O’qitishning xususiy vazifalari sifatida harakat texnikasi, irodaviy sifatlar,
sport texnikasi va voleybol taktikasi, shuningdek, instruktorlik ko’nikmalarini singdirish
kabilarni sanab o’tish joiz. Qo’yilgan vazifalarni amalga oshirish uchun sportchi yuqori
jismoniy, texnik, taktik, ruhiy, nazariy va o’yin (integral) tayyorgarlik darajasiga ega bo’lishi
talab etiladi.