XI asr yozma yodgorliklari orasida Mahmud Koshg‘ariyning ,,Devonu lug‘ot it turk ‘‘ asari bugungi kunda o‘z qadr-qimmatini yo‘qotmaganligi bilan alohida diqqatga sazovordir.Chunki unda qadimiy turkiy qavmlarning hayotiy tajribalariga yo‘g‘rilgan urf-odatlari,muqaddas qadriyatlari mujassam.Asarni o‘qir ekanmiz,yosh avlodni ilm olishga undovchi hayotiy tajribani o‘z ichiga olgan xalq maqollarini,ilmsizlik insoniyatni halokatga yetaklovchi johiliyat ekanligidan so‘ylaguvchi o‘gitlarni uchratamiz. Darhaqiqat,Bilim ozuqadir. Aql va qalb u bilan oziqlanadi.