Jismoniy madaniyat moddiy va ma’naviy qadriyatlar muvofiqligida namoyon bo‘ladi.
Moddiy ne’matlar sifatida sport inshootlari, sport jixozlari va anjomlari, sport kiyimlari hamda
tibbiy ta’minotni o‘z ichiga oladi. Ma’naviy qadriyatlar sport turlari va o‘yinlarining
qiziqarliligi, ommaviylik, targ‘ibot va tashviqot ishlari, ommaviy axborot vositalarida
yoritilish, jismoniy tarbiya va sport tizimining faoliyati, yuqori malakali sportchilar hamda
olimpiya zaxiralari tayyorlash tizimi, yurtdoshlarimizning xalqaro sport musobaqalardagi
muvaffaqiyatlari, mamlakatimizda xalqaro sport masobaqalari va tadbirlarini tashkil etilishida
aks etadi.