Ushbu maqolada maktab va oliy ta’lim tizimida matematika o‘qitishning zamonaviy muammolarga zamonaviy yechim topishning turli va samarali usullari bayon qilingan. Ushbu usullardan talabalarning matematika ta’limi sifatini monitoring va diagnostika qilish, matematika o'qitish metodikasini takomillashtirish yuzasidan ketma-ketliklar mavzusini o‘qitish mavzusi misolida zamonaviy metodlarning o‘rni va ahamiyati hamda ulardan oqilona foydalanish uchun ko‘rsatmalar berib o‘tilgan. Dars davomida Charxpalak, Xotira mashqi, Savatcha, Shartnoma metodlari bilan tanishtirilib, matematik dasturlardan: MATLAB, Maple, GeoGebra, Minitab, Excell kabi ilovalaridan to‘g‘ri foydalanish hamda ularning ta’lim jarayonidagi ahamiyati va samaradorligi ko‘rib o‘tilgan. Matematikaning degradatsiyasiga barham berish, talabalarining bilim olishga qiziqishi hamda amaliyoti va istiqbolli tadqiqotlardan foydalanish uchun ba’zi takliflar berilgan.