Arab tilida ish-harakatning bajarilish o‘rni yoki paytini bildiruvchi so‘zlar o‘rin va payt nomlari (ism ul-makan va az-zaman) deyiladi. Bu ikki tushuncha arab tilida bir vazn asosida yasaladi va bir vaqtning o‘zida ham o‘rinni, ham paytni bildirib keladi. Ismi zamon va makon I bob fe’lining hozirgi-kelasi zamonidagi old qo‘shimcha ya harfi m harfi bilan almashtiriladi va oxirgi o‘zak undosh tanvin harakatini qabul qilishi bilan yasaladi.