ushbu maqola ispan tilini o‘rganayotgan talabalarning ijtimoiy-madaniy kompetentligini takomillashtirish uchun o‘quv jarayonida 4K modelini qo‘llashning o‘ziga xos xususiyatlarni o‘rganadi. 4K modeli chet tilini samarali o‘rgatish uchun ijodkorlik, hamkorlik, tanqidiy fikrlash va muloqot kabi komponentlarini birlashtirgan innovatsion yondashuvni taklif etadi. Maqolada ispan tili o‘qituvchilari uchun amaliy tavsiyalar taklif etiladi hamda ispan tilini o‘qitishda 4K modelidan keyingi foydalanish istiqbollari muhokama qilinadi.