Ushbu maqolada asosiy e’tibor o’qituvchilarda chet tili madaniyatini shakllantirish muammosiga bag'ishlangan bo’lib, kelajakdagi chet tili o'qituvchilari o'rtasidagi muloqot madaniyatini shakllantirishga qaratilgan. Hozirda turli mamlakatlar madaniyatlarining global integratsiyalashuvi, dunyo aholisining harakatchanligi, bandlikni kengaytirish, turizmni rivojlantirish, shaxsiy aloqalar, chet tilini bilish hayotiy zaruratga aylanib bormoqda, bu jamiyatning zamonaviy ehtiyojlariga javob beradigan chet tillarini o'qitish nazariyasi mutaxassislari uchun yangi muammolarni keltirib chiqaradi. Maqolada bo’lajak chet tili o’qituvchilarining madaniyatlararo muloqot kompetensiyasini internet resurslari orqali shakllantirish haqida gap ketgan bo’lib, ulardan qay tartibda foydalanilsa maqsadga muvoffiq bo’lishi aytib o’tilgan.