Yurak-qon tomir tizimi kasalliklari dunyo boʼyicha hozirgi kunga qadar nogironlik va o‘limning asosiy sababi ekanligicha qolmoqda. Jahon sogʼliqni saqlash tashkiloti maʼlumotlariga koʼra, barcha oʼlim holatlarining 56 foizi yurak-qon tomir tizimi kasalliklari oqibatida kelib chiqadi. Yevropa mamlakatlarida yurak-qon tomir kasalliklari yiliga 4,3 mln (48%) aholi oʼlimiga sababchi boʼladi.