Yuqorida olib borilgan tadqiqotlar tahliliga ko‘ra, vinkanin va pirozalin alkaloidlari kuchli kardiprotektor xususiyatga ega bo‘lib, gipoksiya natijasida yuzaga kelgan papillyar muskul qisqarish faolligidagi buzilishlarni samarali bartaraf etadi. O‘rganilayotgan alkaloidlarning ushbu funksiyasi asosan kardiomiotsitlarda [Sa2+]in dinamikasi modulyatsiyasiga bog‘liqligini taxmin qilish imkonini beradi.