tomonlarning huquq va imtiyozlarini tan oladilar.