Maqolada GeoGebra dasturining matematik ta'limdagi roli va uning asosiy imkoniyatlari tahlil qilinadi. GeoGebra – bu interaktiv va dinamik matematik dastur bo‘lib, u geometriya, algebra, hisoblash va statistikani birlashtirgan kuchli vosita hisoblanadi. Maqolada GeoGebra dasturining foydalanuvchiga matematik tushunchalarni vizual tarzda ko‘rsatish imkoniyatlari, masalalarni aniq va tez hal qilish imkoniyatlari, shuningdek, matematik modellarni yaratishdagi yordamchi funksiyalari keltiriladi. Dastur o‘qituvchilarga va talabalarga matematikani o‘rganish va o‘rgatishda vizualizatsiya, interaktiv tajriba va real vaqt rejimida tahlil qilish imkoniyatlarini taqdim etadi. Shu bilan birga, GeoGebra dasturining ta'lim jarayonidagi ahamiyati va uning matematik ko‘nikmalarni rivojlantirishdagi rolini o‘rganish muhimligi ko‘rsatilgan.