Empatiya, ya'ni boshqalar his-tuyg'ularini tushunish va ularga hamdardlik qilish qobiliyati, inson ijtimoiy munosabatlarida asosiy o‘rin tutadi. Empatiya, shaxslararo muloqot va murakkab ijtimoiy vaziyatlarni boshqarishda samarali vosita bo‘lib, psixologiya, pedagogika, tibbiyot va boshqa ko‘plab sohalarda katta ahamiyatga ega. Ushbu maqolada empatiyaning nazariy asoslari, turli tadqiqot metodlari orqali o‘rganilishi va inson ruhiy salomatligiga ta’siri yoritib beriladi. Bundan tashqari, empatiyaning ta'lim, sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar kabi turli sohalarda qanday qo‘llanilishi va uning tadqiq qilish usullari tahlil qilinadi. Empatiyaning rivojlanishi shaxslararo aloqalarni mustahkamlash va murakkab ijtimoiy vaziyatlarda hamkorlikni kuchaytirishda muhim ahamiyatga ega ekani qayd etiladi.