Hozirgi kunda tibbiyotda dori vositalarining keng ko’lamda ishlatilishi oqibatida o’tkir zaharlanish holatlari tez-tez uchramoqda. Ayniqsa o’z-o’zini davolash maqsadida psixotrop preparatlarini ishlatilishi maishiy «kimyo» kasalligiga» sababchi bo’lmoqda
Preparat psixotrop vositalarning yangi sinfi, tuzilishi jihatdan benzodiazepinlar va barbiturat-lardan farq qiluvchi, siklopirrolonlarning vakili hisoblanadi. Zopiklonni sedativ-uxlatuvchi ta‘siri markaziy nerv tizimidagi GAMK reseptor kompleksdagi bog‘lanish joylariga yuqori darajadagi yaqinligi bilan bog‘liq.