Mazkur maqolada tarixiy va ma’naviy ideallar hamda ularga aksiologik munosabatini rivojlantirish ijtimoiy-pedagogik zaruriyat hususida ayrim fikr-mulohazalar bayon etilgan. Shuningdek, maqolada jamiyatning ma’naviy-axloqiy qiyofasi va jamiyat a’zolarining manaviy qiyofasini yuksaltirishda tarixiy va ma’naviy ideallarning o‘rni hususida hamda ma’naviy ideal va reallikning mazmunini tashkil etuvchi tushunchalarni aniqlash, ular o'rtasidagi munosabatlarni tartibga solish asosida aniq bir tizimni yaratish, alohida olingan tushunchalar evolyutsiyasini ko'rib chiqish, milliy idealni harakatga keltiruvchi kuchlar, ularning tabiatini tahlil etish kabi masalalar bayon etilgan.