So‘nggi yillarda zamonaviy talablar asosida oliy ta’lim sifatini oshirish, jumladan
magistratura tizimini shakllantirish va rivojlantirishga alohida e’tibor qaratildi. Ta’lim
sohasida amalga oshirilgan keng qamrovli islohotlar natijasida, jumladan, magistraturaning
huquqiy-me’yoriy, ilmiy-metodik va moddiy-texnik ta’minoti mustahkamlandi,
magistratura mutaxassisliklarining Davlat ta’lim standartlari ishlab shiqildi, o‘quv jarayoniga
zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalari tatbiq qilindi. Shular bilan bir qatorda,
magistratura faoliyatini kompetentli yondashuv asosida yanada jadallashtirish zarurati
ko‘zga tashlanmoqda.