Mustaqillik yillarida eski, o‘zini tarix oldida oqlamagan mafkuradan voz kechildi,
yangi mustaqillik g‘oyasi, uning asosiy tamoyillari, yoshlarni ma’rifatli qilish borasidagi
vazifalar Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoev asarlarida muhtasar, aniq bayon etilgan. Ular
asosida mamlakatimizda yangi «Ta’lim to‘g‘risidagi Qonun» va «Kadrlar tayyorlashning
milliy dasturi» qabul qilindi. Ular yoshlarning eng ilg‘or ilm-fan yutuqlaridan boxabar qilish,
buyuk allomalar merosini chuqur va teran o‘rganish, zamonaviy texnologiyalar asosida
ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil qilish, yoshlarni ma’rifatli qilishning barcha shartsharoitlarini yaratishni nazarda tutadi. Bu say’i-harakatlar ma’naviyat borasidagi islohotlar, o‘zbek madaniyati, san’ati, adabiyotini rivojlantirish ishlari, tariximizni tiklash borasida amalga oshirilayotgan olamshumul ishlar tabiiy, yoshlarimizda yangicha dunyoqarashning shakllanishiga asos bo‘ladi.