Ilmiy tadqiqotlar va kuzatishlar natijasida ma’lum bo‘ladiki, insonlarning katta qismi ma’lumotlarni ko‘rish, ya’ni vizual yo‘l bilan tez va oson qabul qiladi. Axborotlarni ikki va undan ortiq mediavositalar qorishuvi orqali uzatish murakkab axborotni ham oson, ham tushunarli qabul qilish imkonini beradi. Buning natijasida esa kreollashgan matnlar paydo bo‘ladi. Shuning uchun kreollashtirilgan matnlarda shakl va ma’no mushtarakligi muhim ahamiyat kasb etadi. Maqolada bu kabi kreollashgan matnlarning nazariy asoslari xususida so‘z boradi.