Murodov Shuhrat Odilovich, Turdiyeva Feruza Alisherovna
Qurg'oqchil hududlarda subirrigatsiyadan foydalanish zarurati eksperimental-nazariy tadqiqotlar asosida asoslanadi. Drenaj kanalizatsiyasini tartibga solish uchun qurilmani hisoblash tamoyillari bayon etilgan. Qurilmani kaskad qurish usuli taklif qilindi. Tadqiqot natijalari sug'oriladigan yerlarning suv bilan ta'minlanishini oshirish va aeratsiya zonalarining suv-tuz rejimini yaxshilash imkonini beradi
Sug‘oriladigan dehqonchilik yerlarida tuproqlarning sho‘rlanishi asosiy ekologik muammolardan hisoblanadi. Tuproqlarning sho‘rlanishi sug‘orishni noto‘g‘ri olib borganda yer osti suvlari sathining ko‘tarilishi natijasida ro‘y beradi. Birlamchi va ikkilamchi sho‘rlanish kuzatiladi. Ikkilamchi sho‘rlanishda suv kapilyarlar orqali ko‘tarilib tuzi tuproqda qoladi yoki ortiqcha sug‘orish natijasida yer osti suvlari erigan tuzlar bilan sho‘rlanadi. Hozirgi kunda sho’rlanishni oldini olish qishloq xo’jaligining dolzarb muammolaridan biri bo’lib kelmoqda. Bug’doy ekinlarini sho’rlanishga chidamli navlarini yaratish, tuproq unumdorligini oshirish kabi masalalar yuzasidan ko’plab ilmiy ishlar olib borilmoqda.