Ma’lumki har bir asar, xoh u xalq og‘zaki ijodi namunasi bo‘lsin, xoh milliy adabiyot namunasi bo‘lsin, janr sifatida tan olinishi uchun ma’lum me’yor va talablarga javob berishi kerak. Allalar xalq og‘zaki ijodining bolalar folklori tarkibiga kirar ekan, avvalo poetik qoliplar, qofiyalanish tizimi, radiflar silsilasi va o‘z tinglovchisiga ega.