Odam organizmi hamma vaqt tashqi muhitning turli ta’sirlari ostida bo’ladi. Organizm hayot faoliyati jarayonida tashqi muhit ta’sirlariga moslashadi. Ularning ko’pchiligi organizmning normal reaksiyalari uchun zarur bo’lib qoladi. Tirik organizm g’ayritabiiy ta’surotlarga qarshilik ko’rsata olish qobilyatiga ega. Organizmning himoya moshlanishlari hamma vaqt ham o’z vazifasini uddalay olmaydi va ta’surotlarning zararli ta’sirini yenga olmay qoladi. Bunday holatlarda organizmning funksiyalari izdan chiqib, morfologik sturukturaning buzulishi yuzaga keladi va odam kasallanadi. Ushbu maqola orqali biz sizlarga qaddi-qomatni tuzulishida ishtirok etadigan umurtqa pog’onasi bilan bog’liq kasalliklar va ularnig kelib chiqish sabablari haqida qisqacha to’xtalib o’tamiz