Antioksidantlar oksidlovchi stressni oldini olish va hujayralarni shikastlanishdan himoya qilish orqali inson salomatligini saqlashda muhim rol o'ynaydi. Ularning ahamiyati saraton, yurak-qon tomir kasalliklari va erta qarish kabi turli kasalliklarning oldini olish bilan bog'liq. Ushbu referat antioksidantlarning inson organizmidagi ahamiyati va ularning umumiy salomatlikka ta'sirini muhokama qiladi.
Hujayradagi erkin radikallar darajasi murakkab antioksidant mudofaa tizimlari tomonidan nazorat qilinadi. Oksidativ stress sharoitida mitoxondriya membranasining LPO natijasida uning o‘tkazuvchanlik xususiyati ham o‘zgarishi mumkin. Bunda, mitoxondriyaning bo‘kish jarayoni kuzatiladi va bu megakanal (mPTP) o‘tkazuvchanligining keskin ortishiga sabab bo‘ladi. Ushbu holatda mitoxondriya bo‘kishini amalga oshishi tajribalarda ham o‘z tasdig‘ini topdi. OS bilan bog‘liq mitoxondriya bo‘kishini turli biofaol moddalar bilan ingibirlash mumkin. Turli patologik sharoitlarda mitoxondriya bo‘kishini ingibirlovchi o‘simlik moddalari bo‘yicha ma’lumotlar uchraydi. Ammo, izoxinolin alkaloidlarini yurak mitoxondriyasi bo‘kishiga ta’siri bo‘yicha ma’lumotlar uchramaganligi sababli quyidagi tajriblar olib borildi.
Ushbu maqolada semizlikda 2- tur qandli diabet bemorlar qonida oksidlanish stressi ko'rsatkichlarini o'rganish va tahlil qilish,2-toifa diabetdagi oksidlovchi stressning roli va ushbu ko'rsatkichlarni baholash haqida ma'lumotlar berilgan.