Tabiiyki, bu vaziyatning o‘zi o‘zaro ijtimoiy-siyosiy munosabatga kirishishga majbur bo‘lganlar o‘rtasida tushunmovchiliklar, hatto besamar qarama-qarshiliklarga sababchi bo‘ladi. Xullas, hozircha shunday – zikr etilayotgan muammo doirasida insoniyat, jahon hamjamiyati birorta bir «keskin burilish» sari borgan emas. Biroq bu – muammoning bir jihati. Shunga qaramasdan, sohaga oid dunyodagi ko‘plab mamlakatlarda chop etilgan nashrlar «milliy manfaatlar» tushunchasi xususida bir muncha erkin fikr yuritish imkonini yaratadi.