Ta’limning har bir bosqichi o‘zining xususiy va ayrim yetakchi tushunchalari bilan ta’riflanadi. Faqat vazifalar ketma-ket bo‘lsagina o‘qituvchi ta’lim usulini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yishi, shu qatorda
ta’lim prinsiplarini, tayyorlov va yo‘llanma beruvchi mashqlardan foydalanishi, usullarni
maqsadga muvofiq qo‘llay olishi mumkin. Ta’lim jarayonining tuzilishi – xususiy vazifalar,
prinsiplar, vositalar va usullarning o‘qitish bosqichlaridagi o‘zaro nisbati turg‘un aloqalari
orqali vujudga keladi.