Maqollar, matallar, naql va iboralar yillar osha tildan tilga koʻchib millatning madaniy me’rosiga aylangan xalq ogʻzaki ijodi na’munalaridir. Ushbu maqollarda xalqning nafaqat tarixi, turmush tarzi, dunyoqarashi balki ularning gʻam-u tashvishlari, orzu oʻylari ham oʻz aksini topadi. Maqollar xalq dunyoqarashi, ruhiyatini chuqurroq anglashga imkon beruvchi milliy-madaniy birliklardir. Ushbu maqolada o‘zbek xalq maqollarining mavzuviy guruhlari, semantikasi hamda strukturasi ko‘rsatib berilgan.