Maqolada kichik maktab yoshidagi bolalarda kitobxonlik xususiyatlarini shakllantirish bo‘yicha Biblioterapiya metodidan foydalanish, Biblioterapiya usullari va texnikalari hamda uning asosiy maqsadlari to‘g‘risida turli olimlarning fikr va mulohazalari keltirib o‘tilgan.
Uyg‘onish davrida shifokorlar terapevtik maqsadlarda biblioterapiyadan faol foydalana boshladilar. Shunday qilib, XII asrdagi ingliz shifokori T. Sagedem o‘z bemorlariga Servantesning "Don Kixot" asarini o‘qishni maslahat bergan.