Tilshunoslik tarixida inson nutqiy faoliyati bilan bog‘liq masalalarni o‘rganish muhim ilmiy-nazariy ahamiyat kasb etib kelmoqda. Lisoniy ta’limot asosida inson nutqiy faoliyati yotadi. [1. 5] Tilshunoslikning yana bir ilmiy nazariy tarmog‘i pragmatika sanalib, inson ijtimoiy faoliyatini o‘zida aks ettirgan nutqiy jarayon, nutqiy vaziyat va nutq ishtirokchilarning kommunikativ niyati bilan bog‘liq masalalarni o‘rganadi. Ushbu maqolada lingvistik pragmatikaning tarkibiy tushunchalardan biri bo‘lgan presuppozitsiya va tagma’no tushunchalari qiyosiy tahlili “Buyuk saltanat” asaridan olingan tarixiy-badiiy matn parchalari orqali ochib berilgan.
Maqolada bugungi global dunyoda o‘zbek tilining tutgan o‘rni, uning davlat tili sifatida mamlakatimiz va jahondagi nufuzi, bu boradagi rejalar va bajarishimiz lozim bo‘lgan ishlar haqida so‘z yuritildi.