Ayolning – xotin-qizlarning jamiyat va oilada tutgan maqomlarining o‘zgarib
borayotganligi, ular malakalarining oshib borayotganligi va kasb-hunar, lavozim pog‘onalarida
erkaklardan qolishmaslikka intilayotganligi bilan izohlanadi. Xotin-qizlar huquqlarini himoya qilish,
intellektual, ishbilarmonlik salohiyatini rivojlantirishga ko‘maklashish hamda tashabbuslarini
rag`batlantirishga qaratilgan sa`y-harakatlar opa-singillarimizning oila va jamiyatdagi mavqei
yuksalib borishiga zamin yaratmoqda. Har bir qiz turmushga chiqar ekan yangi oila ostonasiga ulkan
orzu-umidlar bilan qadam qo‘yadi. U misoli bir navnihol. Kelinchakni oilada nafaqat turmush
o‘rtog`i, balki qaynona va shu oilaning boshqa a`zolari ham do‘stona qo‘llab-quvvatlashi zarur