Maqolada mintaqada kichik biznesning investitsiya me'yori, kapital qaytimi, kapital sig'imi, mehnat unumdorligi kabi mezonlar baholangan. Amalga oshirilgan tadqiqotlar natijasida mintaqada kichik biznes salohiyati va samaradorligining o'ziga xos xususiyatlari ochib berilgan. Yuqoridagilar asosida kichik biznesning samaradorligini oshirish bo'yicha takliflar ishlab chiqilgan.