Atletik gimnastikasi mashqlarining ta’siri umumiy xarakterga va mahalliy (mushak
guruhiga, mushaklar va skeletlar tizimiga) ta’sir qilishi mumkin. Shunday qilib, atletik
gimnastika yo‘nalishi mashqlari jismoniy madaniyat va sog‘lom turmush tarzi ajralmas qismi
bo‘lgan, har tomonlama rivojlangan va jismonan tayyorlangan shaxsni shakllantirishga
yordam beradi. Og‘irliklar bilan mashq qilish tananing aerob va anaerobik qobiliyatini
oshiradi, katta miqdordagi zaxira kapillyarlarni ochib beradi, ko‘krak qafasining aylanasi,
o‘pkaning tiriklik sig‘imi, dinamometriya ko‘rsatkichlari (qo‘lning kuchi) va jismoniy
sifatlarning sezilarli rivojlanishiga, yog‘ miqdorini kamaytirishga va mushaklarning tarkibiy
qismlarini ko‘paytirishga yordam beradi.