Mazkur tadqiqot jaroyonida zamonaviy metodlar yordamida biologiya fani o‘qituvchisining xususiyatlari tahlil qilib o‘tildi. Biologiyani o‘qitish metodikasi pedagogika fani, fan sifatida didaktika bilan uzviy bog‘liqdir. Biologiya o‘qitish metodikasi maktab biologiyasining o‘ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqqan. Ta’lim va tarbiyaning mazmuni, shakllari, usullari va vositalarining nazariy va amaliy muammolarini ishlab chiqdi. Biologiyani o‘qitish metodikasi psixologiya bilan chambarchas bog‘liq, chunki u bolalarning yosh xususiyatlariga asoslangan. Biologiya darslarida o‘quvchilarning to‘laqonli o‘quv–bilim jarayonining sub’yektiga aylantirish yo‘llarini qamrab olishi kerak.