Ushbu maqola Yangilanayotgan O‘zbekiston taraqqiyotida ma’naviyatning nazariy va metodologik asoslarini o‘rganishga qaratilgan. Ma’naviyat, O‘zbekistonning milliy qadriyatlari va an'analarini saqlash, zamonaviy ijtimoiy va iqtisodiy o‘zgarishlarga moslashishda muhim rol o‘ynaydi. Maqolada ma’naviyatning rivojlanishiga ta'sir etuvchi omillar, ijtimoiy muhit, ta'lim tizimi va davlat siyosati singari asosiy jihatlar tahlil qilinadi. Shuningdek, ma’naviyatning yosh avlod tarbiyasidagi ahamiyati va uning jamiyatdagi barqarorlik va taraqqiyotga ta'siri ko‘rsatib beriladi. Tadqiqot natijalari O‘zbekiston taraqqiyotida ma’naviyatni mustahkamlash va rivojlantirishga xizmat qilishi kutilmoqda.